Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilshunosligida badiiy takror hodisasi uchta yo‘nalishda muayyan darajada tadqiq qilingan: 1. Sof lingvistik nuqtai nazardan. 2. Lingvostilistik va lingvopoetik nuqtai nazardan. 3. Badiiy san’atlarning o‘ziga xos turi sifatida. Birinchi turdagi ishlarga Z.O‘rinboev1, M.Bo‘ronova2 hamda grammatikalarda uchraydigan takrorlarga oid fikrlarni kiritish mumkin. Ikkinchi guruh tahlillari badiiy til stilistikasi, lingvostilistika va lingvopoetikaga bag‘ishlangan ishlardagi badiiy takrorga oid aytilgan fikrlardan iborat. Chunonchi, R.Qo‘ng‘urov1, S.Karimov2, X.Doniyorov va b3., B.Yo‘ldoshev4, M.Yo‘ldoshev5, N.Afoqova6, G.Muhammadjonova7, D.Shodieva8, N.To‘lanova9, S.Boboeva10, S.Boymirzaeva11, R.Shukurov12 ishlari. Uchinchi guruh kuzatishlariga I.Sultonov13, T.Boboev14larning adabiyot nazariyasiga oid ishlarini, shuningdek, badiiy san’atlar va ularning turlarini maxsus yoritishga bag‘ishlangan Yo.Is’hoqov15, A.Hojiahmedov16larning tadqiqotlarini hamda adabiyotshunoslik terminlarining izohli lug‘atlari (H.Homidiy va b., N.Hotamov va b., A.Hojiahmedov)dagi17 mulohazalarni kiritish mumkin.
Qayd qilinganlarga qaramasdan, umuman, badiiy takrorning lingvopoetik xususiyatlari, alohida olingan biror shoir she’riyatidagi badiiy takrorlarning badiiy-funksional xususiyatlari alohida va maxsus tadqiq qilingan emas. Bu fikr atoqli shoir Mirtemir she’riyatidagi badiiy takrorlarga ham to‘lig‘icha tegishlidir.
Dissertatsiyaning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Hozirgi o‘zbek tili bo‘limining ilmiy ishlar rejasida aks etgan hamda tadqiq qilib kelinayotgan “O‘zbek tili uslubiyati va nutq madaniyati asoslari” muammosi tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |