Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet4/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Tadqiqotning maqsadi: Mirtemir she’riyatidagi badiiy takrorlarning ma’noviy-uslubiy, lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq qilishdir.
Tadqiqot vazifalari. Belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi:
– Mirtemir she’riyatida badiiy takrorning turlarini aniqlash;
– badiiy takrorlarni badiiy san’at nuqtai nazardan o‘rganish;
– Mirtemir she’riyatidagi fonetik takrorlarning lingvopoetikasini tadqiq qilish;
– shoir she’riyatidagi grammatik takrorlarni belgilash va ularning badiiy-uslubiy xususiyatlarini tadqiq qilish;
– shoir she’riyatidagi leksik-sintaktik takrorlarning ma’noviy-uslubiy xususiyatlarini tahlil qilish;
– takror birliklarning she’riyatda uchraydigan poetik, badiiy-uslubiy, obrazli-ifodaviy, ramziy-okkazional vazifalarini o‘rganish orqali ularning badiiy obrazli tilni yaratishdagi o‘rni va rolini belgilash;
– shoir she’riyatidagi takrorlarni boshqa shoirlar she’riyatidagi takrorlar bilan qiyoslash orqali Mirtemir poetik nutqiga xos xususiyatlarni aniqlash.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Ishning tadqiq ob’ektini Mirtemir she’riyatidagi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik takrorlar tashkil qiladi. Shuningdek, shoirning o‘ziga xos badiiy uslubi borasida ilmiy xulosalar chiqarish uchun Hamid Olimjon she’riyatidagi badiiy takrorlar ham qisman qiyosiy tahlil qilindi.
Tadqiq predmeti – Mirtemir she’riyatidagi takrorlarning ma’noviy-uslubiy xususiyatlari.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning milliy g‘oya, ma’naviy qadriyatlarga munosabat va ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq qarashlariga hamda dialektik falsafaning keng tarqalgan tadqiq usullariga tayanildi.
Ishda tavsifiy, qiyosiy, tasnifiy, kontekstual, komponent tahlil kabi metodlardan unumli foydalanildi.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:
1. Takror badiiy tilning badiiyatini, obrazliligi va ta’sirchanligini ta’minlaydigan badiiy san’atlarning biri bo‘lib, uning murakkab hamda sermazmun imkoniyatlari, badiiy tilda, ayniqsa, she’riyatda to‘liq namoyon bo‘ladi.
2. Mirtemir she’riyatida badiiy takrorlarning barcha ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, shoir ulardan o‘z asarlari tilining obrazli, ta’sirchan, original hamda yuksak badiiyat talablariga javob bera oladigan vosita sifatida mohirona foydalangan.
3. Mirtemir she’riyati sodda, xalqchil, xalq so‘zlashuv tili unsurlariga boy bo‘lib, bu xususiyatlar orqali shoir soddalikdan murakkab badiiy usullar tomon, badiiy mohirlik tomon intilgan. Shu sababli badiiy takror shakllarini yaratishda xalq tilining fonetik-orfoepik (fonostilistik), lug‘aviy-ma’noviy hamda dialektal imkoniyatlaridan unumli foydalangan.
4. Mirtemir she’rlari mayin talaffuz qilinuvchi so‘z va iboralarga boydir. Bular qatoriga yana aynan yoki qayta ishlangan frazemalar, maqollarni ham qo‘shish mumkin. Ushbu vositalar, bir tomondan, shoir she’rlarining yuksak badiiyatini ta’minlasa, ikkinchi tomondan, uning she’rlariga soddalik va o‘ziga xoslik bag‘ishlagan.
5. Mirtemir takrorning badiiy-lisoniy usul sifatidagi ko‘pgina turlaridan foydalangan. Ularni ko‘p o‘rinlarda o‘ziga xos tarzda qo‘llagan. Bunday o‘ziga xosliklarning asosida takror usuli imkoniyatlariga ijodiy yondashish, ularga milliy ruh bag‘ishlash va badiiy did nuqtai nazardan baholab qo‘llash tamoyillari yotadi.
6. Shoir she’riyatidagi takrorlarni o‘zga shoirlar, jumladan, Hamid Olimjon qo‘llagan takrorlar bilan qiyosiy o‘rganish Mirtemir she’riyatida bir qator original takrorlar mavjudligini, ularning o‘ziga xos va poetik nutq talabiga mos tarzda qo‘llanganini tasdiqladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling