Ишнинг умумий тавсифи


Download 0.93 Mb.
bet5/51
Sana20.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1037808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
2 5474308213891409179

Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– ilk bor Mirtemir she’riyatidagi badiiy takrorlarning ma’noviy-uslubiy, badiiy-funksional xususiyatlari belgilandi;
– Mirtemir she’riyatidagi fonetik takrorlarlarning uslubiy xususiyatlari tadqiq qilindi;
– Mirtemir she’riyatining takrordan foydalanishdagi o‘ziga xos xususiyatlari yoritildi;
– Mirtemirning grammatik takrorlardan foydalanish mahorati ilmiy baholandi;
– Mirtemir poetik nutqining o‘ziga xosligini ta’minlashda leksik takrorlarning o‘rni va ularning uslubiy xususiyatlari ochib berildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mazkur ishning nazariy xulosalari va ilmiy natijalari o‘zbek tili uslubshunosligi va lingvopoetikasi, jumladan, badiiy uslubiyatini tadqiq qilishga qo‘shilgan muayyan hissadir. Shuningdek, ushbu ishning ilmiy xulosa va tadqiq usuli boshqa mana shunday ishlarning yaratilishi uchun turtki bo‘lishi mumkin.
Ishning ilmiy tahlil va materiallaridan o‘zbek tili badiiy stilistikasi va lingvopoetikasi bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar yaratishda, oliy o‘quv yurtlarida ma’ruzalar, maxsus kurslar o‘qishda, amaliy mashg‘ulotlar olib borishda, shu bilan birga, badiiy san’atlar va ularning ma’noviy-uslubiy xususiyatlariga bag‘ishlangan ishlarda hamda Mirtemir ijodi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yaratishda foydalanish mumkin.
Natijalarning joriy qilinishi. Tadqiqotning ilmiy natijalaridan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti talabalariga “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “O‘zbek tili stilistikasi”, “Badiiy matnning lingvopoetik tahlili”, “Matn lingvistikasi” fanlari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini olib borishda foydalanilmoqda.
Ishning sinovdan o‘tishi. Tadqiqot mavzusi O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Ilmiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan (2000 yil 26 yanvar, 2-sonli bayonnoma). Shuningdek, ushbu institut huzuridagi Tilshunoslik bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashda tasdiqlangan (25.09.2009) va “OAK Byulleteni”ning 2010 yil 2-sonida e’lon qilingan.
Dissertatsiya O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti hozirgi o‘zbek tili, leksikologiya va leksikografiya, terminologiya bo‘limlarining qo‘shma yig‘ilishida (2009 yil 18 dekabr) hamda mazkur institut huzuridagi DK.015.04.02 raqamli fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha Ixtisoslashgan kengash qoshidagi ilmiy seminarda (2012 yil 10 fevral, 2-sonli bayonnoma) muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan.
Dissertatsiya mavzusi yuzasidan Toshkent, Samarqand shaharlarida, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasida (“Formirovanie kazaxskoy gosudarstvennosti i istoriko-kulturnыe sennosti tyurkskogo mira”. Shыmkent, 2009) bo‘lib o‘tgan ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar qilingan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling