Ishonch hosil qilgach
Download 83 Kb.
|
1 2
66- topshiriq. Berilgan matnlarning hujjatning qaysi turiga ki- rishini aniqlang, ular o‘rtasidagi farqlarni izohlang.
«Yusuf savdosida beqaror Zulayho ismidan, Majnun ishqida yig‘lag‘an Layli otidan — sizga boshimdag‘i sochla- rimning tuklaricha behad salom. Mendan — haddu-hisobsiz gunoh, sizdan — kechirish. O‘tkan ishka salovat. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni eska olish menim uchun o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul kun- larni siz unuting, unutmang, ammo men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimning oxirg‘i, ham chin baxt islari hid- lagan tariximdan boshlayman... Xatim oxirida shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan haydalmasam edi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yarlaqab eshikingizda o‘rinlashib ol- sam, uyog‘ini o‘zim bilar edim... hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdim.» A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar» romanidan. Men, Abdulla Islomov, kasalligim tufayli o‘z akam Ak- mal Islomovga (SA seriyadagi 0612408 raqamli pasportga ega) «Cho‘lpon yulduzi» mas’uliyati cheklangan jamiyat kassasi- dan 2010-yil oktabr oyi uchun yozilgan maoshimni olishga ishonch bildiraman. Otamni ham xuddi bobom kabi Isroil degrez der edi- lar. Otam zahmatkash temirchi edi. O‘sha vaqtda bolalarini boqish, ro‘zg‘or tebratish uchun odamlar juda ko‘p mehnat qilishlari zarur ekanligiga sira aqlim yetmas ekan. Otamning hamma vaqt olovga yo‘ldosh kasbidan faqat zavq va shavqni ko‘rar edim. Otamday qudratli odam yo‘q edi men uchun. Temirlar otam qo‘lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo‘llari cho‘g‘ga aylangan temir parchasini ista- gan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bo‘lishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berish- dan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo‘lavermas ekan... Zulflya, 1965-yil. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling