- 1.3 Ishonchlilikni iqtisodiy jihati
- Ishonchlilikning erishilgan darajasini baholash va uni oshirish zarurligi iqtisodiyot nuqtayi nazaridan hal qilinishi kerak, chunki iqtisodiyot ishonchlilik masalalarini yechishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.
- Ishonchlilikning talab etilgan darajasiga erishish uchun har xil variantlarni taqqoslayotganda transport vositalarini ishlab chiqarish va uning ekspluatatsiyasi sarf-xarajatlarini hamda ulardan foydalanishda olinadigan samaradorlikni hisobga olgan holda eng ko‘p majmuiy iqtisodiy samara olish shartining bajarilishini ta’minlash kerak.
Transport vositalari ekspluatatsiyasi jarayonida kompleks iqtisodiy samaraning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi quyidagi omillarga bog‘liq: - Transport vositalari ekspluatatsiyasi jarayonida kompleks iqtisodiy samaraning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi quyidagi omillarga bog‘liq:
- 1. Yangi transport vositasiga ketgan sarf-xarajatlar (loyihalash, ishlab chiqarish, sinash, sozlash, tashish va h.k.), ya’ni uning narxi – QTV; ekspluatatsiya sarf xarajatlari (texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash va boshqalar) – QE(L).
- 2. Transport vositasidan foydalanish boshlanishidan daromat olib keladi QD(L).
Bu yerda: – masofadan foydalanish koeffitsienti; CK – yo‘lkira haqi, so‘m/km; L – transport vositasining foydalanishdan boshlab bosib o‘tgan masofasi; – texnik tayyorgarlik koeffitsientining transport vositasining yoshi bo‘yicha o‘zgarishi. - Bu yerda: – masofadan foydalanish koeffitsienti; CK – yo‘lkira haqi, so‘m/km; L – transport vositasining foydalanishdan boshlab bosib o‘tgan masofasi; – texnik tayyorgarlik koeffitsientining transport vositasining yoshi bo‘yicha o‘zgarishi.
- Samaradorlik balansida QTV va QE(L) hamma vaqt manfiy miqdor.
- Vaqt o‘tishi bilan QE(L) o‘sa boshlaydi, chunki eskiradi va u yo‘qotgan ish qobiliyatini tiklash uchun sarf-xarajatlar ko‘payadi (rasm).
- 1.1-rasm. Transport vositasi iqtisodiy samaradorligining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |