- Ishqalanish deb o’zaro bog’lanishda ishlaydigan ikki jism (detal) ning bir-biriga nisbatan siljishida paydo bo’ladigan qarshilikka aytiladi.
- Ishqalanish turlari asosan uch xil bo’ladi.
- a) Quruq ishqalanish. Ob’ektning ishqalanayotgan sirtlari bir-biri bilan bevosita tutashib o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Ular orasida moy bo’lmaydi (masalan, transport vositasi g’ildiraklarining tormoz ustqo’ymalari bilan barabanlari orasidagi ishqalanish).
b) Suyuq ishqalanish - ichki ishqalanish yoki gidrodinamik ishqalanish deb ham ataladi. - b) Suyuq ishqalanish - ichki ishqalanish yoki gidrodinamik ishqalanish deb ham ataladi.
- Ob’ektning ishqalanayotgan sirtlari orasidagi moy qatlami sirtning mikronotekisliklarini ko’mib ketadi va natijada ishqalanish faqat molekulalarning moy qatlamidagi harakatidan paydo bo’ladi. Suyuq ishqalanish tirsakli val podshipnigida ishlash rejimining turg’unligi sharoitida kuzatiladi.
- v) Chegaraviy ishqalanish. Bu tur ishqalanish yuqori solishtirma yuklama sharoitlarida faqat shu detallar sirtiga shimilgan moy molekulalari qatlamlari bilan chegaralangan paytda sodir bo’ladi. Masalan, orqa ko’prik bosh uzatmasi tishli g’ildiraklari ilashuvi, zo’ldirli podshipniklar va h. k..
- Yeyilish deb, o’zaro bog’lanishda ishlaydigan detal sirtqi qatlamlarining ishqalanish kuchlari va ular bilan birga sodir bo’ladigan murakkab fizik-kimyoviy jarayonlar ta’siridagi yemirilishiga aytiladi.
- Yeyilganlik - o’zaro bog’lanishda ishlaydigan detallarning yeyilish natijasi bo’lib, u o’lchamlar, shakllar, hajm va og’irliklar o’zgarishida namoyon bo’ladi. Yeyilganlik oqibatida o’zaro bog’lanishda ishlaydigan sirtlar yemiriladi, kinematik aloqalar buziladi va natijada uzel yoki mexanizm ishdan chiqadi.
1.11 Yeyilish turlarining tasnifi - Mexanik yeyilish:
- - abraziv yeyilish – ishqalanayotgan sirtlar orasida joylashgan qattiq abraziv zarrachalarning (chang, qum) kesuvchanlik ta’siri natijasidir (kolodka va baraban, shkvoren birikmasi, ressoraning barmoq - vtulkasi oralaridagi yeyilishlar).
- Ayrim hollarda abraziv zarrachalar tarkibiga ishqalanayotgan detallarning yeyilish mahsulotlari ham kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |