Ishsizlik: sabablari, xususiyatlari va uni kamaytirish yo’llari


Ishsizlikni kamaytirishda O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar


Download 21.83 Kb.
bet5/6
Sana02.06.2024
Hajmi21.83 Kb.
#1836653
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.Ishsizlik sabablari, xususiyatlari va uni kamaytirish yo’llari

4. Ishsizlikni kamaytirishda O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlar
Jiddiy muammolar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida davlat doimiy ravishda fuqarolarni ish bilan ta’minlash darajasini oshirish siyosatini oʻtkazadi. Birinchidan, ishsizlikning friksion va tarkibiy turlari oʻsganda:
– qaytadan kasb oʻrgatadi;
– ta’lim berish tizimini kengaytiradi; – boʻsh ish joylari haqidagi axborotlarni kengaytiradi; – mehnat birjalariga investitsiyalarni koʻpaytiradi. Ikkinchidan, agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat budjeti, fiskal, kredit-pul vositalarini ishga soladi, ya’ni: – ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga koʻproq mablag’ sarflaydi; – tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun ssuda hamda kreditorlarning foiz stavkalarini pasaytiradi; – ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi. Uchinchidan, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solish: – aholi soni, yosh va jinsi salmog‘idagi oʻzgarishlarga; – ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud oʻzgarishlariga; – qoʻshimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlari; – ishlab chiqarishning hajmi va tarkibiga hamda uning oʻsish sur’atiga; – ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor beradi.
Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bu esa, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish miqyosini oshirishga qaratilgan boʻlishi darkor. Bunga esa, mehnat unumdorligini oshirsh, ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash, yangi noqishloq xoʻjaligi mehnati zonalarini tashkil etish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish va oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.
Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakatda erkin bozor iqtisodiy munosabatlarini shakllantirish hamda oʻtish davrining tabiiy qiyinchiliklari oqibatida yuzaga kelgan va tobora avj olib borayotgan ishsizlikning oldini olish, imkon qadar uning koʻlamini jilovlashning, yaʼni ishsizlik muammosini oqilona hal qilishning ikki yoʻli bor edi.
Download 21.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling