Ishsizlikning turlari va uning o’lchanishi. Ishsizlikning tabiiy darajasi va to’la bandlik


-jadval Mehnat organlarida ro’yxatga olingan ish qidirayotgan fuqarolar soni15 (ming kishi hisobida)*


Download 0.7 Mb.
bet9/23
Sana31.01.2024
Hajmi0.7 Mb.
#1831750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Ishsizlikning turlari va uning o’lchanishi. Ishsizlikning tabiiy darajasi va to’la bandlik

2.1.1-jadval Mehnat organlarida ro’yxatga olingan ish qidirayotgan fuqarolar soni15 (ming kishi hisobida)*



2006

2016

2008

2017

2018

2006 yilga nisbatan 2018 yilda % da

Ro’yxatga olingan ish qidirayotgan fuqarolar soni

561,9

557,4

623,3

658,2

669,5

119,1

Rasman ro’yxatga olingan ishsiz fuqarolar soni

27,7

25,5

23,2

20,1

16,2

58,4

shulardan:







ayollar

16,2

15,8

14,2

13,4

12,1

74,7

qishloq joylarida istiqomat qilayotganlar

19,5

18,4

16,0

14,9

12,8

65,6

ishsizlik nafaqasini olayotganlar

15,7

13,8

11,4

10,9

8,1

51,6

jamoat ishlarida ishtirok etayotganlar

1,9

1,9

5,0

8,2

9,5

500

Rasman ro’yxatga olingan ishsiz fuqarolar salmog’i esa 58,4%gacha kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Buni aholi ish bilan bandligini oshirish bo’yicha qilinayotgan ishlar, vazifalarning, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirish, fermer va dehqon xo’jaliklarini kengaytirish va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar mahsuli deya ta’kidlash mumkin.
2018 yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq ish o’rni tashkil etilganini katta mamnuniyat bilan qayd etishimiz lozim. Bu yangi tashkil qilingan umumiy ish o’rinlarining 600 mingdan ziyodi yoki 65 foizi kichik biznes sohasi va fermer xo’jaliklariga, 210 mingdan ortig’i kasanachilik sohasiga to’g’ri keladi.16
Keyingi 2006-2018 yillar ichida mamlakat umumiy aholisi sonida mehnatga layoqatli aholining ulushi muntazam ortib bormoqda. Mehnatga layoqatli aholi darajasi 2018 yilda 61,0 foizni tashkil etdi. 2006 yilda bu ko’rsatkich 57,5 foiz bo’lgan edi. Bu davrda mehnatga layoqatli aholining salmoqli ulushi ortdi. O’tish davrida ishchi kuchi bozoriga demografik ta’sirdan tashqari avval sanoat korxonalarida, so’nggi paytlarda qishloq xo’jaligi sektorida ilgarigi jamoa va shirkat xo’jaliklarini qayta o’zgartirish natijasida ish o’rinlari qisqarib borayotgani ham o’z ta’sirini ko’rsatayotgani kuzatilmoqda. Ushbu jarayonlar natijasida aholining ish bilan bandlik darajasi 2006 yilda 70,3 foizdan 2018 yilda 67,4 foizgacha kamaydi. 2006 yildan boshlab, iqtisodiy o’sish sur’atlari jadallashdi, biroq bandlik sohasida sust o’zgarishlar kuzatildi. Buni qisman ma’lum darajada mehnat unumdorligining oshishi va ayniqsa qishloq xo’jaligida unumsiz ish bilan bandlikning kamayishiga asoslangan iqtisodiy o’sish sur’atlari bilan izohlash mumkin (2.1.2-jadval).
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar tahlili ishchi kuchi bozorini to’ldirish ikki asosiy sabab hisobiga amalga oshirilishi haqida xulosa qilishga asos bo’ladi. Ulardan biri mamlakat iqtisodida band bo’lgan ortiqcha ishchilarni ozod qilish bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi band bo’lmagan aholini ish bilan ta’minlash zaruratidan iborat. Ular orasida shu kunlarda muhim bo’lgan omil ortiqcha ishchilarning ozod qilinishidir.
Shu o’rinda ish bilan bandlikning tarmoq tarkibini tahlil qilish muhimdir. Tahlildan shuni ko’rish mumkinki, mamlakatda sanoatdagi bandlik ko’rsatkichining past darajada ekanligini va keyingi yillarda bu ko’rsatkichning yanada pasayishi tendentsiyasi kuzatilayotganligini ta’kidlash zarur. Shu bilan birga qishloq xo’jaligidagi bandlik ham pasayib borgan. Aksincha, savdo va umumiy ovqatlanish tarmog’ida band bo’lganlarning ulushi ortgan. Shu bilan birga, 2006-2018 yillarda kommunal va maishiy sohalarda bandlikni oshganligini ko’rish mumkin. Bu esa respublikada ishlab chiqarish va hududiy bandlik dasturlarining to’la amal qilganligini ko’rsatadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling