II-BOB. O’ZBEKISTONDA ISHSIZLIKNING IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLARINI BARTARAF ETISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILGAN TADBIRLAR NATIJASINING QIYOSIY TAXLILI
2.1. Respublikada ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini kamaytirishda mehnat birjalarining roli
Agar bozor erkin, o’z-o’zidan tashkil topsa, unumdorlikni va daromadlarni eng yuqori darajaga etkazish imkonini beradi, biroq ijtimoiy adolat va hamma uchun ish o’rinlariga teng imkoniyatlarni kafolatlash uchun bozor ijtimoiy totuvlikni saqlab qolishdan manfaatdor bo’lgan muayyan tashkilotlar tomonidan tartibga solib turilishi lozim. Buni Prezidentimiz I.Karimov o’z asarida shunday baholaydi, “O’zbekistonda qabul qilingan islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o’z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo’yar ekanmiz, eang avvalo, “shok terapiyasi” deb atalgan usullarni biz chetdan turib joiy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga soladi, degan o’ta jo’n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik”13. Xuddi ana shunday tartibga soluvchi institut sifatida birinchi navbatda davlatning o’zi maydonga chiqadi, u ishchi kuchi bozorini tartibga solish uchun muayyan strategiyani ishlab chiqadi.
Xususan, shaxsning fuqarolik erkinligi xodimga mehnatni qo’llash sohasi, undan foydalanish sharoitlari va ish haqini erkin tanlash xuquqini rasmiy beradi. Erkin sub’ekt sifatida u shaxsiy mulkchilik va o’zining ishchi kuchiga egalik xuquqiga ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi Qonunida ta’kidlanganidek, “O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga ishlab chiqarish va ijodiy mehnat uchun o’z qobiliyatlariga egalik qilish va qonunchilik man qilmaydigan har qanday faoliyat bilan shug’ullanish xuquqi berilgan. Mehnatga har qanday shaklda ma’muriy majbur qilishga yo’l qo’yilmaydi. Kishilarning ixtiyoriy band bo’lmasligi ularni javobgarlikka tortish uchun asos bo’la olmaydi”.14 Quyidagi jadvalda mehnat organlarida ro’yxatga olingan ish qidirayotgan fuqarolar soni va salmog’i ko’rsatilgan. Unda ro’yxatga olingan ish qidirayotgan fuqarolar soni 2018 yilda 2006 yilga nisbatan 19,1 ming kishiga kamayganligi, yoki 30 %ga tushganligini aytib o’tish mumkin (2.1.1jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |