Ishsizlikning turlari va uning o’lchanishi. Ishsizlikning tabiiy darajasi va to’la bandlik
O’zbekiston Respublikasida Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ish so’rab murojaat qilganlar va ishga joylashtirilganlarsoni dinamikasi29
Download 0.7 Mb.
|
Ishsizlikning turlari va uning o’lchanishi. Ishsizlikning tabiiy darajasi va to’la bandlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatimiz bo’yicha 658498 671482
- 3.1.5-jadval
- O’zbekiston bo’yicha 27627 46577 49608
- “Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to’g’risida”gi nizom
O’zbekiston Respublikasida Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ish so’rab murojaat qilganlar va ishga joylashtirilganlarsoni dinamikasi29
O’zbekiston Respublikasida haq to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan ishsizlar soni ortib, 2016 yilga qaraganda 77,2 foizga ko’payganini ko’rishimiz mumkin (3.1.5-jadval). 3.1.5-jadval O’zbekiston Respublikasida haq to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan fuqarolar sonidinamikasi (kishi hisobida)30
3.1.5-jadvaldan ko’rinadiki, haq to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan fuqarolar soni 2016 yildagi 27,6 ming kishidan 2020 yilda 48,9 ming kishiga yoki 77,2 foizga ko’paygan. Bunday o’sish tendentsiyasi mamlakatimizning barcha hududlarida (Qoraqalpog’iston Respublikasi bundan mustasno) kuzatilgan. Jumladan, bu davrda haq to’lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan fuqarolar sonining o’sish sur’ati Andijon, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg’ona viloyatlarida o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori bo’lgan. Haq to’lanadigan jamoat ishlarini mablag’ bilan ta’minlash ish beruvchilar tomonidan o’z mablag’lari, shuningdek, mahalliy byudjet va Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq to’lash xarajatlarining: joylardagi davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasa va tashkilotlar bo’yicha - ellik foizi ish beruvchilar mablag’lari va ellik foizi mahalliy byudjet va Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan; boshqa korxonalar, muassasa va tashkilotlar bo’yicha - etmish besh foizi ish beruvchilar mablag’lari va yigirma besh foizi Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Bozor munosabatlari sharoitida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish – to’la va samarali ish bilan ta’minlashga ko’maklashadigan eng muhim omillardan biri bo’lib, unga aholini ijtimoiy himoya qilish choralarining bir turi sifatida qaraladi.Yangi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda kadrlardan yuksak saviya, ijodiy tashabbus, zamonaviy iqtisodiy fikrlash, ishning yangi uslub va ko’nikmalarini egallash talab qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1999 yil 24 apreldagi “Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to’g’risida”gi nizomida31O’zbekiston Respublikasida ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimi orqali ularni kasbga o’qitish va qayta o’qitish, malakasini oshirish bosqichlari va tartibi yoritilgan bo’lib, bu tizim tarkibiga: O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishga doir masalalar bilan shug’ullanadigan tuzilmaviy bo’linmalari; ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirishning barcha turlari va shakllari bo’yicha kasbiy ta’limni tashkil qiladigan hududiy mehnat organlarining joylardagi O’quv markazlari; kasb-hunar kollejlari; korxona, muassasa, tashkilotlarning o’quv bo’linmalari; malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari (akademik litseylar) qoshidagi o’quv muassasalari; ta’limni tashkil etish xususida ruxsatnomasi bo’lgan tijorat va xo’jalik hisobidagi tashkilotlar, uyushmalar; shogirdlarga kasb o’rgatish imkoniyatlariga ega bo’lgan “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo’lgan tadbirkor xalq ustalarining maktablari kiradi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling