Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish yo’llari, mamlakatda ishsizlikni kamaytirish, yangi ish o’rinlarini yaratish masalalarini o’rganish, istiqbolini belgilash ahamiyati, uslublari va afzalliklari, ishsizlikning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va roli klassik iqtisodchi-olimlar A.Smit, D.Rikardo, K.Makkonell, A.Marshall, A.Ouken, I.Fisher, D.Keyns va P.Samuelson kabi iqtisodchi olimlar asarlarida yoritilgan. Bozor munosabatlari sharoitida ishsizlik va ish bilan bandlikning o’ziga xos xususiyatlari hamda ishsizlikni ijtimoiy himoyalashda davlat siyosatining amaliy va nazariy masalalarini MDH mamlakatlari iqtisodchi olimlari R.Agabekyan,
G.Avagyan, N.Volgina, Yu.Odegov, L.Kostin, A.Jukov, V.Kulikova, V.Plaksya va boshqalar tomonidan o’rganilgan. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan Sh.Shodmonov, Q.Abduraxmonov, М.Mirzakarimova, G.Saidova, S.G’ulomov, O.Ata-Mirzaev, R.Ubaydullaeva, Sh.Xolmo’minov, L.Maksakova, N.Zokirova,
D.Raximovalar tomonidan ham ushbu masalalar tadqiq etilgan3.
Kurs ishida qo’llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Ilmiy Kurs ishining nazariy va uslubiy asosi bo’lib dialektik uslub, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov asarlari va mazkur muammoni hal qilish bo’yicha xorijiy mamlakatlar hamda O’zbekiston iqtisodchi olimlari-ning ilmiy g’oyalar va yo’nalishlari asos qilib olingan.
Ilmiy Kurs ishi jarayonida Kurs ishi ob’ektini kompleks tahlil etish, ishsizlikni baholash, unga ishsizlikni yumshatish bo’yicha davlat ijtimoiy siyosatining ta’sir etuvchi omillarini o’rganish, miqdoriy va sifatli tahlilni yaxlitlikda qo’llash kabi metodologik talablardan kelib chiqildi. Tahlilda taqqosiy narxlarga asoslangan real ko’rsatkichlarni qo’llash, qiyoslash va dinamik ko’rsatkichlarga tayanish kabi usullardan foydalanildi.
Kurs ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. Ishda ilgari surilgan, asoslangan ilmiy nazariy g’oyalardan ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish yo’llariga bag’ishlangan ilmiy Kurs ishilarda foydalanish mumkin. Rasmiy statistik ma’lumotlar asosidagi muallif ishlanmalari, prognoz ko’rsatkichlari va takliflari ijtimoiy taraqqiyot dasturlarini ishlab chiqishda ko’llanilishi mumkin. Kurs ishida asoslangan fikr-mulohazalar, undagi amaliy ma’lumotlardan iqtisodiyot nazariyasi fanini o’qitishda, shu fan yuzasidan magistratura uchun maxsus kurslar yaratishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |