Kurs ishining ob’ekti – O’zbekiston Respublikasida ish bilan bandlik va ishsizlikni davlat tomonidan ijtimoiy himoyalash holatlari tahlili hisoblanadi.
Kurs ishinig predmeti – O’zbekiston Respublikasi va uning hududlarida ish bilan bandlik va ishsizlikni kamaytirish tadbirlari Kurs ishi predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. O’zbekistonda ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va uni barataraf etish yo’llari hamda uning ustuvor yo’nalishlarini aniqlashning nazariy asoslarini ishlab chiqishdan iboratdir .
Ana shu maqsadga erishish uchun quyidagi Kurs ishi ishida quyidagi vazifalar belgilandi:
ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va ularning namoyon bo’lish xususiyatlarini tadqiq etish;
bozor tizimi sharoitida ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini barataraf etish mexanizmini ko’rsatib berish;
ishsizliknig ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash mezonlari va ko’rsatkichlarining uslubiy asoslarini aniqlash;
respublikada ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini kamaytirishda mehnat birjalarining roli ko’rsatib berish;
respublikada yangi ish joylarini tashkil etishning ishsizlikning ijtimoiyiqtisodiy oqibatlarini yumshatishdagi o’rnini asoslash;
respublikada samarali bandlik siyosati orqali mehnat bozori barqarorligini ta’minlashni tadqiq etish;
aholini ishsizlikdan himoya qilishning bozor va davlat mexanizmini takomillashtirish bo’yicha ilmiy va amaliy tavsiya, takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining asosiy masalalari va farazlari:
ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va ularning namoyon bo’lish xususiyatlarini tadqiq etishda;
bozor tizimi sharoitida ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini barataraf etish mexanizmini aniqlashda;
ishsizliknig ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash mezonlari va ko’rsatkichlarining uslubiy asoslarini yaratishda;
respublikada ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini kamaytirishda mehnat birjalarining rolini aniqlashda;
aholini ishsizlikdan himoya qilishning bozor va davlat mexanizmini takomillashtirish bo’yicha ilmiy va amaliy tavsiya, takliflar ishlab chiqishda keng ko’lamda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |