Ishtimoiy fanlar kutubxonashunoslik va sport


 Beruniy va bibliografiya


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana12.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1700321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Djo\'rayeva Z kurs ishi

1.2. Beruniy va bibliografiya 
O‘rta asr Sharqi olimlaridan biri, bibliografik faoliyati hamda ilmiy amaliy 
ahamiyatga ega bo‘lgan mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy mashhur 
asarlarida o‘zining turli-tuman qiziqishga, chuqur bilimga ega ekanligini, 
astronomiya, geologiya, matematika, falsafa, botanika, tibbiyot kabi sohalarda ham 
betakror ekanligini ko‘rsatdi. Salkam 80 yillik umri davomida 150 dan oshiq asar 
yozdi, ulardan 30 tasi bizgacha yetib kelgan. Beruniy bir umr kitobga katta hurmat 
va mehr bilan munosabatda bo‘lgan, unga bilimlar manbayi, kishining ma’naviy 
kuchi sifatida qaragan. Beruniy buni «Fixrist» nomli bibliografik asarining 
so‘zboshisida yozadi va kitobxonlarga quyidagicha murojaat qiladi: «Sen mening 
yoshlik davrimda va keyingi paytlarda ham yozgan asarlarimni bilishing shart. 


14 
Ularni xor qilma va ularga bepisand bo‘lma. Ular hammasi mening farzandlarim, 
zero hamma o‘z farzandi va ijodi bilan faxrlanadi». «Hind falsafasi»da ko‘rsatilgan 
boblar o‘ziga xos bibliografik sharh bo‘lib, Hindistonning falsafasi va dinshunosligi, 
astronomik va tilshunoslik masalalariga bag‘ishlangan. Beruniyning bibliografik 
faoliyati ancha mashhur bo‘lib, hayotining so‘ngi 10 yilida unga yaxshigina 
muvaffaqiyatlar keltirdi. Uning «Geodeziya», «Hindiston», «Mas’ud qonuni» va 
boshqa ko‘pgina ishlari va 1036-yilda tugatgan «Biobibliografiya» (arabcha 
«Fixrist») bizgacha yetib kelgan. Beruniy bibliografik ro‘yxatni tuzishda Abu Bakr 
Muhammad Ibn Zakariyo ArRoziy asarlariga to‘xtaldi. Ar-Roziyni o‘zining buyuk 
o‘tmishdoshi, yirik Eron filosofi, ximik, vrach va tabiiy sinovchi, o‘rta asr Sharqi va 
G‘arbining mashhur olimi sifatida tan olardi. Beruniy Ar-Roziyning asarlarini eng 
ishonchli va obro‘li manba sifatida bilar va undan faoliyatida va asarlarida 
foydalanar edi va bu Ar-Roziy asarlarining ko‘rsatkichini tuzishga turtki bo‘ldi. Bu 
ishni Beruniy ko‘rsatkichni tuzishdan ancha oldin boshlagan edi. U Eronning uzoq 
bir qishlog‘ida yashab turgan vaqtida ArRoziy haqidagi materiallarini yig‘a 
boshlagan va keyinchalik uni to‘ldirib borgan. Vaqti kelib uni to‘la bibliografik 
ishga aylantirdi. Bu bibliografik ko‘rsatkichda avval Ar-Roziyning tarjimayi holi, 
undan so‘ng esa uning 184 ta asari haqida ma’lumot beradi. Unga ko‘ra Ar-Roziy 
865-yili 28-avgustda Rey shahrida tug‘ilgan. Uning otasi savdogar bo‘lgan, Roziy 
yoshligida falsafa, matematika, astronomiya, kimyo fanlarini katta qiziqish bilan 
o‘rganadi, 30 yoshlarida tibbiyot fanini chuqur o‘rganadi va keyinchalik tibbiyot 
uning asosiy kasbiga aylanadi. Ar-Roziy Rey va Bag‘dod shahar kasalxonalarini 
boshqargan. Ar-Roziy 925yili 60 yoshida vafot etadi. Uning IX asr oxiri X asr 
boshlarida Yaqin Sharqdagi ilm-fan taraqqiyotida xizmati shu qadar katta bo‘lganki, 
Beruniy bu davrni «Roziy asri» deb atadi. Beruniy Ar-Roziy asarlarini bilim sohalari 
bo‘yicha tartibga keltiradi. Ko‘rsatkich anchagina to‘la bo‘lib, Ar-Roziyning ilmiy 
faoliyati haqida ma’lumot beruvchi ko‘rsatkich sifatida o‘sha davr va hozirgi davr 
uchun ham muhim ilmiy qimmatga ega. 
«Fixrist» asarining 2- qismi Beruniyning 1036- yilgacha yozgan asarlari 
haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lib, Beruniyning ilmiy faoliyati haqida dastlabki 


15 
manba sifatida ahamiyatga ega. Unda 113 nomdagi asari mavzular bo‘yicha 
guruhlashtirilgan, tartibda ayrim xatoliklar uchraydi. 113 ta asardan 70 tasining 
hajmi ham ko‘rsatilgan. 27 tasini zamondoshlari Abu Sa’lam Mosihiy, Abu Ali 
Hasan kabilar bilan yozganligini ko‘rsatadi. Ko‘rsatkichga 1036- yildan keyingi 
davrda yozgan 30 dan ortiq asari kirmagan. 1- guruh 18 ta asardan iborat bo‘lib, 
astronomiyaning umumiy masalalariga oid. 2- guruh geodeziyaga oid 15 ta asardan 
tashkil topadi. 3- guruh matematikaga oid 8 ta asardan iborat. 4- va 5guruhlar kichik 
bo‘lib, astronomiyaning u yoki bu masalasiga oid. Keyingi 2 ta guruh 5 ta kometalar 
va vaqt aniqligi masalasiga oid adabiyotlardan iborat. 8-guruh 12 ta geometriyaga, 
meteorologiyaga, astronomiyaga oid turli xil adabiyotlar haqida ma’lumot beradi. 9-
guruh 7 ta nomdagi astrologiyaga oid asarlar haqidagi sharhdan iborat. 10- guruh, 
asosan, 13 ta nomdagi tarjima qilingan asarlarni, 11-guruh esa dinga va diniy 
masalalarga oid 6 ta asarni o‘z ichiga oladi, oxirgi guruhda qo‘shimcha ish va 
to‘ldirishni talab etadigan asarlar ro‘yxati berilgan. Guruhlar ichida adabiyotlar 
tartibi na alifbo, na xronologik xususiyatga ega, bu esa o‘rta asrlarda hali 
bibliografiyaning u darajada rivojlanmaganini ko‘rsatadi. Beruniy ko‘pgina 
asarlariga o‘ziga xos annotatsiya beradi, unda asarning yozilish sabablari, kimga 
bag‘ishlangani, nima uchun yozilgani ko‘rsatiladi. Bu ko‘rsatkich XVIII asrning 
o‘rtalariga qadar 200 yillar atrofida Ar-Roziy ilmiy merosi haqida ma’lumot 
beruvchi yagona manba sifatida qadrlanadi. XVIII asr o‘rtalarida tarixchi olim Ibn 
Abu Usotba Ar-Roziyning 236 ta asarlari ro‘yxatini tuzadi. 
O‘rta Osiyoda qadimiy asar matnlari va kitob ichidagi bibliografiyaning 
paydo bo‘lishi ham Beruniy nomi bilan bog‘liq. Sharqda birinchi bo‘lib 
foydalanilgan adabiyotlar haqida ma’lumotlarni shaklga solishga, ya’ni manbalar 
haqida aniq ma’lumot berishga katta e’tibor bergan. Beruniyning bibliografik 
faoliyati haqida rus arxeolog va etnograf olimi S. P. Tolstov shunday yozadi: 
«Beruniy manbalarni tanqidiy analitik usul bilan o‘rgandi. To‘g‘ri, manbalarga 
tanqidiy yondashish Beruniygacha ham bo‘lgan, lekin Beruniy ishlarida manbalarga 
tanqidiy yondashish — izlanishning asosiy sharti qilib olingan». Beruniyning 998 
— 1004- yillar o‘rtasida yozgan «Yilnoma» (xronologiya) nomi bilan mashhur 


16 
asarida berilgan manbalar ro‘yxati bunga misol bo‘ladi. Bunday ro‘yxat 
Beruniygacha bo‘lmagan va birorta olimning asarida keltirilmagan. Beruniy bu 
asarida antik va o‘rta asrlarda yashagan grek, Vizantiya, Hindiston va O‘rta Osiyo 
mualliflarining asarlaridan foydalanganligini ko‘rsatadi. 
Kitob ichi bibliografiyasining muhim namunasi sifatida Beruniyning 1030- 
yilda yaratgan «Hindiston» asarini ko‘rsatish mumkin. Bu yirik ilmiy asar kirish 
qismi va 80 bobdan iborat bo‘lib, uni yaratishda Beruniy 10 yil davomida turli bilim 
sohalariga oid 207 ta qo‘lyozma asarlarni o‘qib o‘rgangan. Bu asarning 12 — 14- 
boblarini alohida bibliografik manba deb hisoblash mumkin. Beruniy har bir fan 
tarmog‘iga oid bo‘limlar ichida, avvalo, eng muhim ilmiy asarlarga batafsil 
to‘xtagan, keyin boshqa manbalar haqida ma’lumot bergan. Asar mazmunini ochib 
berish maqsadida boblarni sanab o‘tgan, agar u yoki bu kitobni ko‘rish imkoniyatiga 
ega bo‘lmagan bo‘lsa, bu haqda eslatib o‘tadi. 
Beruniydan bizga meros bo‘lib qolgan bibliografik ishlar o‘zining ko‘lami, 
hajmi, manbalarning xronologiyasi va hududiy chegarasi, tilining xilma-xilligi bilan 
kishini hayratga soladi. Manbalar Hindiston, Yaqin Sharq va Gretsiyagacha antik 
davrdan to XI asrgacha bo‘lgan davrda yaratilgan arab, fors, grek hamda boshqa 
tillardagi adabiyotlardan iborat. Bu bilan Beruniy bizga ming yillar davomida, hatto 
bizgacha yetib kelmagan ko‘plab mualliflarning asarlari, hayoti va ijodi haqida 
ma’lumot beradi. Uning bibliografik ishlari O‘rta Osiyoda yaratilgan dastlabki 
bibliografik ishlardir, o‘zi esa O‘rta Osiyoning birinchi bibliografi deb tan olinishga 
loyiq. O‘rta asrlarda yaratilgan yana bir yirik bibliografik manba — XVIII asrlarda 
yashab va ijod etgan arab yozuvchisi va sayohatchisi Ibn Abdulloh Yoqutning 
«Ismlar lug‘ati va fanlar mazmuni» nomli ko‘rsatkichidir. U ko‘plab shaharlar qatori 
Xorazm, Samarqand, Buxoroda ham bo‘lgan. Hozirgi Turkmanistonning Mari 
shahrida 2 yil yashagan va muhim tarixiy manba hisoblanuvchi «Lug‘at»i uchun boy 
material yig‘adi. Yoqut o‘zining bibliografiyasi uchun ma’lumotlarni tarix, 
adabiyotshunoslikka oid bo’lgan asarlardan, ayniqsa, As-Somoniyning «Ismlar 
genealogiyasi kitobi»dan oladi. 1907- yilda ingliz olimi R. Morgalius bu asarni 
nashr qildiradi. 


17 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling