Islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish samaradorligini
Download 395.47 Kb.
|
Якуний назорат
Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish samaradorligini oshirish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar tizimi
- Xususiylashtirish va mulkdorlar safini kengaytirish, islohotlami chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishidagi qilinishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilangan: - davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish bo'yicha ishlami davom ettirish; - aksiyalashtirish amaliy natija bermagan korxona va obyektlarni xususiy mulkdorlarga berish; - yangi mulkdorlaming korxonalar samarali faoliyatini ta’minlash, investitsiya majburiyatlarini so‘zsiz bajarish bo‘yicha huquqiy va iqtisodiy javobgarligini oshirishni ko‘zda tutgan holda amaldagi qonunchilikning me’yorlarini qayta ко‘rib chiqish va kuchaytirish; - xususiylashtirish jarayoniga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo'yish bo'yicha majburiyatlami o£z zimmasiga oladigan ishonchli va mas’uliyatli investorlami jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish.2008-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoyalash to‘g‘risida»gi qonuniga o'zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlari hamda boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mazkur hujjatlar qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish va aksiyadorlaming korxonalami boshqarishdagi faolligini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va ularning ko‘rsatilajak xizmatlar sifatiga mas’uliyatini oshirish, yangi mulkdorlaming korxonalami samarali faoliyat yuritishi uchun mas’ulligini oshirishning huquqiy asosini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mamlakatda tadbirkorUk subyektlarini tashkil etish va samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ham sezilarli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Biznesni ro'yxatdan o‘tkazish, ixtiyoriy tugatish ishlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Ayrim qoidabuzarliklar bo‘yicha jarima sanksiyalari pasaytirildi yoki umuman bekor qilindi. Soliq stavkalari ham unifikatsiya qilinib, tobora pasaytirib borilmoqda. Xususan, kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovi 13 %dan 6 % (sanoat korxonalari uchun 5 %ga tushirildi. Tadbirkorlami yuqori likvidli moddiy resurslar bilan ta’minlashning bozor mexanizmlari yaratildi.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni bilan bir vaqtda bozor infratuzilmalari shakllandi va ular rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Bu fond, tovar hamda ko‘chmas mulk bozorlari, investitsion fondlar, auditorlik, konsalting va shu kabi boshqa tuzilmalami tashkil topishi va rivojlanishi bilan namoyon bo‘ldi.Erishilgan ijobiy natijalarga qaramasdan respublikamizning ayrim hududlarida xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llabquwatlash ishlariga e’tibor susthgicha qolmoqda. Vaholanki, mulkdan samarali foydalanish va tadbirkorlikning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish dotatsiyadan chiqish hamda budjetiling daromad qismini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Download 395.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling