Islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Download 395.47 Kb.
|
Якуний назорат
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarining roli
- Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish uchun, awalambor, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni umumiy baholash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun quyidagilar amaiga oshiriladi: 1. Hududning o‘tgan davrdagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga tavsif beriladi. Bunda hududning sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy salohiyatini baholashga alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘ladi. 2. Hududning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish darajasi va ahvoli to‘g‘risidagi tahlilga asoslanib, uning rivojlanishidagi ijobiy va salbiy tendensiyalar, iqtisodiy rivojlanish rezervlari va foydalanilmagan imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, kelgusida hal etilishi lozim bo‘lgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar aniqlanadi. 3. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning natijalari, ko‘p ukladli iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlanishi, shuningdek, hududiy bozor infratuzilmasi ahvoli baholanadi. 4. Hududdagi tarmoqlar va yirik sanoat korxonalarining o'tgan davrdagi faoliyati tahlil qilinadi, ularning ish natijalari yoki orqada qolishining sabablari va omillari aniqlanadi. 5. Sanoat rivojlanishi ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanishi darajasi belgilanadi, ishlab chiqarish quwatlarini eksportga yo'naltirilgan va import о‘mini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish va kengaytirish uchun qo‘shimcha zaxiralar va resurslar aniqlanadi. Hudud imkoniyatlarini hisobga olgan holda ustuvor ahamiyatli tarmoqlar va ishlab chiqarishlar aniqlanadi. 6. Hudud aholisini o‘zida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganligi, ularni hududdan chiqarish va kiritish balansi, agroresurs salohiyatidan foydalanish samaradorligi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi, va chorva mollari mahsuldorligining o‘sishi (pasayishi) omillari hamda sabablari baholanadi. Download 395.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling