Islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Download 395.47 Kb.
|
Якуний назорат
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida raqobatning ahamiyati
Tarmoq va hududlarning iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish usullari
- Rejalashtirish-istiqbolda obʼektning koʼzda tutilgan holatining modelini yaratish jaraѐni boʼlib, unda ushbu holatga erishish uchun usullar, vositalari va muddatlari belgilanadi. Rejalarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning pirovard maqsadlari, oraliq natijalarini, ularga erishish uchun zarur boʼlgan resurslar xarajatlarini ifodalovchi aniq miqdoriy parametrlari(reja koʼrsatkichlari) belgilanadi. Rejalar siѐsiy tavsifga ega boʼlib, hukumatning iqtisodiy siѐsatiga mos ravishda tuziladi, shu boisdan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʼlini tanlash asosida iqtisodiy kriteriyalar bilan bir qatorda siѐsiy maqsadlar ham koʼzlanadi. Rejalashtirishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim boʼladi: -uning ilmiy ishlab chiqish saviyasini oshirish; -ilgʼor iqtisodiѐt tarkibiy tuzilishining vujudga kelishida uning taʼsirini orttirish; -iqtisodiѐt tarmoqlarining balanslangan, mutanosib rivojlanish rolini kuchaytirish; -ishlab chiqarish va fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanishga ѐrdam berish -yangi kam xarajat, tejamkor xoʼjalik mexanizmini yaratish, iqtisodiѐt va aholi ehtiѐjlarini kamroq resurs va mehnat sarflash bilan qondirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish boshqarishning barcha boʼgʼinlarida amalga oshiriladi: umumdavlat va hududiy rejalashtirish markaziy va hududiy davlat boshqarish organlari tomonidan bajariladi; mahalliy rejalar maxalliy oʼz-oʼzini boshqarish organlari tomonidan; korxonalar darajasida biznes rejalar tuziladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida raqobatning ahamiyati - Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida raqobatning ahamiyati - Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xoʼjaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobat bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʼqnashuvidan iborat boʼlib, ular oʼrtasidagi yuqori foyda va koʼproq nafga ega boʼlish uchun kurashni anglatadi.Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʼrsatish mumkin: 1) tartibga solish vazifasi; 2) resurslarni joylashtirish vazifasi; 3) innovatsion vazifa; 4) moslashtirish vazifasi; 5) taqsimlash vazifasi; 6) nazorat qilish vazifasi. Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifg a taʼsir oʼtkazishdan iborat. Аynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʼp samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʼrinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʼnaltirilgan boʼlib, u larning shunchaki oʼzini oʼzi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʼjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʼtishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning isteʼmolchilar oʼrtas ida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʼtkazadi. Download 395.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling