Islom Abdug’aniyevich Karimov (1938-2016)


Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi


Download 248.2 Kb.
bet5/10
Sana30.04.2023
Hajmi248.2 Kb.
#1406871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
I.A.Karimov

Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi.
Tarkibiy islohotlar mamlakatimiz aholisining farovonligi, eng avvalo, uning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasiga qaratildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1990 yili O‘zbekistonga 454,8 ming tonna un, 183,9 ming tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabilarni qo‘shni respublikalardan olib kelishga majbur bo‘lingan. Bunday holat sobiq tuzum davrida yuritilgan biryoqlama iqtisodiy siyosatning natijasi edi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan qaltis vaziyatni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan aholini eng avvalo, oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Chunki, mustabid tuzum davrida O‘zbekiston iqtisodiyotini paxta xom ashyosini etishtirishga ixtisoslashtirish shu darajaga etgan ediki, buning oqibatida 5-6 millionlab gektar dehqonchilik uchun mo‘ljallangan yeri bor mamlakat aholining donga bo‘lgan ehtiyojining atigi 18 foizini qondira olar, qolgan 82 foizini qo‘shni respublikalardan sotib olishga majbur edi.
Shunga ko‘ra, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Agar mustaqillikka erishilgan yillarda paxta maydonlari respublika umumiy ekin maydonlarining 75 foizdan ko‘proq qismini tashkil etgan bo‘lsa, keyingi davrda paxta yakkahokimligini tugatish va qishloq xo‘jalik ekinlari tarkibini optimallashtirish chora-tadbirlari olib borilishi natijasida paxta maydonlari deyarli 41 foizga qadar qisqartirildi.
Natijada ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham topib, tez orada yurtimizda g‘alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991 yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsak, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 barobar qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobidan qondirishga erishildi. G‘alla ishlab chiqarish hajmi 1990 yildagi 1899 ming tonnadan 2010 yilda 6952 ming tonnaga, 2014 yilda esa 8050 ming tonnaga etdi, ya’ni 4,2 barobar o‘sdi.
Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar – avtomobilsozlik, sellyuloza-qog‘oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. 1995 yilga qadar sanoat ishlab chiqarish hajmi pasayib borgan bo‘lsa, 1996 yildan boshlab sanoat ishlab chiqarish hajmi izchil o‘sib bormoqda. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 2000 yilda 1990 yildagiga nisbatan 1,2 barobar, 2010 yilda 3 barobar, 2015 yilda esa 4.4 barobar o‘sdi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‘zgartirishda yangi neft konlari, Mingbuloq va Ko‘kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko‘paytirilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
1991-1995 yillarda YAIMning pasayishi Qozog‘istonda 75,4, Belorussiyada 54,6, Rossiyada 53, Ukrainada 52 foizni tashkil etgan.
O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida oldingi yillarga nisbatan pasayish kuzatilgan bo‘lsa (1991-1995 yillar davomida o‘rtacha pasayish 18,8%ni tashkil etgan), ilk marta 1996 yilda 1,7% o‘sishga erishildi. O‘tgan 2014 yilda mamlakatimizda islohotlar dasturi davom ettirilib, undan o‘rin olgan muhim chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblik yanada mustahkamlandi, iqtisodiyotimiz modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 foizni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2006 yil 16 maydagi PQ-350-sonli qaroriga binoan ustuvor investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Tiklanish va taraqqiyot” jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish ko‘lami yildan-yilga oshib bordi.
Jamg‘arma o‘z faoliyati mobaynida Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi qurilishi, Xonjiza polimetall konini o‘zlashtirish loyihasi, Qamchiq dovoni orqali «Ohangaron-Pungan» magistral gaz tarmog‘ining qurilishi, «Farg‘ona azot» va «Maksam-Chirchiq» ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida yirik ammiak agregatlarining rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi, 500 kVli «G‘uzor» kichik stansiyasi va «Surxon» kichik stansiyasi yuqori voltli liniyasi qurilishi, Pomuq va Dengizko‘l konlarida siqish kompressor stansiyalarining barpo etilishi, Qo‘ng‘irot kompressor stansiyasidagi gaz namini qochirish qurilmasi, Qarshi kaskadi nasos stansiyalarining rekonstruksiya qilinishi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining havo flotini yangilash loyihalari, 400 ta «Mersedes-Bens» rusumli yo‘lovchi tashish avtobuslarini xarid qilish loyihalari, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan metanni qayta ishlash bazasida suyultirilgan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini barpo etish, Yangi «Angren» ko‘mir konini modernizatsiya qilish orqali Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-sonli energiya bloklarini yil bo‘yi ko‘mir asosida ishlash tizimiga o‘tkazish, Navoiy va Toshkent issiqlik elektr stansiyalarida bug‘-gaz moslamalarini qurish, Toshkent - Samarqand temir yo‘l yo‘nalishida foydalanish uchun «Talgo - 250» yuqori tezyurar elektropoezdlarini xarid qilish, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatini kompleks modernizatsiya qilish kabi ayrim loyihalarni amalga oshirgan bo‘lsa, hozirda bu loyihalarning ayrimlarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
“Tiklanish va taraqqiyot” jamg‘armasi hal etadigan yana bir muhim vazifa xorijiy investorlar, moliya institutlari va sheriklarni investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirish maqsadida mamlakatimizga keng jalb etish hisoblanadi. Jamg‘armaning qo‘shma loyihalarda ishtirok etishi Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Islom taraqqiyot banki, Xitoy eksport-import banki, Xitoy Davlat taraqqiyot banki, Koreya taraqqiyot banki, boshqa xorijiy moliya institutlari, bank va kompaniyalarning mablag‘lari hisobidan chet el investitsiyasi va kreditlarini jalb etish imkonini berdi.

Download 248.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling