Islom Abdug’aniyevich Karimov (1938-2016)
Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq tizimidagi islohotlar
Download 248.2 Kb.
|
I.A.Karimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil davlat boshqa davlatlardan ayri tarzda iqtisodiy hur bo‘lishi uchun o‘z puliga o‘zining milliy valyuta siga ega bo‘lmog‘i kerak. Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir
Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq tizimidagi islohotlar.
Bugungi kunda bank tizimini islox qilish ularga yanada ko‘proq mustaqillik berish banklarning o‘z aktivlarini va ustav fondini ko‘paytirish sarmoyalash imkoniyatlarini oshirish muammolariga katta e’tibor berayotganimiz bejiz emas albatta. Nega deganda bank kapitali orqasida o‘z aktivlarining ko‘payishidan banklarni samarali ishlashidan foyda ko‘rishidan manfaatdor bo‘lgan haqiqiy mulkdorlar turishi ayniqsa ulkan ahamiyatga ega”. O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish bo‘yicha eng asosiy tadbir – 1991 yilda O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida respublikada ikki pog‘onali bank tizimining yaxlit qoidalarini shakllantirish, shuningdek bank tizimida sog‘lom raqobat munosabatlarini faollashtirishning qonunchilik poydevorini yaratishga asos bo‘ldi. SSSR Davlat bankining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan, ayni vaqtda kredit va hisob-kitob operatsiya muassasasi vazifasini bajarib kelgan sobiq respublika Davlat banki tugatildi. Markaziy bank zimmasiga federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Davlat shu bilan bir qatorda tijorat banklarining rivojlanishiga ham yordam berdi. Sobiq, tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatildi. Agrosanoat banki va Sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tuzildi. O‘zjamg‘armabankka (hozir – Xalq banki) kredit-moliya muassasasi maqomi hamda kredit resurslaridan jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish uchun foydalanish, shuningdek, kredit resurslarini banklararo pul bozorida kim oshdi savdosi orqali sotish huquqi berildi. Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari – “G‘allabank”, “Mevasabzavotbank”, “Tadbirkorbank”, “Savdogar” va boshqa banklar tuzildi. Bu banklar tadbirkorlik ishlariga xizmat qiladi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan boyitish manfaatlarini ko‘zlab investitsiyalar uchun mablag‘ beradi. O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimini tashkil qilishga 1988 yildan boshlab kirishilgan bo‘lsada, bu maqsadning to‘liq amalga oshirilishiga 1994 yildan boshlab sharoit yuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy tarkibiy asosi, faoliyat olib borish uslubi o‘zgardi, tijorat banklarning soni va ular bajaradigan operatsiyalar salmog‘i oshib bordi. Bu bosqichda kreditdan foydalanish masalasida keskin o‘zgarishlar yasaldi, tarmoqlar, birlashmalar, korxonalar, avvalo o‘z kuchiga ishonishlari iqtisodiy barqarorlik omillaridan biri etib belgilandi . Mazkur Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzilib, uning zimmasiga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Bu vazifalarni bajarish uchun Markaziy bankda pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga, hisob-kitoblar va to‘lov tizimini rivojlantirishga xizmat qiluvchi bo‘linmalar tuzildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish esa yangidan tuzilgan ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga yuklatildi. Shunga muvofiq ravishda, tijorat banklari ham o‘zlarining ichki tarkibiy bo‘linmalarini qayta tuzish va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishga kirishdilar. Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar tajribalarini inobatga olib ,hamda mustaqil mamlakat pul-kredit siyosatini butunlay yangitdan izga solish maqsadida Markaziy Bank to‘g‘risida banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida alohida Qonunlar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi. Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bu pul muomalasini mustahkamlash valyuta munosabatlarini tartibga solish bo‘ldi..Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1993 yil 7 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida nutq so‘zlarkan «Mustaqil davlat boshqa davlatlardan ayri tarzda iqtisodiy hur bo‘lishi uchun o‘z puliga o‘zining milliy valyuta siga ega bo‘lmog‘i kerak. Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir».-degan edi. 1994 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining pul birligi-so‘m muomalaga kiritildi.Shu kundan boshlab respublіka hududidagi yagona qonuniy to‘lov vositasi sifatida u barcha turdagi to‘lovlar uchun shuningdek bankdagi hisob varaqalariga kiritish uchun qabul qilinishi shart bo‘lib qoldi. Keyingi vaqtlada milliy valyuta qadrini oshirish uchun katta ishlar qilindi. Natijada 1995-1996 yillarda pul qadrsizlanishi sur’atlari ancha qisqardi. Umuman mamlakatda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishning korxonalar va tarmoqlarning moliyaviy ahvoli mustahkamlanishining aholini va mamlakat iste’mol bozorini muhofaza qilishning muhim omili bo‘ldi. 1995 yil 21 dekabrda Oliy Majlisning 4 sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida” “Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida” alohida Qonunlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlar Xalqaro Valyuta Fondi va Jaxon Banki tomonidan yuqori baholandi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 20 ta tijorat banki ro‘yxatga olingan.1995 yildan ularning 19 tasi aksiyadorlik –tijorat shaklida 5tasi ma’sulyati cheklangan jamiyat 1tasi kooperativ 2tasi xorijiy sarmoya ishtirokidagi 2tasi davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Download 248.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling