Islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi
Qur’onda keltirilgan payg‘ambarlar qissalarining hikmati
Download 87.21 Kb.
|
Abdurazzoqova
2.2. Qur’onda keltirilgan payg‘ambarlar qissalarining hikmati.
Anbiyolar qissasi daʼvatchi va isloh qiluvchilar ularning muattar siyratlaridan mashʼala olib, uning ziyosidan yorugʻlik topish, u orqali toʻgʻri yoʻl topish, payg‘ambarlar izidan borib, barcha tasarruf va amallarda ularni oʻzlariga yoʻlboshchi qilishlari uchun zikr etilgan. Ularning barchalariga eng afzal salovot va salomlar boʻlsin. Qurʼoni karimdagi qissalardan maqsad tasalli, kimningdir koʻnglini olish emas, balki nasihat va ibratdir. Ushbu oyati karima bunga ishora kiladi: لَقَدْ كَانَ فِي قَصَصِهِمْ عِبْرَةٌ لِأُولِي الْأَلْبَبِ مَا كَانَ حَدِيثًا يُفْتَرَى وَلَكِن تَصْدِيقَ الَّذِي بَيْنَ يَدَيْهِ وَتَفْصِيلَ كُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ “Darhaqiqat, ularning qissalarida aql egalari uchun (katta) ibrat bordir. (Ushbu Qurʼon) toʻqib chiqariladigan gap emas, balki oʻzidan oldingi narsalarni (yaʼni, samoviy kitoblarni) tasdiq etuvchi, unga iymon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni mufassal bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat (manbai boʻlgan bir kitob)dir”47 (Yusuf: 111). Boshqa bir oyat Qurʼon qissalaridan tafakkur va tadabbur, nabiy va rasullar yoʻlidan yurish ila istifoda etish zaruratiga ishora kiladi: فَاقْصُصِ الْقَصَصَ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ “Bu qissalarni (ularga) aytib bering, shoyad tafak kur kilsalar!”48 (A’rof surasi, 176-oyat). Ayniqsa, (haqqa) chaqiruvchilarga nisbatan anbiyolar qissasini zikr qilishdan ularni daʼvatga sabotli qilish, irodalarini mustahkamlash maqsad qilingan. Bu esa u (paygʻambar)larning siyratlari, Allohning yoʻlida ozorlarga qanday sabr qilganlari bilan tanishish orqali boʻladi. Alloh taolo maxluqotlar sayyidi - Muhammad sol- lallohu alayhi vasallamga shunday degan: وَكُلًّا نَقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنْبَاءِ الرُّسُلِ مَا نُثَبِّتُ بِهِ فُؤَادَكَ وَجَاءَكَ فِي هَذِهِ الْحَقُّ وَمَوْعِظَةٌ وَذِكْرَى لِلْمُؤْمِنِينَ “Sizga (ey, Muhammad!) Paygʻambarlarning xabarlaridan dilingizga sabot baxsh etadiganlarini aytib bermoqdamiz. Bu (qissalar)da haqiqat, moʻminlar uchun nasihat va eslatma kelgandir”49 (Hud: 120). Qur’onda keltirilgan qissalarning hikmati Qurʼonda keltirilgan qissalarning koʻplab ulugʻ maqsadlari bor, qisqa qilib aytganda, ular quyidagilar: 1. Vahiy va risolatni isbot qilish. 2. Samoviy dinlar birligiga ishora. 3. Paygʻambarlar daʼvatidagi maqsadni bayon qilish. 4. Ummatlarning anbiyoi kiromlarga munosabati. 5. Islom shariati va boshqa samoviy dinlar oʻrtasidagi mustahkam bogʻliqlikni ifodalash. 6. Paygʻambarlar gʻalabasi va yolgʻonga chiqarganlar xalokati. 7. Alloh taoloning odatdan tashqari ishlarga qodirligini bayon etish. 8. Yaxshilik va toʻgʻrilik hamda yomonlik va fasodning oqibati. Mana shular Qurʼon qissalarining eng muhim maqsadlari hisoblanadi. Bulardan boshqa maqsadlar ham bor, ammo ularning barchasini qamrab olish imkonsiz... Endi Qurʼon qissalarining maqsadini batafsil bayon qilishga oʻtamiz. Vahiy va risolatni isbot qilish Qurʼon qissalarining maqsadlaridan biri Vahiy va risolatni isbot qilishdir. Yaʼni, paygʻambarlar keltirgan ushbu din Alloh tabaroka va taolodan boʻlgan vahiy orqali yetib kelgan. Paygʻambarlar esa Azizu Hakim boʻlgan Alloh taolo tomonidan yuborilganlar. Xossatan, Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ishlari Qurʼoni karimda vahiy orqali boʻlishi bayon qilingan: وَمَا كُنتَ نَتْلُوا مِن قَبْلِهِ مِن كِتَبٍ وَلَا تَخُطُهُ بِيَمِينِكَ إِذَا لارْتابَ الْمُبْطِلُونَ “Siz ilgari biror kitobni tilovat qiluvchi emas edingiz va qoʻlingiz bilan xat ham yozgan emas edingiz. Aks holda buzgʻunchilar, albatta, shubhaga tushgan boʻlur edilar”50 (Ankabut: 48). نَحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ أَحْسَنَ الْقَصَصِ بِمَا أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ هَذَا الْقُرْءَانَ وَإِن كُنتَ مِن قَبْلِهِ لَمِنَ الْغَفِلِينَ “Biz Sizga ushbu Qurʼon (surasi)ni vahiy qilishimiz bilan birga goʻzal qissani aytib berurmiz. Siz esa, (ey, Muhammad!) undan (vahiydan) oldin bexabarlardan (biri) edingiz”51 (Yusuf: 3). تِلْكَ مِنْ أَنْبَاءِ الْغَيْبِ نُوحِيهَا إِلَيْكَ مَا كُنتَ تَعْلَمُهَا أَنتَ وَلَا قَوْمُكَ مِن قَبْلِ هَذَا فَاصْبِرْ إِنَّ الْعَقِبَةَ لِلْمُتَّقِينَ “(Ey Muhammad!) Bular Sizga vahiy qilayotgan Bizdagi g‘ayb xabarlaridandir. Bularni ilgari na Siz va na qavmingiz bilar edingiz. Bas, sabr qiling! Albatta, oqibat (yutuq) taqvodorlarnikidir”52 (Hud: 49). Samoviy dinlar birligiga ishora Qurʼoni karim qissalarining maqsadlaridan biri Nuh alayhissalomdan Muhammad sollallohu alayhi vasallamgacha boʻlgan davrda din Alloh taoloning huzuridan ekani, moʻminlarning barchasi bir ummat ekani, yagon va bir bo‘lgan Zot- Alloh taolo barchaning Parvardigori ekanini bayon qilishdir. Koʻpincha, bir surada bir necha anbiyolarning qissalari ushbu haqiqatni qoʻllab-quvvatlash uchun alohida yoʻl ila keltirilib, jamlangan boʻladi. Masalan, Alloh taolo shunday marhamat qilgan: وَلَقَدْ آتَيْنَا مُوسَى وَهَرُونَ الْفُرْقَانَ وَضِيَاهُ وَذِكْرًا لِلْمُتَّقِينَ “Darhaqiqat, Biz Muso va Horunga Furqon (Tavrot), ziyo va taqvodor kishilar uchun eslatma ato etdik”53 (Anbiyo: 48). وَلَقَدْ مَانَيْنَا إِبْرَاهِيمَ رُشْدَهُ، مِن قَبْلُ وَكُنَّا بِهِ، عَلِمِينَ “Darhaqiqat, Biz ilgari Ibrohimga toʻgʻri yoʻlni ato etdik. Biz uni biluvchimiz”54 (Anbiyo: 51). وَلُوطًا وَانَيْنَهُ حُكْمًا وَعِلْمًا وَنَجَيْنَهُ مِنَ الْقَرْيَةِ الَّتِي كَانَت تَعْمَلُ الخبيث إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمَ سَوْءٍ فَسِقِينَ “Lutga esa hikmat va ilm ato etdik va uni iflos ishlarni qiluvchi qishloq (ahli)dan qutqardik. Darhaqiqat, ular yomon va buzuq qavm edilar”55 (Anbiyo 74). Nuh, Ayyub, Idris, Zakariyo payg‘ambarlar, ularning risolati va daʼvati zikridan soʻng Qurʼoni karim taʼkidlagan xaqiqat keladi. U yakkaxudolik va dinning birligi Alloh azza va jalla marhamat qiladi: إِنَّ هَذِهِ أُمَّنكُمْ أُمَّةً وَحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاعْبُدُونِ “(Ey insonlar!) Sizlarning ushbu diningiz (aslida) bir din (yaʼni Islom)dir. Men esa (barchangizning) Robbingizdirman. Bas, Menga ibodat qilingiz!”56 (Anbiyo: 92). Bu esa uzoq eslatmalardan soʻng keltirilgan asl maqsaddir. Payg‘ambarlar daʼvatidagi maqsadni bayon kilish Qurʼoni karim qissalarining yana bir maqsadi dinning barchasi bir maqsad, asosida ekanini bayon qilishdir. Shu sababdan anbiyolar alayhimussalom bir maqsad, bir g‘oyaga eʼtibor qaratganlar. U ham boʻlsa Alloh taoloning vahdoniyati (yagonaligi) eʼtiqodidir. Koʻplab paygʻambarlarning qissalari birgalikda kelib, shuningdek, ularda asosiy Yagona Allohga iymon keltirish takrorlanadi. U payg‘ambarlar davatidagi eng asosiy maqsaddir. لَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَى قَوْمِهِ، فَقَالَ يَتَقَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَهِ غَيْرُهُ إِنِّي أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ “Darvoqe, Nuhni oʻz qavmiga (elchi qilib) yubordik. Shunda u dedi: "Ey qavmim! Allohga sigʻiningiz! Sizlarga Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Men sizlarga buyuk kun (Qiyomat) azobi (berilishi)dan qoʻrqaman”57 (A’rof surasi, 59-oyat). وَإِلَى عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا قَالَ يَنقَوْمِ اعْبُدُوا اللهَ مَا لَكُم مِنْ إِلَم غَيره أَفَلَا تَتَّقُونَ “Od (qavmi)ga ularning birodari Hudni (elchi kilib yubordik). (U) dedi: “Ey qavmim! Allohga sigʻiningiz! Sizlarga Undan oʻzga iloh yoʻqdir. (Allohdan) qoʻrqmaysizmi?!”58 (A’rof surasi, 65-oyat). وَإِلَى ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَلِحَا قَالَ يَنقَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَهِ غَرُهُ قَدْ جَاءَ نَكُم بَيْنَهُ مِن رَّبِّكُمْ هَذِهِ نَاقَةُ اللَّهِ لَكُمْ وَايَةٌ فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِي أَرْضِ اللَّهِ وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُو و فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ “Samud qavmiga birodarlari Solihni (payg‘ambar etib yubordik). (U) dedi: “Ey qavmim! Allohga sigʻining! Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Robbingizdan sizlarga Hujjat keldi. Ushbu-Allohning moʻjiza tarzidagi tuyasi. Uni (oʻz holiga) qoʻyingiz-Allohning yerida oʻtlasin! Unga yomonlik (niyati) bilan tega koʻrmangiz! Aks holda, sizlarni alamli azob tutgay”59 (A’rof: 73). وَإِلَى مَدينَ أَخَاهُمْ شُعَيْباً قَالَ يَنقَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَهِ غَيْرُهُ، قَدْ جَاءَ تَكُم بَيْنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ فَأَوْفُوا الْكَيْلَ وَالْمِيزَانَ وَلَا تَبْخَسُوا النَّاسَ أَشْيَاءَ هُمْ وَلَا تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَحِهَا ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ “Madyan (qabilasi)ga birodarlari Shuaybni (elchi qilib yubordik). U aytdi: “Ey qavmim! Allohga sig‘iningiz! Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Sizlarga Robbingizdan hujjat keldi. Bas, oʻlchov va tarozini toʻla-toʻkis oʻlchangiz, odamlarning narsalarini urib qolmangiz va yaroqli qilib qoʻyilgandan soʻng Yer (yuzi)da buzgʻunchilik qilmangiz! Agar (chin) moʻmin boʻlsangiz, ana shu sizlar uchun yaxshidir”60 (A’rof: 85). Bu barcha dinlarda anbiyolar mushtarak boʻladigan aqiyda asoslaridan biri tavhiddir, paygʻambarlar qissalarida ushbu maqsadni taʼkidlash maʼnosi umumiy tarzda keltiriladi. Islom shariati va boshqa samoviy dinlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalash Qurʼoni karim qissalarining yana bir maqsadi samoviy dinlar oʻrtasidagi mustahkam bogʻliqlik borligi, ular oʻrtasida qarama - qarshilik yoʻqligi, balki barchasi bir buloqdan ekanini bayon qilishdir. Har bir paygʻambar oʻzidan oldingi paygʻambarning risolatini tugal va komil qiladigan risolat ila yuboriladi, oʻz risolatiga iymon keltirishga, Alloh taolo huzuridan keltirgan narsa rostgo‘y deb eʼtiqod qilishga chaqiradi. Bu shariatning asosi bir deganidir. U olamlar Parvardigori. U yerda nizo va xusumatga chaqiradigan narsa yoʻq. Alloh taolo aytadi: شَرَعَ لَكُم مِّنَ الدِّينِ مَا وَضَى بِهِ نُوحًا وَالَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ وَمَا وَصَّيْنَا بِهِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَى وَعِيسَى أَنْ أَقِيمُوا الَّذِينَ وَلَا تَتَفَرَّقُوا فِيهِ كَبُرَ عَلَى الْمُشْرِكِينَ مَا نَدْعُوهُمْ إِلَيْهِ اللَّهُ يَجْتَبِي إِلَيْهِ مَن يَشَاءُ وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَن يُنيبُ “(Ey iymon keltirganlar! Alloh) sizlar uchun din boʻyicha Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga (Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani – shariat qildi: “Dinni barpo qilingiz va unda firqa-firqaga boʻlinmangiz!” (Ey Muhammad!) Mushriklarga Siz daʼvat qilayotgan narsa (tavhid) ogʻirlik qildi. Alloh unga (dinga) Oʻzi xohlagan kishilarni tanlar va Unga inobat qiladigan kishilarni hidoyat sari yoʻllar”61 (Shuaro: 13). Soʻng paygʻambarlar otasi Ibrohim alayhissalom dini bilan nabiylar xotami - Muhammad sollallohu alayhi vasallam dini, shuningdek, Muhammad alayhissalom dini bilan Bani Isroil dinlari oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida Alloh taolo shunday marhamat qiladi: إِنَّ هَذَا لَفِي الصُّحُفِ الأُولَى مُهُفِ إِبْرَاهِيمَ وَمُوسَى “Darvoqe, bu (oyatlar) avvalgi (paygʻambarlarga nozil boʻlgan) sahifalarda - Ibrohim va Muso (ham) bordir”62 (A’lo: 18-19). وَجَهِدُوا فِي اللهِ حَقَّ جِهَادِهِ، هُوَ اجْتَبَنَكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِي رهيو هُوَ سَمَّنكُمُ الْمُسْلِمِينَ مِن قَبْلُ وَفِي مِلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَاهِيمَ هُوَ الدِّينِ من حرج هَذَا لِيَكُونَ الرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيْكُمْ وَتَكُونُوا شُهَدَاءَ عَلَى النَّاسِ فَأَقِيمُوا الصَّلوةَ وَاتُوا الزَّكَوةَ وَاعْتَصِمُوا بِاللَّهِ هُوَ مَوْلَنَكُمْ فَنِعْمَ الْمَوْلَى وَنِعْمَ النَّصِيرُ "Sizlarni (shu din uchun) U tanladi va dinda sizlarga biror haraj (qiyinchilik) qilmadi. Otangiz Ibrohimning dini (Islom)ni (ushlangiz)! Toki (Qiyomatda) paygʻambar sizlarga guvoh boʻlishi uchun, sizlar esa (qolgan) odamlarga guvoh boʻlishingiz uchun (Allohning) Oʻzi sizlarni ilgari (muqaddas kitoblarda) ata- gandek, mana shu (Qurʼon)da ham musulmonlar deb atadi. Bas, namozni barkamol ado etingiz, zakotni beringiz va Allohga bogʻlaningiz! U sizlarning Xojangizdir. Bas, u naqadar yaxshi Xoja va (madad soʻragan moʻminlarga) naqadar yaxshi Madadkordir"63 (Haj: 78). إِنَّ أَوْلَى النَّاسِ بِإِبْرَاهِيمَ لَلَّذِينَ اتَّبَعُوهُ وَهَذَا النَّبِيُّ وَالَّذِينَ ءَامَنُوا وَاللَّهُ وَلِيُّ الْمُؤْمِنِينَ “Odamlar ichida Ibrohimga doʻstrog‘i - unga ergash ganlar, ushbu payg‘ambar (Muhammad) va iymon keltirganlardir. Alloh (esa) moʻminlarning doʻstidir”64 (Oli Imron: 68). Alloh azza va jalla barcha payg‘ambarlardan agar Muhammad sollallohu alayhi vasallam davrlari va tirikliklarini topsalar, u zotga iymon keltirishlari, u zotga ergashib, yordamchilaridan boʻlishlariga ahd olgan. Bu ham barcha samoviy dinlar oʻrtasidagi bogʻliqlikka dalildir. Alloh taolo aytadi: وَإِذْ أَخَذَ اللَّهُ مِشَقَ النَّبِيِّينَ لَمَاءَ اتَيْتُكُم مِّن كِتَبِ وَ حِكْمَةٍ ثُمَّ جَاءَكُمْ رَسُولٌ مُصَدِقٌ لِمَا مَعَكُمْ لَتُؤْمِنُنَّ بِهِ ، وَلَتَنصُرُنَّهُ قَالَ أَقْرَرْتُمْ وَأَخَذْتُمْ عَلَى ذَلِكُمْ إِصْرِيقَالُوا أَقْرَرْنَا قَالَ فَأَشْهَدُوا وَأَنَا مَعَكُم مِّنَ الشَّهِدِينَ “Eslang, Alloh (paygʻambarlardan) shunday ahd olgan sizlarga Kitob va Hikmat bergan boʻlsam, endilikda sizlardagi (Kitob)ni tasdiq etuvchi bir payg‘ambar (Muhammad) kelganda, albatta, unga iymon keltirasiz va unga yordam berasiz!” (Alloh): “Tan oldingizmi va ahdnomamni shu (shart) bilan qabul qildingizmi?” - deganida, ular: “Tan oldik”, - deb javob berdilar. Alloh dedi: “Guvoh boʻlingiz, Men ham sizlar bilan birga guvohlardandirman”65 (Oli Imron: 81). XULOSA Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan atroflicha ma’lumotlardan kelib chiqib, Alloh azza va jalla yer yuziga yuborilgan barcha payg‘ambarlarning xabarlarini bizga bayon qilmadi. Balki ulardan insoniyat tarixiga eng muhim va buyuk ta’sir qilganlarini zikr qilgan. Barcha payg‘ambarlar o‘zlari yuborilgan qavmga faqat Allohgagina ibodat qilishga da’vat qilishgan. Payg‘ambarlar o‘zlarining odamlarga Alloh taoloning hukumlarini yetkazishgan. Odamlarni hidoyat va to‘g‘ri yo‘lga boshlashgan. Odamlarga qayta tirilishni eslatishgan, ularga o‘limdan keyingi shiddat va daxshatlarni bildirishgan. Payg‘ambarlar insonlarga Alloh taologa qarshi hujjat qolmasligi uchun yuborilgan. Ular odamlar uchun yaxshi va go‘zal o‘rnak bo‘lishgan. Payg‘ambarlarga ma’sumlik fazilati berilgan. Agar ular begunoh bo‘lishmaganida ularga ergashish mumkin bo‘lmay qolardi. Ismat faqat va faqat payg‘ambarlarga xos fazilatdir. To‘g‘ri ba’zi insonlarni ko‘rishimiz mumkinki, ular huddi xato qilmaydiganga o‘xshab ko‘rinishadi. Lekin bu ismat emas. Balki Alloh azza va jallaning o‘zini suygan bandalarini qilgan aybini rahmati ila satira qilishidir. Alloh dinni ham, payg‘ambarlarni ham va ularning shariatlari yozilgan muqaddas kitoblarni bandalarining islohi, hidoyati, ruhiy – manaviy tarbiyasi uchun yuborgan. Qaysi zamonda, qaysi makonda va qaysi milllatga yuborilgan bo‘lishidan qat’iy nazar, Allohning maqsad – irodasi yagona, ya’ni o‘zining mukarram xalifasi– Odam zurriyotini poklash va hidoyatga chorlashdir. Qurʼon bu – benihoya ilm manbasidir. Hattoki, bir paygʻambar haqida birgina oyat kelgan boʻlsa ham , ana oʻsha oyatning oʻzidan paygʻambarning butun hayotini tushunib yeta olishimiz ham mumkin. Buni esa faqat aql egalari biluvchidir. Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling