Islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi


Payg‘ambarlarning ma’sumligi va ular borasidagi shubhalarga raddiyalar


Download 87.21 Kb.
bet3/6
Sana29.01.2023
Hajmi87.21 Kb.
#1139171
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdurazzoqova

1.2. Payg‘ambarlarning ma’sumligi va ular borasidagi shubhalarga raddiyalar
Ismat (عصمة)ning lug‘atdagi ma’nosi “man qilish”, “saqlash”dir.27 Ismat ma’nosi Alloh taoloning ushbu so‘zlarida kelgan:
قَالَ سَـَٔاوِيٓ إِلَىٰ جَبَلٖ يَعۡصِمُنِي مِنَ ٱلۡمَآءِۚ
“U (o‘g‘li) dedi: “Meni suvdan saqlaydigan biror toqqa (chiqib) panoh toparman”28 (Niso: 165).
قَالَتۡ فَذَٰلِكُنَّ ٱلَّذِي لُمۡتُنَّنِي فِيهِۖ وَلَقَدۡ رَٰوَدتُّهُۥ عَن نَّفۡسِهِۦ فَٱسۡتَعۡصَمَۖ وَلَئِن لَّمۡ يَفۡعَلۡ مَآ ءَامُرُهُۥ لَيُسۡجَنَنَّ وَلَيَكُونٗا مِّنَ ٱلصَّٰغِرِينَ
“Haqiqatdan, undan nafsi (jinsiy yaqinligi)ni talab qilganimda, u saqlandi”29 (Yusuf: 32).
Ya’ni, Yusuf alahissalom qattiq saqlangan, man qilingan.
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Insonlar “Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Uning Rasululidir” deb guvohlik berib, namozni ado etmagunlaricha va zakotni bermagunlaricha, ular bilan jang qilishga buyurildim. Agar odamlar yuqoridagilarga amal qilsalar, mendan qonlari va mollarini omon saqlagan bo‘ladilar. Faqat Islom haqqi bundan mustasno. Ularning hisob kitobi esa Alloh taologa havoladir”. (Buxoriy va Muslim rivoyatilari).
Imom Qurtibiy rohimahulloh aytadi: “Ismatning bunda nomlanishiga sabab u gunoh qilishdan man qiladi”.
Shariatda (ya’ni, istilohiy ma’noda) ismat Alloh taoloning O‘z payg‘ambarlarini gunoh va ma’siyat qilishdan, munkar va harom ishlarga qo‘l urishidan saqlashi, muhofaza qilishidir. Anbiyolarning ismati, ya’ni begunohligi sobit, Alloh taolo ularni bu narsa ila ikrom qilgan va boshqa insonlardan imtiyozli qilgan. Alloh azza va jalla anbiyolardan boshqalarga bu ulug‘ ne’matni bermagan. Payg‘ambarlar gunoh ma’siyatning katta-yu kichigidan saqlagan. Boshqa inson- lardan farqli ravishda payg‘ambarlardan ma’siyat yoki Alloh taoloning amriga qar- shi ish sodir bo‘lishi mumkin emas.
Buning hikmati Alloh azza va jalla ularga ergashish, ularning yo‘lidan yurishga amr etdi. Ular xalq va butun insoniyat uchun go‘zal o‘rnak va na’munadirlar. Agar ular ma’siyat qilib, gunohlarga qo‘l ursalar, unda ma’siyat ham mumkin bo‘lib qolar ularga ergashishimiz mumkin bo‘lmay qolardi. Bu noto‘g‘ri va mumkin bo‘lmagan ishdir.
“Alloh taolo qaytargan ushbu jirkanch narsalar (qabih ish-amallar)dan chetlaning. Kim ulardan bir narsaga tushib qolsa (ulardan birini sodir etsa) bas, Allohning satri evaziga satr qilsin (yashirsin) va Allohga taqvo qilsin. Chunki kimning sahifasi bizga ko‘rsatilsa (gunohi ma’lum, oshkor bo‘lsa) unga Allohning kitobini qoim qilamiz (unga ko‘ra hukm qilamiz)” (Imom Hokim rivoyati). Ya’ni kim gunoh sodir etib, uni e’lon qilsa, jazolanishi lozim.
Payg‘ambar faqat yaxshi hayot yo‘li, pokiza tabiatga ega bo‘lishi lozim. Bunga Alloh taoloning anbiyolarni insonlarning eng pokizalari ichidan tanlab olgani va yoshliklaridan ularga g‘amxo‘rlik qilganini ularga dalil sifatida keltiradilar. Ya’ni, Alloh taolo Muso alayhissalomga shunday marhamat qilgan:
وَأَلۡقَيۡتُ عَلَيۡكَ مَحَبَّةٗ مِّنِّي وَلِتُصۡنَعَ عَلَىٰ عَيۡنِي
“(Ey Muso! Barchaga suyukli bo‘lishing va Mening ko‘z o‘ngimda (himoyamda) o‘sishing uchun senga O‘z tamonimdan muhabbat (joziba) tashladim”30 (Toha: 39).
وَإِنَّهُمۡ عِندَنَا لَمِنَ ٱلۡمُصۡطَفَيۡنَ ٱلۡأَخۡيَار
“Yana ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir”31 (Sod: 47).
Payg‘ambarlar tanlangan, yaxshi zotlar bo‘lgani sabab ular nubuvvatdan oldin ham, keyin ham (gunohlardan) ma’sum va himoya qilingan bo‘ladilar.
Boshqa ulamolar payg‘ambarlar ma’sumligi nubuvvatdan keyin bo‘lishi, sababi insonlar ularga nubuvvatdan keyin ergashishga buyurilmaganliklarini aytishadi. Ya’ni, payg‘ambarlarga ergashish ularga vahiy nozil qilingandan so‘ng bo‘ladi. Ammo ularning siyrati gunoh - ma’siyatlariga qo‘l urishdan bosh tortadigan bo‘ladi. Ular nubuvvatdan oldin ma’sum bo‘lmasalar-da ammo inoyat va fitrat ila muhofaza qilingan bo‘ladilar.
Ismat payg‘ambarlardan boshqalarda bo‘lmaydi.
Kimdir aytishi mumkin: “Qur’oni karimda ba’zi payg‘ambarlarning muxolif ishlari bo‘lgani xabari berilgan, ba’zilariga gunoh va ma’siyat nisbati berilgan bo‘lsa, ular qanday qilib ma’sum (begunoh) bo‘lishi mumkin?
Alloh taolo Odam alayhissalom haqida shunday degan:
وَعَصَىٰٓ ءَادَمُ رَبَّهُۥ فَغَوَىٰ
“Odam Parvardigoriga osiy bo‘lib, yanglishdi”32 (Toha: 121).
Nuh alayhissalom haqida shunday degan:
قَالَ يَٰنُوحُ إِنَّهُۥ لَيۡسَ مِنۡ أَهۡلِكَۖ إِنَّهُۥ عَمَلٌ غَيۡرُ صَٰلِحٖۖ فَلَا تَسۡـَٔلۡنِ مَا لَيۡسَ لَكَ بِهِۦ عِلۡمٌۖ إِنِّيٓ أَعِظُكَ أَن تَكُونَ مِنَ ٱلۡجَٰهِلِينَ
“(Alloh) dedi: “Ey Nuh! U sening ahlingdan emas! Albatta, u (uning qilgani) yaxshi ish emas. Bas, Mendan o‘zing (yaxshi) bilmagan narsangni so‘ramagin! Men senga johillardan bo‘lishingdan (qaytarib) nasihat qilaman”33 (Hud: 46).
Payg‘ambarlar sayyidi sollalohu alayhi vasallamga shunday degan:
لِّيَغۡفِرَ لَكَ ٱللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِن ذَنۢبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ وَيُتِمَّ نِعۡمَتَهُۥ عَلَيۡكَ وَيَهۡدِيَكَ صِرَٰطٗا مُّسۡتَقِيمٗا
“(Bu fath) Siz uchun Allohning oldingi va keyingi gunohlaringizni kechishi, Sizga O‘z ne’matini mukammal qilib berishi, Sizni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishi (uchundir)”34 (Fath: 2).
Buning javobiga aytamizki, Qur’oni karim oyatlari dalolat qilgan, sog‘lom ilmiy mantiq qilgan narsaga ko‘ra, payg‘ambarlarning ma’sumligi haqdir. Agar ular kamolot, poklik va fazilat egalari bo‘lmasalar, qanday qilib Alloh azza va jalla insoniyatni ularga ergashish, yo‘laridan yurishga amr etish mumkin? Agar ismat (begunohlik) ularning sifatlaridan bo‘lmaganida biz ham barcha amal va ishlarda ularga ergashishga buyirilmagan bo‘lar edik.
Ba’zi shar’iy nass (oyat va hadis)larda kelgan ulardan osiylik va muxoliflik quyidagi ma’nolarda bo‘lishi mumkin:

  1. Ular osiylik emas, balki eng avvalo (yaxshi) bo‘lgan narsani tark etish.

  2. Ular ma’siyat emas, balki ijtihoddagi xatodir.

  3. Qarshi ish yoki osiylik deb faraz qilinsa, bu nubuvvatdan oldin bo‘lgan.

Odam alayhissalom osiyligi Qur’oni karimda shunday bayon qilingan:
فَأَكَلَا مِنۡهَا فَبَدَتۡ لَهُمَا سَوۡءَٰتُهُمَا وَطَفِقَا يَخۡصِفَانِ عَلَيۡهِمَا مِن وَرَقِ ٱلۡجَنَّةِۚ وَعَصَىٰٓ ءَادَمُ رَبَّهُۥ فَغَوَىٰ ☆ ثُمَّ ٱجۡتَبَٰهُ رَبُّهُۥ فَتَابَ عَلَيۡهِ وَهَدَىٰ
“Bas, (Odam bilan Havo) undan yeyishlari avratlari ochilib va o‘zlarini Jannat yaproqlari bilan to‘sa boshladilar. Odam Parvardigoriga osiy bo‘lib, yanglishdi. So‘ngra Parvardigori uni poklab, tavbasini qabul etdi va hidoyatga yo‘lladi”35 (Toha: 121-122).
Ushbu osiylik va muxoliflik payg‘ambarlikdan oldin bo‘lgan. Bunga dalil Alloh taoloning ثُمَّ ٱجۡتَبَٰهُ رَبُّهُۥ فَتَابَ عَلَيۡهِ وَهَدَىٰ “So‘ngra Parvardigori uni poklab...” degan so‘zi bunga dalildir. Oyatdagi إجتباء (ijtibo) Alloh taoloning payg‘ambarlikka tanlab olishini bildiradi. Odam alahissalom tomonidan ushbu xato nubuvvatdan oldin sodir bo‘lgan.
Yunus alahissalom qissasida Alloh taolo shunday marhamt qiladi:
وَذَا ٱلنُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَٰضِبٗا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقۡدِرَ عَلَيۡهِ فَنَادَىٰ فِي ٱلظُّلُمَٰتِ أَن لَّآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبۡحَٰنَكَ إِنِّي كُنتُ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ ☆ فَٱسۡتَجَبۡنَا لَهُۥ وَنَجَّيۡنَٰهُ مِنَ ٱلۡغَمِّۚ وَكَذَٰلِكَ نُـۨجِي ٱلۡمُؤۡمِنِينَ
“Zunnun (Yunus)ning (o‘z qavmidan) g‘azablangan holda (qishlog‘idan chiqib) ketib, Bizni unga karshi chiqa olmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong‘i zulmatlar ichra: “Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim”, - deb nido qilgan (paytini eslang!) Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik va uni g‘amdan qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz”36 (Anbiyo: 87-88).
Ushbu oyat zohiri Yunus alayhissalom Alloh taolo g‘azabini keltiruvchi ish qilgan, Allohning undan intiqom olish qudratiga shubha qilgan, degan gumon olib kelishi mumkin. Bu noto‘g‘ri tushuncha va oyati karimaning ma'nosini noto‘g‘ri tafsir qilishidir. Bu gumon ba’zi johillarda paydo bo‘lib, ular Yunus alayhissalom gunoh ish qilgan, Allohning amriga teskari ish tutib, Parvardigoridan g‘azablanlangan holda ketib qolgan, ushbu gunoh sababida uni nahang yutib yuborganini aytadilar.
Ushbu oyati karimaning ma’nosida mufassirlar zikr kilgan sahih so‘z shuki, u zot qavmi agar iymon keltirmasalar, (ularga kelishi muqarrar bo‘lgan) Allohning azobidan ogohlantirgan. Ular o‘z zalolat va kufrlarida bardavom bo‘lgach, tez orada keluvchi azobdan ogohlantirgan. Azob kelishi kechikkach, nazarlariga tushmaslik, mazah va masxara qilmasliklari, Allohga nisbatan yolg‘onda ayblamasliklari uchun ulardan yashirinib chiqib ketganlar. Chunki ularga azob tushishi xabarini berganlar, azob kelmagan. Shunda qavmidan g‘azablangan holda chiqib ketganlar. U zotga eng afzal salovot va salomlar bo‘lsinki, Parvardigoridan g‘azablanmaganlar.
Yoki Nuh alayhissalom haqida oladigan bo‘lsak:
وَلَا تُخَٰطِبۡنِي فِي ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ إِنَّهُم مُّغۡرَقُونَ
“Va zulm qilganlar haqida Menga (asrash to‘g‘risida) xitob kilmagin! Ular, albatta, g‘arq qilinuvchilardir!”37 (Hud: 37).
Demak, Nuh alayhissalom o‘zining nazdidagi zohirga qarab (shunday hukm qilgan). Munofiqlar ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga muvofiqlikni izhor qilganlar, ichlarida u zotga qarshi edilar va buni Alloh taolo u zotga ma'lum qilmaguncha bilmagan edilar. Alloh azza va jallaning إِنَّهُۥ لَيۡسَ مِنۡ أَهۡلِكَۖ “U sening ahlingdan emas!” degan so‘zi “U men najotni vada qilganlarimdan emas, ular (ya’ni omon qoluvchilar) ichlarida ham, tashlarida ham haqiyqiy mo‘min (bo‘lgan)lardir”38.

Download 87.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling