Ислом дини. Исломдаги оқим ва мазҳаблар


Download 2.77 Mb.
bet3/4
Sana14.10.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1702372
1   2   3   4
Bog'liq
8-MAVZU. DINSHUNOSLIK

Molikiya

  • Asoschisi imom Molik ibn Anas Abu Abdulloh (713-795). U «Madina imomi» unvoniga sazovor bo'lgan. Qur'on, sunna va ijmoga tayanadi. Olim «al-Muvatto» nomli hadis ilmiga oid asar molikiy mazhabining asosiy manbasidir.
  • Geografiyasi Marokash, Tunis, Jazoir va Liviyada yetakchi mazhab, yuqori Misr, Sudan, Bahrayn, BAA va Quvaytda ham nufuzga ega, nikoh-oila va mulkka oid huquqga sezilarli ta'siri bor.

Shofeiya

  • Асосчиси Asoschisi Muhammad ibn Idris Shofeiy (767-820). Uning huquq tizimi xanafiylar, molikiylarning diniy-hukuqiy ta'limoti asosida ishlab chiqilgan, ko'proq molikiylarga yaqin turadi. Qur'on, sunna ijmo va qiyosga tayanadi. Shofeiyning «al-Umm», «ar-Risola» kitoblari ushbu mazhab usuliga asos bo'lgan.
  • Geografiyasi: Misr (ko'proq qishloqlarida), Falastin, Iordaniya, Suriya, Iroq, Hijoz, Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Eron va Yaman.

Hanbaliya

  • Asoschisi Ahmad ibn Hanbal (780-855). Hanbaliy mazhabida Qur'on, sunnat, ijmo va sahobalarning gaplari asosiy o'rin egallaydi. Zarurat bo'lmaganda, qiyosdan foydalanmaydi. Hadislar va sahobalar so'zini qiyosdan ustun qo'yadi.Hadis ilmi bo'yicha «al-Musnad» asari juda mashhur. Bu kitobda 40000 atrofida hadis jamlangan bo'lib, asar hanbaliy mazhabining asosiy qarashlarini ifoda etadi.
  • Geografiyasi: Saudiya Arabistoni, Qatarda rasmiy mazhab, Falastin, Suriya,Iroq va b. joylarda o'z izdoshlariga ega.egа.

Mazhabsizlik

Bugungi kunda mazhablarni inkor qilish holatlari uchrab turibdi. Bu g'oya 12 asrdan ortiq vaqt mobaynida yashagan minglab ulamolarning ilmlari va meroslarini bekorga chiqaradi, musulmonlar birligiga xavf soladi. Mazhabsizlik g'oyasini ilgari surayotgan soxta salafiylar fikricha, shariat ahkomlarini to'g'ridan-to'g'ri amalga tadbiq etishi, har bir kishi Qur'ondan yoki hadisdan hukm olishi, har bir odam o'zi fatvo berishi mumkin. Ularning g'oyasiga amal qilib, barcha Qur'on va hadisdan hukm olishga o'tsa, jamiyatdagi sohalar izdan chiqib ketadi.



Download 2.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling