Islom dini tarixi va falsafasi reja: Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit. Islomning asosiy oqimlari va yo‘nalishlari
Download 33.24 Kb.
|
1 2
Bog'liqISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Tasavvuf tushunchasining mazmun-mohiyati va uning tarixi, g‘oyalari. Tayanch tushunchalar
ISLOM DINI TARIXI VA FALSAFASI REJA: 1.Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit. 2.Islomning asosiy oqimlari va yo‘nalishlari. 3. Qur’on, sura, oyat tushunchalarning ma’nosi islom madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati. 4.Hadislarni o‘rganish va tarqalish jarayoni. 5.Tasavvuf tushunchasining mazmun-mohiyati va uning tarixi, g‘oyalari. Tayanch tushunchalar: Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg’ambar(a.s) hayoti va faoliyati. Vahiyning nozir bo‘la boshlashi. Madinaga hijrat. Makkaning fath etilishi. Halifalik. Islomda mazhablarning paydo bo’lishi, ilk ixtiloflar. Islom dining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Qur’on islom dining muqaddas kitobi. Hadislar. Islom ta’limotining oila muqaddasligi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari. Islomda ayollarga munosabat. 5.1 Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi. «Islom» so‘zi arabcha bo‘lib «xudoga o‘zini topshirish», «Itoat», «Bo‘ysunish» ma’nosini beradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» deb ataladi. Uning ko‘pchilik shakli «Muslimun» bo‘lib, o‘zbeklarda «Musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda «Musurmon» deb ataladi. Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kelib chiqqan. Uning asoschisi payg‘ambar Muhammad (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan Hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan. U 609-610-yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622-yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko‘chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi. 630-yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vag‘otidan keyin bu davlatni uning o‘rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» deb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta territoriyani egallagan edi. O‘rta Osiyo yerlari - Movarounnahr (daryo ortidagi yerlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o‘rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib keldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o‘ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kechirdi. 5.2. Mazhablarning paydo bo‘lishi: hanafiylik, molikiylik, shofeiylik va hanbaliylik. Islomda asosan ikki yo‘nalish: sunniylik (ahli sunna val jamoa - sunnat va jamoat ahli) va shialik (shiat Ali - Ali tarafdorlari) mavjud bo‘lib, ularning har birida turli masalalar bo‘yicha bir qancha mazhablar mavjuddir. Uchinchi yo‘nalish xorijiylar (xavorij - ajralib chiqqanlar) VII asrning ikkinchi yarmida deyarli bo‘linib ketgan. Sunniylik yo‘nalishi "axri sunna val jamoa", deb ataladi va 4 ta fiqhiy mazhabdan iborat: Hanafiy; Shofe’iy; Molikiy; Hanbaliy. 2 ta aqidaviy Ash’ariy; Moturidiy ta’limotiga amal qiladi. Islom fiqhi asoslori va sunniylikdagi fiqhiy mazhablarning manbalari quyidagi manbalarga asoslanibgina hukm chiqarish shart: 1. Qur’oni karim. Agar faqih Islomda biror narsaning hukmi qanday ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, avvalo Qur’onga murojaat qiladi. Unda nima hukm bo‘lsa, hech ikkilanmasdan uni qabul qiladi. 2. Sunnat - Muhammad (s.a.v.) qilgan ishlari va aytgan so‘zlari. Hadislarga asosan hukm chiqarilganda, ularni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tanlab olinishi zarurdir. 3. Ijmo - bir davrning ijtihod (diniy manbalardan mustaqil hukm chiqarish) darajasiga etgan ulamolarining yakdillik bilan biror masalani qabul qilishlaridir. 4. Qiyos - ya’ni, hukmi vorid bo‘lmagan masalani Qur’on va hadisda, shunga o‘xshash va hukmi kelgan narsaga qiyoslab fatvo chiqarish. Islomdagi yo’nalishlar. Siyosiy partiya, harakat, firqa va guruhlar. Aqidaviy ta’limotlar. Fiqhiy mazhablar. Islomdagi ilk bo’linishlarning boshlanishi. Hokimiyat masalasidagi turli fikrlar. Siffin voqeasi. Xorijiylik yo’nalishi va ta’limoti. Mo’’taziliylik asoschisi va ta’limotlari. Shia yo’nalishining mazhab va ta’limotlari. Ismoiliya. Qarmatiylik ta’limoti va harakatlari. Sunniylik aqidasi va mazhablari. Hanafiylik mazhabi. Tasavvuf yo’nalishi va tariqatlari. Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya tariqatlari. Zamonaviy sufiylik ta’limotlari. Moturidiya va Ash’ariya aqidaviy ta’limotlari. Vahhobiylik harakatining kelib chiqishi. Vahhobiylikning Markaziy Osiyoda tarqalishi. XX asrdagi islohotchilik harakatlari. Panislomizm, panarabizm, panturkizm tushunchalari. Tablig’ guruhi. Ixvonul muslimin tashkilotining tuzilishi, turli firqalarga bo’linishi. Hizbut tahrirning shakllanishi, ta’limoti, maqsadlari. Nurchilik harakatlari, maqsadlari. Akromiylik harakatlari va ularning ayanchli oqibatlari. Fundamentalizmning vujudga kelishi. Birinchi jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solinishi. Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar. Terrorizmga qarshi kurashda ma’rifiy islomning roli. Radikal diniy oqimlar. Fanatizmning salbiy oqibatlari. Sobiq Ittifoqdan keyingi makonda diniy omilning faollashuvi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalar tuzishning taqiqlanishi. Diniy ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarga milliy istiqlol g’oyalarini singdirishning ahamiyati. Islomdagi yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar. Insoniyat murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonni boshidan kechirmoqda. XXI asr mafkuralar to‘qnashuvi asri bo‘lishini idrok etmoq zarur, bunda "XXI asrda yadro poligonlaridan emas, balki mafkuraviy poligonlardan ehtiyot bo‘lishimiz, mafkuraviy immunitet hosil qilishimiz lozim". Shuningdek, ‘‘G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bahsga kirishmog‘imiz, kurashmog‘imiz kerak", degan so‘zlarni alohida esda tutishimiz darkor. Mustabid tuzum, jaholat va mutaassiblikka chorlovchi g‘oyalarga qarshi milliy istiqlol g‘oyasini qo‘ya bilishimiz zarur. Milliy istiqlol g‘oyasi qanday mazmun kasb etadi? Avvalo, milliy istiqlol g‘oyasi millatidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasting fuqarolarini tashkil etuvchi O‘zbekiston xalqi (Konstitutsiya, 8-modda) manfaatini ifoda etishini anglamog‘imiz kerak. Milliy istiqlol g‘oyasinint bosh maqsadi: yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajagi buyuk bo‘lgan davlatni qurish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun asosiy shart barqaror vaziyat. Barqarorlikka qarshi bo‘layotgan tahdidlar ichida eng xavflisi - mafkuraviy tahdid, uning sinashta bo‘lgan uslubi, ayniqsa, bizning xalqimizga qarshi qo‘llaydiganlari - diniy omil hisoblanadi. Ana shunday sharoitda mintaqada, xususan, O‘zbekistonda, o‘z ta’sirini o‘tkazishga uringan kuchlar millatimiz tabiatini hisobga olgan holda Islom omilidan g‘arazli maqsadlarda foydalanish harakatida bo‘ldilar. Islom dinining sof g‘oyalari niqobi ostida siyosiy hokimiyatni egallashga intildilar. Ya’ni, Alloh, Islom kabi so‘zlarni qo‘shib nomlangan, eshitilishi jarangdor partiya, tashkilotlar — "Islom uyg‘onish partiyasi", "Hizbulloh" (Alloh partiyasi), "Hizb at-tahrir al-islomiy" (Islom ozodlik partiyasi) kabilarni tuzib, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab, yaxlit jug‘rofiy hududda Islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar. Bu borada "Islom ta’limoti nima deydi?" degan o‘rinli savol tug‘iladi. Har qanday ta’limotni uning asl manbalari orqali tushunish, o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ana shu yo‘ldan borib, Islom dinida fiqhiy va aqidaviy jihatdan qanday bo‘linish, ajralishlar bo‘lgani, uning sabablarini ilmiy, qiyosiy jihatdan o‘rganish mazkur kursning bosh maqsadi hisoblanadi. Islomning lug‘aviy ma’nosi "Buyuruvchining farmoni va ta’qiqiga e’tirozsiz bo‘ysunish hamda uni buyurilgandek bajarish", demakdir. Islomning istilohniy ma’nosi Alloh tarafidan yuborilgan barcha payg‘ambarlar insonlarga Islom dinidan ta’lim berganlar. Alloh taologa, Uning sifatlariga, oxirat kuniga payg‘ambar yo‘llagandek ishonish, kitoblarini tasdiqlab, ular ravshanlantirib bergan to‘g‘ri yo‘ldan borish, Yaratganni yagona bilib, Undan boshqasiga ibodat qilmaslikdir. Shariat - to‘g‘ri yo‘lga solmoq, qonunchilik yo‘naltirmoq, ibodat yo‘llari, hayotiy va ijtimoiy qoidalar, kishilar orasidagi munosabat va muammolar, halol bilan haromni ajratib bermoqdir. Qur’on va sunnatning hukmlaridan olingan mana shu qonunlar fiqh ilmi deyiladi. Istilovda "fiqh" "Alloh taolo o‘z payg‘ambari Muhammad (S.A.V.) orqali nozil qilgan shariatni teran fahmlamoq" ma’nosini bildiradi. "Fiqh"ning shariat istilohidagi boshqa ta’rifida "Shar’iy dalillardan qar’iy hukmlar chiqarishdir", deyiladi. Bu ta’rifdagi "Shar’iy dalil" Qur’oni karim va hadisi sharifdir. "SHar’iy hukm" esa umumiy hukmdan kelib chiqadigan xususiy fikrdir. Shariatda shar’iy hukmlar asosan ibodat va muomalotlarda namoyon bo‘ladi. Zamonlar o‘tishi bilan, Al-istinbat - chiqarib olish, sug‘urib olish uslublari shakllana bordi. Ijtihod qilish natijasida qat’iy dalolat qilib berilmagan hukmlar, fikrlar xususida ijmo - ya’ni, yetuk ulamolarning o‘zaro kengashib bir fikrga kelishlari taomilga kira boshladi. Shu tariqa qiyoslash orqali va yuqorida aytilganlar bilan birga yangi bir fan - usuli fiqh - ya’ni, musulmon huquqshunosligi vujudga keldi. Mazhab so‘zi arabcha “yo‘nalish” ma’nosini bildirib, Islom atamashunosligida biror diniy masala, muammo bo‘yicha muayyan ulamo fikriga ergashish, "uning yurgan yo‘nalishidan borish" (arabcha - zaxaba ‘ala mazhabixi)ni bildiradi. 1.Hanafiylikdagi mashhur kitoblar: Muhammad bin al-Xasan ash-Shayboniyning (vafoti 805-yil) "Kutub Zaxirurrivoya" nomli kitobi. Keyinroq uning muhim qismlarini Abul Fodi al-Marvazi "Al-Kofiy" asarida yanada tartibga soldi. Unga Shamsuddin as-Saraxsi (vafoti 1090-yil) "Al-Mabsut" nomli sharh yozdi. 2. Molikiylikda Molik ibn Anasning "Al-Muvatta" ("Ommaviy", ya’ni "Barchaga tushunarli") kitobi asosiy asardir. Undan tashqari Abdussalom Saxnumning (vafoti 854-yil) "Al-Mudavvana al-Kubra" asari alohida o‘rin tutadi. 3. Shofe’iylikda «Al-Umm» kitobi asosiy manbadir. 4. Hanbaliylikda Ahmad ibn Hanbalning «Al-Musnad» asari bosh manba sifatida qaraladi. Hanafiylik, No‘mon ibn Sobit al-Kufiy Abu Hanifa hayoti va faoliyati VII va IX asrning birinchi yarmida fiqhda o‘ziga xos tushunchalar, ifoda - til va uslubiyat shakllandi. Fiqh paydo bo‘lishining ilk davridayoq, ikki yo‘nalish maydonga chiqa boshladi. Ulardan biri Iroq maktabi bo‘lib, u yana "mustaqil fikr yuritish tarafdorlari" (ashob-ar-ra’y), ikkinchi - Madina maktabi esa "hadis tarafdorlari" (ashobul-hadis), deb yuritiladi. Ular orasidagi farq - maktablar o‘z aqidalarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ularga meros bo‘lib qolgan huquqiy an’analar bilan belgilanadi. "Ashob ar-ra’y"ning yorqin vakili, hanafiy mazhabi asoschisi Imom A’zam Abu Hanifa (r.a.) hisoblanadi. Hanafiya Islomdagi eng ko‘p tarqalgan mazhabdir. Uning asoschisi Abu Hanifa 699-767-yillarda yashagan. Ma’lumki, huquqshunoslik markazlaridan biri Iroqdagi Kufa shahri bo‘lgan, Payg‘ambarimizning sahobalari Abdulloh ibn Mas’ud (vaf. 653-y.) u yerga faqih va muallim sifatida Xalifa Umar tomonidan yuborilgan edi. Uning talabalari fuqaro sifatida tan olindi va ularning eng mashhurlaridan biri Hammod ibn Abu Sulaymon (738-y.) mazkur mazhabga nom bergan Abu Hanifaning ustozi bo‘lgan. Abu Hanifa kufalik bo‘lib, o‘zining ismi No‘mon ibn Sobit edi. O‘ziga to‘q ipak sotuvchi xonadonida tavallud topgan. A’lo ta’lim olib, yoshligida so‘nggi sahobalarning suhbatini olgan. 22 yoshida mashhur huquqshunos Hammod ibn Abu Sulaymonning shogirdi va uning davrasida 18 yil tahsilda bo‘ladi. Ustoz vafotidan so‘ng 10 yil davomida ushbu to‘garakka rahbarlik qiladi. U Kufa va Basraning eng obro‘li faqihi hisoblangan. 747-748-yili uni davlat xizmatiga chorlagan Iroq hokimining zulmidan qochib, Makkaga ko‘chib o‘tadi. Hokimiyatga Abbosiylar kelgach, Iroqqa qaytadi va boy tojir hamda nufuzli olim sifatida hayot kechiradi. Xalifa Mansur (754-775) Bag‘dodda unga qozi yoki boshqa yuksak martabani egallashni taklif etganida qat’iyan rad javobini beradi. Xalifa uning irodasini bo‘ysundirish uchun yoshi va obro‘siga ham qaramay, qamoqqa tashlaydi, hatto savalashga buyuradi. Oradan ko‘p o‘tmay, Abu Hanifa olamdan o‘tadi. Imom Abu Hanifaning bugun umri mobaynida ellik besh marta haj qilganligi ma’lum. Olim sifatidagi bilimlarini savdo ishlarida kundalik hayotga amaliy jihatdan tatbiq etish imkoniga ega bo‘lib, qoida-qonunlarni qiyos va istihsonni ishlatish orqali boyitadi. Hanafiy mazhabi ta’limoti, ilmiy merosi, mazhab izdoshlari Abu Hanifaning huquqiy nazariyasi shaxs erkinligini hurmatlagan va shu bilan o‘zga huquqshunoslardan farq qiladi. U birinchi bo‘lib bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Ular salam va murobaha bitimlarida o‘z aksini topgan. Salam bitimi keyinchalik yetkazib beriladigan mol-mahsulotga darhol pul to‘lashni ruxsat etgan. Ilgarigi qonunlar tovarni pulga bir paytning o‘zida ayirboshlashni nazarda tutardi. Murobaha bitimi esa bir savdogar ikkinchisiga biron narsani sotishda oldingi, o‘zi olgan narx ustiga shartlangan foyda bilan sotishni ruxsat etgan va shu tariqa sudxo‘rlikning oldi olingan. Shaxsiy huquq doirasida Abu Hanifa erkin qizcha vositachisiz turmushga chiqishini ruxsat berdi, biroq keyinchalik hanafiy mazhabi bu huquqni faqat ilgari erga tekkan ayolga kafolatladi. Abu Hanifa fikricha, balog‘at yoshiga etgan inson mustaqil bo‘lib, o‘z mulkini o‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishi mumkindir. Download 33.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling