Islom dinida ayol


Download 129.24 Kb.
bet8/9
Sana27.12.2022
Hajmi129.24 Kb.
#1068811
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ISLOMDA AYOL VA TENGHUQULILIK

Islomda taniqli ayollar
Suyumbike va uning oʻgʻli

  • Momo Havo — birinchi ayol, odam Atoning xotini.

  • Asiya Paygʻambar Muson a.s ni tarbiyalagan fir’avnning xotini.

  • Bilqis-Sabo malikasi ismi

  • Maryam — Iso paygʻambarning onasi

  • Xadicha r.a paygʻambar Muhammad s.a.v ning birinchi va sevimli xotini boʻlib, u barcha odamlardan birinchi boʻlib Islomni qabul qilgan.

  • Oysha r.a Paygʻambar Muhammad s.a.v ning uchinchi xotini boʻlib, u ishonchli hadislar soni boʻyicha Abu Xurayra r.a va Ibn Umardan r.a dan keyin uchinchi oʻrinda turadi.

  • Fotima r.a — „Jannat ayollarining yetakchisi“, paygʻambar Muhammad s.a.v ning qizi va toʻrtinchi Solih xalifa Ali ibn Abu Tolibning xotini.

  • Sumayya — Islomni qabul qilgani uchun qatl etilgan Muhammad s.a.v ning sahobiyasidir.

Siyosatdagi ayollar
Tarix davomida musulmon ayollar koʻpincha Islomiy davlatlarning boshida boʻlishmagan. Sulayxidlarning shiit sulolasidan boʻlgan Malikai Asmo, Malikai Arva 1087-1138-yillar ichida Yamanni toʻxtovsiz boshqargan, Usmon imperiyasining ayol sulton tomonidan boshqarilish davri 130 yildan kam boʻlmagan.
Soʻnggi paytlarda ayollar Indoneziyaning (Megavati Sukarnoputri), Pokistonning (benazir Bxutto), Turkiyaning (Tansu Chiller) va Bangladeshning (Xolid Zia, Shayx Hasina) prezidentlik va ministrlik lavozimlariga tanlandi. Biroq, baʼzi konservativ ulamolar ayollarning siyosatga aralashishiga qarshi chiqmoqdalar.
Xususan, ayollarning saylov huquqi cheklangan toʻrtta davlatdan uchtasi musulmon mamlakatlardir (Vatikan bundan mustasno). Livanda ayollar faqat boshlangʻich taʼlim guvohnomasi boʻlgan taqdirda ovoz berishlari mumkin savodxonlik darajasi 82,2 % boʻlganda. Birlashgan Arab Amirliklari va Bruneyda ayol erkak bilan bilan bir qatorda turib ovoz berishi cheklangan. Baʼzi musulmon mamlakatlarida yaqinda ayollarga ovoz berish huquqi berildi: 1974-yilda Iordaniyada, 1980-yilda Iroqda, 2002-yilda Bahraynda, 2003-yilda Ummonda, 2006-yilda BAAda, 2011-yilda Saudiya ArabistonidaOzarbayjon (1918), Albaniya (1920), Turkmaniston (1924), Qozogʻiston (1924), Turkiya (1930) va Maldiv orollari (1932) ayollar saylov huquqi taʼsis etilgan birinchi musulmon davlatlaridir.
Rossiya tarixidagi eng mashhur musulmon hukmdor ayollari Syuyumbike va Qosimlik hukmdor Fotima sultondir.

Download 129.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling