Islom ibrohim darmonsiz darmonim
Download 56.79 Kb.
|
DARMONSIZ DARMONIM..
- Bu sahifa navigatsiya:
- TO’RTLIKLAR” ****
- KIPRIKLARI UZUN-UZUN QIZ”
- ERKAKNING BOSHINI EGMAGIN AYOL!”
- YO’QLAMAS SENI HECH KIMSA”
Odamlar borki: Jonini berarlar yerga Odamlar borki: Qonin ichirar eriga.
Odamlar borki: Bizni pulimizga qarar Odamlar borki: Og’ir kunimizda yarar. Odamlar borki: Ozor bermas chumoliga Odamlar borki: Tushma bundaylar domiga. Odamlar borki: Yiqilishing bilan kular Odamlar borki: Aslo, odam emas ular. Odamlar borki: Mehnat qiladi baxt uchun. Odamlar borki: O’zlarin sotadi nechun? Odamlar borki: Yaxshiligin qilar minnat. Odamlar borki: Yaxshilik qilar beminnat. Odamlar borki: Yashashidan ol andoza Odamlar borki: Yashamaydilar hech toza. Odamlar borki: Ko’ngli ham, ichi ham qora Odamlar borki: Kimligin bilsaydi zora. Odamlar borki: Meni sinishim kutmoqda Odamlar borki: Yaxshiligin sir tutmoqda. Odamlar borki: Meni ustimdan kuldilar Odamlar borki: Yurak-bag’rimni yuldilar. Odamlar borki: Orqamdan g’iybat qilarlar Odamlar borki: Bilmayin tuxmat qilarlar Odamlar borki: Ko’nglim qoldi-ku, ulardan Odamlar borki: Zo’r she’r bitilar shulardan. “SO’NGGI UMR” Dunyo g’amlari kelganda yo’qlab Hech bir do’stim kelmadi-ku so’roqlab, Hatto, qarindoshlar jim kuzatdi Endi ketyapman bir o’zim yig’lab. Men shunchalar ham jirkanch edimmi? Yo ko’ngliz og’ritib, bir so’z dedimmi? Yoki sizni tanlab pand yedimmi? Endi ketyapman bir o’zim yig’lab. Men chidadim-ku, tosh otsangiz ham, Yana bordim-ku, mendan qochsangiz ham, Qaytolmayman bag’riz ochsangiz ham, Endi ketyapman bir o’zim yig’lab. Yuribsiz ortimdan g’iybat qilib Turibsiz oldimda xiyonat qilib Lek,kechirdim sizga shavqat qilib Endi ketyapman bir o’zim yig’lab. Do’stlar so’nggi bor yodimda qoling Faqat bugunchalik yonimda qoling Men ketsam ham siz ortimda qoling Endi ketyapman bir o’zim yig’lab. Mendan rozi bo’lib, eslab yuring Bugun ketib qolsam, so’roqlab turing Gar arzisam menga haykal quring Afsus ketyapman bir o’zim yig’lab. “TO’RTLIKLAR” **** Osondir ko’ndirib, ko’nishlaringiz, Qaygacha bu uchib, qo’nishlaringiz, Pora berolmaysiz qiyomat kuni, Ish bermas, u yerda tanishlaringiz. **** Islom Ibrohim menman o’zim. Haq yo’lida har aytgan so’zim. Ollohim! mayli yoshla ikki ko’zim. Lek yorug’ ayla qaro yuzim. ****
Ko’p o’yladi, goh turib, goh yotib. Yashardi qashshoqlik jabrin totib. Keyin esa birdan boyib ketdi. Ming afsuski vijdonini sotib. **** Mayli o’ynang, mayli kulib qoling. Mayli to’xtang, mayli yurib boring. Dang’illama uylar qurib qoling. Bir kun o’lim haqligin tan oling. **** Senmusan usha, hayolim o’g’risi? Bir ko’rishda meni aqlim olding! Endi azobda, hayotim to’g’risi. Yuragimga ham g’ulg’ula solding! **** To’rt kunlik bu o’tkinchi dunyodan, To’rt so’m pul olib keta olmassan. To’rt so’m deb, kechsang ibo-hayodan, To’rt asr yashab ham yeta olmassan. **** Kuyishga arzimas sen yonganlaring. Goh ko’z yosh keltirar quvonganlaring. Ba’zida o’zingni kechirolmaysan, Xiyonat qilganda ishonganlaring. **** Belni siqib ko’rishadi, quchganda, Yo’qlab kelishar, ishlari tushganda, Birortasini ham topa olmaysan, Omad qushing uzoqlarga uchganda. **** Dunyoda uyatsiz, o’lmaydiganlar bor. Aytilmagan joydan qolmaydiganlar bor. Aslida hech kim bo’lib yurgan paytingda, Salomingga alik, olmaydiganlar bor. **** Gar ishonsang, ko’ngling g’ashlab ketar. Gar quvonsang, ko’zing yoshlab ketar. Ko’ngil berma aslo, bevafoga, Sendan zo’rin topsa, tashlab ketar. **** Kerak bo’larkan topganlaring, Befoyda bo’lsa otganlaring, Ba’zida Olloh belgilarkan, Foydasiz sani chopganlaring, “SEVGI VA NAFRAT” Bahor zumda qishga aylanib, Yoqqan qorni ne foydasi bor. Sevmay soxta yorga aylanib, Sevgan yorni ne foydasi bor. Kunduzlaring tunga o’xshaydi, Tunlaringchi kunga o’xshaydi, Yoningdagi eng yaqin inson, Begonadek bo’lib yashaydi. Shuda azob, shu achchiq qismat, Armon bo’lib qolsa muhabbat, Ko’zlar ko’zga tushgan chog’ida, To’qnashadi sevgi va nafrat. Bo’laklarga bo’lingan sur’at, Qachonlardir ko’zim oldida. Arzimagan xato tufayli, Ayrilgandik hayot oldida. Afsuslardan ko’zlar to’la yosh, Eslab meni yuraging to’lar. Tugaganda tog’dayin bardosh, Ovunchog’ing farzanding bo’lar. Qaytsa deysan yillar ortiga, Xatolarim tuzatsam deysan. Qaytmas endi Islom ortiga, Tishni tishga qo’yib yashaysan. Meni eslab kelding o’zingcha, Baxtim kulib boqqan paytimda. Xabar olmading bir marta ham, Ko’zimdan qon oqqan paytimda. Qarindoshlaring ko’p kulgandi, Boyligini yuzimga solib. Hattoki, onang ham kelgandi, Ammangni ham yoniga olib. Tinch qo’y dedilar qizimni, O’zlaricha do’q-po’psa qilib. Endi izladingmi izimni? Kimni qandayligini bilib. Bilib qo’y! baxt boylikda emas, Hech kimsa ustunmas dunyoga. Boylar asli to’q bo’lib yurmas, Endi aql bermagin Islomga. Ey birinchi muhabbatginam, Xazonlarga burkanib bo’lding. Islomni sevib yashasang ham, Begonaga o’rganib bo’lding. (Hech bir inson o’z-o’zidan ilhomlanib shoirlik yo’lida yurolmas ekan. Kimdir sevgidan ilhomladi, kimdir tabiatdan. Albatta bu jarayon har kimda har xil. Hayot qiyinchiliklari va sinovlari, kishilarning unga bo’lgan munosabati bularning barchasi kishini haqiqiy shaxs bo’lib, yetishishi uchun xizmat qilarkan. Aynan senga atab aytilgan tanqidlar, seni hayotdagi o’rningni belgilab borar ekan. Ichingdagi dardlaring to’lib-toshib ketganidan so’ng asta-sekin o’zingni ovutishga intilasan. Ana shunday paytlarimda menga Islom Ibrohimga haqiqiy malham bu qalam va qog’oz bo’ldi. Nima bo’lishidan qat’iy nazar, umrimizning har bir oniga Ollohga shukrona keltirib yashaylik. Sinovlarni yomg’ir bo’lib yog’ishi, siz Haq yo’lida ekanligizdan darak beradi.) “KIPRIKLARI UZUN-UZUN QIZ” Sochlarini o’ynatib shamol, Nozlari bilan kelar bir qiz, Chiroyini ko’rib, bo’ldim lol, Kipriklari uzun-uzun qiz. Nur yog’ilib turar yuzidan, Ko’z uzolmay qoldim ko’zidan, Ohularni berkitgan ushal, Aylanayin kipriklaridan. Gullar sizdan olarmi ifor? Kulishingiz buncha beg’ubor! Sizdagi bu uzun kipriklar, Ayting, yana qaysi qizda bor? Kipriklarin yurakka otgan, Sevgi degan hisni uyg’otgan, Ey suluv kiprikingiz deb, Menman o’sha o’zin yo’qotgan. “ERKAKNING BOSHINI EGMAGIN AYOL!” Osonmas turmushning past-u balandi, Siz uchun sinovli hayot boshlandi, Bo’lsang ham birovning asal-u qandi, Erkakning boshini egmagin ayol. Bir urshib beradi, ba’zida so’kib, Darrov doston qilma, onangga to’kib, Yurmasin ko’rganda qaddini bukib, Erkakning boshini egmagin ayol. Nolima, qo’lizdan ish kelmas deya, Jim turgin, ovqatin boshlasa yeya, Farzanding otasi, arazni qo’ya, Erkakning boshini egmagin ayol. Uydan chiqyapsanmi, oynaga qara, Ochiq sochiq kiyinmay, soching tara, G’ururin toptab, qalbin qilma yara, Erkakning boshini egmagin ayol. Birovning eriga havas qilma qo’y, Sen kulib gapirsang, har kun bo’lar to’y, Islom so’zlarin quloqqa solib qo’y, Erkakning ko’nglini sindirma ayol. “RANJIMAY QO’YDIM” Poyimdan gul uzib, tikon ekganlar, Yiqilsam shodlikdan hirom etganlar, Meni baxtsiz qilib, baxtga yetganlar, Yurak og’rig’ini hazlga yoydim, Men sizlardan sira ranjimay qo’ydim. Bog’imni toshlarga to’ldiribsiz-a, Eng suygan gulimni so’ldiribsiz-a, Hasadiz shu bilan o’ldiribsiz-a, Yurak og’rig’ini hazlga yoydim, Men sizlardan sira ranjimay qo’ydim. Axir umr yo’llarim shusiz ham silliq, Ayting ey birodar bu nima qiliq, Dilimdagi borin aytaman to’liq, Yurak og’rig’ini hazlga yoydim, Men sizlardan sira ranjimay qo’ydim. Keling kamtarona kulbamga bir kun, Qadaq so’z aytaylik, faqat siz uchun, Poyingizga borimni to’kmay nechun, Yurak og’rig’ini hazlga yoydim, Men sizlardan sira ranjimay qo’ydim. “MENI ESLAB” Gar yostiqqa egilganda bosh, Begonalar dardimga darddosh, Olisdagi yaqin qarindosh, Meni eslab jilmayib qo’ying. Sizni ko’rib, ko’tarib ko’nglim, Sizga barcha mehrim ilindim, Aka-uka ey opa-singlim, Meni eslab jilmayib qo’ying. Kulfatimga sherik bo’lganlar, Neki topsa baham ko’rganlar, Meni jondek aziz bilganlar, Meni eslab jilmayib qo’ying. Bir oz tinim olsangiz agar, She’rlarimga tashlang bir nazar, Mayli mendan olmang bir xabar, Meni eslab jilmayib qo’ying. Bo’lolmasam dunyoga ustun, Ketar bo’lsam erta yo bugun, Ko’z yosh to’kmay men nodon uchun, Meni eslab jilmayib qo’ying. “ONAJONIM” Yig’lasin daryolar, yig’lasin tog’lar. Bu dunyoga to’lsin alamli ohlar. Bir sizga fidodir tandagi jonim, Faqat siz yig’lamang, jon onajonim. Maylida roziman qurisin bog’lar. Roziman qurisin, hatto, gulzorlar. Bir sizdir dunyodagi eng mehribonim, Faqat siz yig’lamang, jon onajonim. Dushman pichoq sanchsa, mana men yig’lay, Qayg’u quchoq ochsa, mana men yig’lay, Do’stlar aldab qochsa, mana men yig’lay, Faqat siz yig’lamang, jon onajonim. Issiq nonlaringiz hamisha totli, Siz bilan o’tsinda har onim baxtli, Islomingiz yashasa ham a’lamli, Faqat siz yig’lamang, jon onajonim. “OTA” Burgutni samoga tayinlab xoqon, Uchirgan tog’lardek ulkan mehringiz, Yiqilsam qo’limdan tutib har qachon, Otajon tog’dayin tirgak bo’ldingiz. Arslondek yasha deb, tulki bo’lma deb. G’aribni ustidan aslo kulma deb. Do’st-dushman oldida izza bo’lma deb. Yeldingiz otajon g’amimizni yeb. Men esa, gap uqmas erkatoy o’g’il. Tashvishlar orttirdim sho’xlik deb nuqul. Otam bor ne g’am bor, deya yuribman, Atrofga boqmabman, bo’libman so’qir. Ammo vaqt ta’sirin ko’rsatib bugun, Otamning sochiga oq oralatdi. Qalbimda berkingan qandaydir tugun, Qog’ozni oldirib she’r qoralatdi. Bas yetar Islom ko’p yozding she’rlaring, Bavafo o’tkinchi sanamlarga deb, Hattoki, aqldan ham ozding tunlari, Qoshlari bo’yalgan qalamlarni deb. Yo’lingda yiqilding yo’qlamadilar, Omonmisan deya eslamadilar, Ulfati yigitman deb kerilganding, Do’stlaring koringa yaramadilar. Shukrkim bugun yonimda bordur otam. Shukrkim bugun duolar qilar onam, Dunyoga alishman ularni zinhor. Boyligim otamdur, otam yagonam. “UYAT QOLMADI” Dunyo o’zgarmadi, o’zgardi odam, Kimdir mehnat qilib sira tolmadi, Otasin boshini yerga qilib xam, Bazi bir qizlarga uyat qolmadi. Qasam ichib deydi, demang alvido, Har kun bir yigitni aldab tolmadi, Balki yigitlar ham oppoqmas, ammo Bazi bir qizlarga ibo qolmadi. Demang yomonladi yolg’onlar bilan, Hatto otasini so’zin olmadi, Har kun yuriydi kim-kimlar bilan, Bazi bir qizlarga xayo qolmadi. Hayot bir kun ochar uning ko’zini, Onasin so’ziga quloq solmadi, Hayo bezab tursin doim yuzini, Bazi bir qizlarga uyat qolmadi. “KECHIR MENI” Kechir meni seni bir unutib qo’ysam, Azoblaring unutib o’zgani sevsam, Ko’zinga yosh olmagin, baxtliman desam, Kechir meni bevafo bevafoyingni. Kechir meni o’zganing sochin silasam, O’zga yor bilan seni baxting tilasam, Kechiring desang-u qo’lingni siltasam, Kechir meni bevafo bevafoyingni. Kechir meni gullarning sarasin olsam, Mehrdan to’la bag’riga boshimni qo’ysam, Men bilan yur desang-u, U bilan qolsam, Kechir meni bevafo bevafoyingni. Kechir meni, faqat bir unga talpinsam, Azobingdan qochib, bir unga intilsam, Kechir, men bir umr uni baxtiyor qilsam, Kechir meni bevafo bevafoyingni. Kechir, men azobingdan aslo yonmasam, Kechir, U bergan mehrdan netay qolmasam, Hayron bo’lma, seni hech esga olmasam, Kechir meni bevafo bevafoyingni. Kechir meni qo’liga uzukni taqsam, Oppoq libosiga va ko’ziga boqsam, Uni yagonamsan deb, bag’rimga bossam, Kechir meni bevafo bevafoyingni. “YO’QLAMAS SENI HECH KIMSA” Ko’p cheksang-u nadomadlar, Toshin otsalar nomardlar, Qo’lingdan ketsa omadlar, Yo’qlamas seni hech kimsa. Topganingda qator do’stlar, To’ldirardi kam-u ko’stlar, Kelganida bu sinovlar, Yo’qlamas seni hech kimsa. “YIGIT YIG’LAMAYDI” Dunyo tashvishlari yog’ilib kelsa, Eng ishongan do’sting xiyonat qilsa, Hatto ko’zlariga dunyo tor bo’lsa, Yigit yig’lamaydi, qalbi yig’laydi. Hayot turfa sinov bilan sinasa, Yo’qchilik yonidan yiroq ketmasa, Asrdek uzayib kunlar ham o’tmasa, Yigit yig’lamaydi, qalbi yig’laydi. Omadi ketganda do’sti ham ketsa, Hatto yaqinlari uni ark etsa, Ko’rolmaslar kulib, ko’nglin ranjitsa, Yigit yig’lamaydi, qalbi yig’laydi. Sevgan yori unga xiyonat qilsa, Yo’qchilik kelganda yuzin o’girsa, Do’stlari ortidan xoxolab kulsa, Yigit yig’lamaydi, qalbi yig’laydi. Qalbi yig’layverib sochi oqarsa, Orzular ko’payib armon ko’paysa, Yuragi urishdan to’xtagan paytda, Yigit yig’lamaydi, qalbi yig’laydi. Yaqinlar yig’laydi, do’sti yig’laydi. “MUSHTIPAR ONAM” Sevgi va do’stlikni ustunroq qo’ydik, Do’stlarni boriga-ku shukrlar qildik, Sevgi og’ushida bo’ldik tun-u kun, Mushtipar onam deb biz nima qildik. Hayol og’ushida osmonga uchdik, Qanot qoqib ko’kka parvozlar qildik, Bizlarni avaylab o’stirgan ona, Mushtipar onam deb biz nima qildik. Yiqilib poyini o’pish o’rniga, Biz bir shirin so’zni begona qildik, Nima desak derdi, baxtli bo’l bolam, Mushtipar onam deb biz nima qildik. Angladik dunyo to’rt kunlik o’tkinchi, Onadan ziyoda kim bor aytingchi? Onamiz duosin olib zo’r bo’ldik, Mushtipar onam deb biz nima qildik. “TOPOLMADIM” Dunyoni kezdim-u, chin do’st topolmadim, Dushmanim sezdim-u, lek ajratolmadim. Meni sotdilar, ammo,men sotolmadim, Ota-onam kabi bir do’st topolmadim. Mehr izlab, kerakligicha topolmadim, Ishq izlab, xiyonatligin bilolmadim, Hammasidan to’ydim, lek unutolmadim, Ota-onam kabi bir do’st topolmadim. Baxt topdim, ammo qasrin yaratolmadim, Yo’l topdim, lekin manzilim topolmadim, Ne qildim, dunyoga kelib, anglolmadim, Ota-onam kabi bir do’st topolmadim. Qarindosh dedim, aslini topolmadim, Muhabbat dedim, rasmini topolmadim, Ko’p pand yedim,lek rostini aytolmadim, Ota-onam kabi bir do’st topolmadim. Bugun ta’riflashimga so’z topolmadim, Ulardan ham mehribon yuz topolmadim. Qancha yaxshi insonlarni uchratding hayot, Lek Ota-onam kabi do’st topolmadim. Eng Yaqin do’stingda ham hasad bo’larkan Sen Suygan yoringda ham nafrat bo’larkan Boring-u, Yo’g’ingda ham qadringga yetgan Dunyoda yolg’iz ota-onang bo’larkan. Yashashimdan ne ma’no? Aytgin onajon! Sochingdagi oqlaring ketkazolmadim. Ko’zyoshimdan ne foyda? Aytgin otajon! Seni dardlaring yuvib, ketkazolmadim. ’’VATAN’’ Download 56.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling