Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/34
Sana05.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1274101
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
O\'KvaI(laboratoriya)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI 
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 
ELEKTR ENERGETIKASI FAKULTETI 
 
«ELEKTR STANSIYALARI, TARMOQLARI VA 
TIZIMLARI» KAFEDRASI 
O’TA KUCHLANISH VA 
IZOLYATSIYA 
fanidan
LABORATORIYA ISHLARI 



1-laboratoriya ishi. 
«Yuqori kuchlanish texnikasi» fani bo’yicha texnika xavfsizligi. Sinov va o‘lchov
uskunalari. Sinov transformatorlarini darajalash. 
Ishdan maqsad: Yuqori kuchlanishni o‘lchashda va sinashda qo‘llaniladigan o‘lchash va 
sinov asboblari, shu jumladan sinov transformatori va o‘lchash uskunalarining hamda impuls 
kuchlanishlar generatorlarining ishlash prinsipi va o‘lchash usullari bilan tanishish. Sinov trans-
formatoridan foydalanib elementlarning o‘lchash chegarasini tekshirish va xarakteristikalari bilan 
tanishish. 
1. Nazariy qism: 
Yuqori kuchlanish uskunalarining izolatsiyasi ekspluatatsiya jarayonida faqat ishchi kuchla-
nish ta’sirida bo‘lib qolmasdan balki kuchlanish impulsining (kommutatsiyali va chaqmoqli) 
ta’sirida bo‘lib qolishi mumkin. Sistema elementlari izolyatsiya konstruksiyalari va ularni 
izolatsiyalovchi elementlarning ishlash qobiliyati va ishonchliligi to‘g‘risida fikr yuritish uchun 
ularni laboratoriya yoki sanoat (dala) sharoitida sinash kerak. Sanoat chastotasida o‘zgaruvchan 
kuchlanishda sinovlar o‘tkazilayotganda yuqori kuchlanishning amplitudaviy, ta’sir etuvchi 
qiymatlarini o‘lchash bilan birga sinov kuchlanishining shaklini nazorat qilishga ham to‘g‘ri 
keladi. Bu laboratoriyada kuchlanish turlarining manbai-transformatorlar va transformatorlar 
kaskadi, to‘g‘rilagich uskunalari, elektrostatik generatorlar, chaqmoq va kommutatsiya impuls 
kuchlanishi generatorlari hisoblanadi. Yuqori kuchlanishdagi o‘lchash asboblari-sharli o‘lchash 
razryadlagichlari va elektrostatik voltmetr sinalayotgan obyektlarga bevosita ulanadi hamda 
kuchlanishni o‘lchash vaqtida yuqori kuchlanish ostida bo‘ladi. Ancha yuqori kuchlanishlar, 
toklar hamda tez kechayotgan jarayonlarni o‘lchash ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi va uni 
amalga oshirish uchun maxsus apparaturalar va qurilmalar (kuchlanishni bo‘lgichlar, sharli razry-
adlagichlar, amplitudaviy voltmetrlar, ossillograflar)ni qo‘llashni taqozo etadi. Past kuchlanish-
dagi o‘lchash asboblari esa yuqori kuchlanish zanjiriga kuchlanishni bo‘lgich yoki pasaytiruvchi 
transformator yordamida ulanadi. 
Sharli o‘lchov razryadlagichlari yuqori kuchlanishni bevosita o‘lchash yoki yuqori kuchla-
nishni o‘lchashga mo‘ljallangan boshqa o‘lchov asboblari va uskunalarini darajalashda 
qo‘llaniladi. Asosan darajalash sharli razryadlagich yordamida o‘lchana-yotgan kuchlanish bilan 
sinalayotgan uskunalarning o‘lchash zanjiriga ulangan o‘lchash asboblarining ko‘rsatishi o-
rasidagi bog‘lanishni o‘rnatish hisoblanadi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling