Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti
«Sterjen–tekislik» ko‘rinishidagi elektrodlar
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'KvaI(laboratoriya)
«Sterjen–tekislik» ko‘rinishidagi elektrodlar.
O‘tkir uchli sterjen va tekislik ko‘rinishdagi elektrodlar orasidagi kuchli bir jinsli bo‘lmagan maydonda hamma vaqt razryad o‘tkir uchli sterjen ko‘rinishidagi elektrod tomonidan boshlanadi. Bu holda uchqunli razryaddan teshilishga nisbatan tojlanish razryadi oldin boshlanadi. Sterjen- ning o‘tkir uchi musbat bo‘lganda mustaqil razryadning ko‘chkilari o‘zidan keyin hajmiy musbat zaryad qoldiradi. Tojlanish razryadining boshlang‘ich kuchlanishida U b hajmiy zaryadning paydo bo‘lish tezligi uning bartaraf etilish tezligidan yuqori bo‘ladi. 13 Bu ionlanish jarayonning notekis (uzlukli) kechishiga olib keladi. Shu sababdan yangi ko‘chki faqat hajmiy zaryadning kuchsiz maydon sohasiga ketganidagina sodir bo‘ladi va o‘tkir uch ya- qinida kuchlanganlik boshlang‘ich qiymatigacha ko‘ta riladi. Shuning uchun tojlanish toki impuls xarakterga ega. Musbat tojlanish toki impulsining davom etish vaqti bir necha o‘n mikrosekundga teng. Kuchlanishning U b dan uncha sezilarli katta bo‘lmagan qiy-matida tojlanish tokining impulsi yo‘qolib, tojlanish toki uzluksiz holatga o‘tadi. Kuchlanishning o‘sishi davom ettirilganda ko‘chkidagi elektronlar soni 10 7 –10 8 ga yetsa, strimer paydo bo‘ladi. Strimerning rivojlanishida amplitudasi 10 -2 –10 -1 A va 10 -7 – 10 -8 s uzunlikdagi tok impulsi oqib o‘tadi. Bu bosqich bir-biriga qo‘shilib ketadigan ko‘chkilardan tashkil topgan, siljiydigan kuchsiz yallig‘lanuvchi iplar to‘plami- strimerning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ko‘chkining elektronlari ionlanish sohasi oldidagi maydoni kuchaytiradigan musbat hajmiy zaryad qoldirib musbat o‘tkir uch tomon siljiydi. Bu strimerning rivojlanishini va uning butun oraliqni kesib o‘tishini yengillashtiradi. Sterjenning o‘tkir uchi manfiy zaryadli bo‘lsa, ko‘chki tojlanuvchi elektrodga teskari yo‘nalishda rivojlanadi. Ko‘chkidan keyin qoladigan musbat ionlar elektrodga yaqin joyda joylashadi, elektronlar esa kuchsiz maydon tomon siljiydi va neytral molekulalar tomonidan ushlanib, ionlan- ish chegarasi yaqinida manfiy ionlarni hosil qiladi. Ionlarning hajmiy zaryadi havo oralig‘idagi maydonning shaklini buzadi. Taxminan 10 -8 s o‘tkir uch yaqinida ionlanish jarayoni boshlangan- dan keyin uzunligi millimetrdan kichik sohada maydon kuchayib, ionlanish zonasi oldida susaya- di. O‘tkir uch yaqinidagi yuqori maydon kuch-langanligi musbat ionlar hosil qilgan ko‘chkini shunday tezlikda bartaraf etib elektrodlar sirtida neytrallashtiradi va 10 -7 manfiy hajmiy zaryad musbat zaryadga nisbatan ustun keladi. Ortiqcha manfiy hajmiy zaryadning paydo bo‘lishi tojlan- ish boshlangan elektrod sirtida elektr maydon kuchlanganligining pasayishiga va razryad mus- taqilligining tugallanishiga olib keladi. Keyinchalik manfiy hajmiy zaryad elektrodga nisbatan kuchsiz maydon sohasi tomon siljiydi va elektrod sirtidagi maydon kuchlanganligi yana kuchaya- di. O‘tkir uch yaqinida maydon kuchlanganligi tojlanish boshlangandagi maydon kuchlan- ganligiga (E b ) tenglashganda yana boshqatdan mustaqil razryadlanish paydo bo‘ladi va jarayon takrorlanadi. Manfiy tojlanish toki impulsining uzunligi 10 -7 s ga teng bo‘lib, amplitudasi esa musbat tojlanishdagiga nisbatan katta bo‘ladi. Kuchlanishni tojlanishning boshlang‘ich kuchlanishiga nisbatan ko‘paytirsak, navbatdagi tok impulsining paydo bo‘lishi uchun oraliqdan manfiy ionlarning to‘liq yo‘qotilishini talab etmaydi. Shuning uchun kuchlanishning ko‘paytirilishi bilan ikkita ketma-ket kelayotgan tok impulslari orasidagi interval tojlanishning uzluksiz holati paydo bo‘lmaguncha kamayib boradi. Ayni shu paytda ionlanish sohasining or- qasida joylashgan maydon hajmiy zaryad tomonidan salmoqli tekislangan. Bu oraliqning ichkariroq joylarida strimerning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Oraliqda kuchlanishni salgina o‘zgartirsak, bu uzun strimerning hosil bo‘lishiga olib keladi. Buning natijasida o‘tkir uchli «sterjen-tekislik» oraliqda, o‘tkir uchning manfiy qutblanishida razryadlanish kuchlanishi musbat zaryadlangandagiga qaraganda katta bo‘ladi. Elektrodlar orasidagi masofa uncha katta bo‘lmaganda «Sterjen-tekislik» oraliqning razryadlanish kuchlanishi sterjen uchining shakliga bog‘liq, ayniqsa sterjen musbat qutbli bo‘lsa. Oraliq masofa kattalash- gan sari sterjenning roli kamayib boradi va razryadlanish kuchlanishi «nuqta-tekislik» oralig‘ining razryadlanish kuchlanishiga intiladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling