Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti


 Sinov transformatorini darajalash


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/34
Sana05.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1274101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
O\'KvaI(laboratoriya)

3.5. Sinov transformatorini darajalash. 
Ikkilamchi (yuqori kuchlanish) kuchlanishni birlamchi kuchlanishning qiymatidan foydalanib 
ma’lum transformatsiyalash koeffitsientni qo‘llab aniqlash ancha qulay. 
1
2
U
K
U



Lekin bu holda sinalayotgan obyektning sig‘imi bilan aniq-lanadigan, sinov transformatorining 
chulg‘ami bo‘ylab tokning oqib o‘tishi va sinov transformatorining to‘yinishi bilan bog‘liq
bo‘lgan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi gan xatolikka olib keladi. Quyidagi 1.1-rasmda keltirilgan vektor 
diagrammasidan 
1
2
U
U
kuchlanishlar nisbatiga yuklama sig‘im tokining ta’siri illus-tratsiya 
qilingan, shuning uchun ikkilamchi kuchlanish U
2
ni yanada aniqroq aniqlash uchun ommaviy 
sinovlarda sharli razryadlagich yordamida laboratoriya yo‘li bilan olingan U
2
=f(U
1
) darajalash 
egri chizig‘idan foydalaniladi.
Ma’lumki, shar-shar oraliqqa mansub bo‘lgan bir qancha afzaliklarga ega bo‘lgan sharli 
razryadlagichlar yuqori kuchla-nish laboratoriyalarida amplitudaviy voltmetr sifatida qo‘llani-
ladi. Sharlar orasidagi masofaning keng diapazonda S

0,5D o‘zgarishida bu oraliq o‘lchashning 
ancha turg‘un natijalarini beradi. Impulslar koeffitsienti birga yaqin. Shar-shar oralig‘i boshqa 
oraliqlarga qaraganda ixchamdir. Sinov transformatorining boshqarish sxemasini o‘z ichiga olgan 
laboratoriya ishining prinsipial sxemasi 1.2-rasmda keltirilgan. Sharli razryadlagich yordamida 
transformatorlarni darajalash ikkita usul bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Birinchi usul 
bo‘yicha birlamchi chulg‘amda voltmetrning shkalasidagi butun songa mos keluvchi 
bo‘linishlarga teng kuchlanish qo‘yiladi va keyinchalik oldindan ancha masofaga uzoqlashtirilgan 
sharlar ular orasida razryad paydo bo‘lguncha yaqinlashtiriladi. Keyin esa sharlar orasidagi maso-
faning uzunligi (X) o‘lchanadi va jadval yoki sharli razryadlagichning darajalash egri chizig‘i 
yordamida birlamchi kuchlanishning bu qiymatiga mos keluvchi U
2
kuchlanish aniqlanadi. Bu 
usulni qo‘llaganimizda sharli razryadlagich sharlari orasidagi masofaning uzunligini kuchlanish 
qo‘yilgan holatda o‘zgartiradigan moslama va razradlanish oralig‘ining (X) qiymatini hisoblaydi-
gan shkala bo‘lishi kerak. Ikkinchi usul bo‘yicha tanlangan ma’lum kuchlanishga mos keluvchi 
sharlar orasidagi masofa o‘rnatiladi. Keyin sinov transformatori qo‘shiladi va kuchlanish X 
oraliqda razryad olinguncha sekin ko‘paytirilib boriladi. Razryad boshlangan payt (lahza)dagi 
kuchlanish U
1
voltmetr yordamida qayd qili-nadi. Bu usulning afzalligi darajalash uchun masofa-
dan boshqa-rilishga ega bo‘lmagan sharli razryadlagichni qo‘llashdir. Labo-ratoriya ishini ba-
jarishda shu usuldan foydalanamiz. Sharli razryadlagichdan foydalanilganda uni shunday 
o‘rnatish lozimki, uni o‘rab turgan predmetlar (narsalar) undan 5D masofada joylashishi kerak. 
Sharlar sirtining toza saqlanishi talab etiladi. O‘lchash paytida tasodifiy xatoliklardan muhofa-
zalanish uchun teshilish laboratoriyasi bir necha (3-5) marta takrorlanib, ularning o‘rtachasi olin-
ishi kerak. Xavfli o‘ta kuch-lanishlarning oldini olish maqsadida sinov transformatorini zarb bilan 
qo‘shib bo‘lmaydi .




Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling