Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti


«Sterjen–sterjen» va «sterjen–tekislik» elektrodlar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana05.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1274101
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
O\'KvaI(laboratoriya)

«Sterjen–sterjen» va «sterjen–tekislik» elektrodlar. 
O‘zgaruvchan kuchlanishda «sterjen–tekislik» oralig‘ida razryad sterjenga qo‘yilgan kuchla-
nish musbat qutbli bo‘lganda sodir bo‘ladi, chunki bu holda razryadlanish kuchlanishi manfiy 
qutbli bo‘lgandagiga qaraganda ancha past bo‘ladi. Elektrodlar orasidagi masofa bir xil bo‘lganda 
«sterjen–tekislik» oraliqdagi razryadlanish kuchlanishi «sterjen-sterjen» oraliqnikiga nisbatan past 
bo‘ladi, chunki birinchi holda (sterjen-tekislik sistemasining sig‘imi katta bo‘lganligidan) zaryad 


14 
strimerning uchida bo‘lsa, demak, uning yaqinidagi kuchlanganlik yuqoriroq bo‘lib, u stri-
merning chuqur tarqalish sharoitini osonlashtiradi. 
Keyingi yillarda havo oralig‘ining elektr maydoni va elektr mustahkamligini boshqarish keng 
qo‘llanilmoqda. Bunda raz-ryadlanish oralig‘iga toriadol-ekran kiritilganda u yoki bu potensial-
ning berilishiga qarab va ekranning joylashishi hamda kuch-lanishning qiymatiga qarab sterjen-
ning o‘tkir uchi yonida elektr maydonning kuchayishi yoki susayishi kuzatiladi. Bu o‘z navbatida 
razryadlanish kuchlanishining ko‘payishi yoki kamayishiga olib keladi.
Elektrodlar shakli, o‘lchami va elektrodlar orasidagi masofaning maydon kuchlanganlagining 
taqsimlanishiga ta’siri katta, u atmosfera havosining elektr mustahkamligini, ya’ni kuch-lanishga 
chidamlilik qiymati U
p
ni ham o‘zgartirib yuboradi. Misol uchun «shar-shar» («tekislik-tekislik») 
va «sterjen-tekislik» elektrodlar sistemasi olinsa, birinchi oraliqda elektr maydoni taqsimlanishi 
bir tekis bo‘lib, S<1 sm bo‘lganda U
p
=30kV/sm bo‘ladi. Ikkinchi oraliqda esa elektr maydoni 
katta bir jinsli emaslikka ega bo‘lib, (K
n
=
min
max
E
Е
>500) U
p
=7kV/sm ni tashkil etadi xolos. Shu 
boisdan yuqori kuchlanish texnikasi sohasida elektr maydon shakliga qarab havoning chidamlilik 
xossasi keng borada o‘rganiladi. O‘rganish uslubi, asosan, laboratoriya sharoitida bo‘lsada ba’zan 
hisob yo‘li ham qo‘llaniladi. 
Havo oralig‘ining razryadlanish kuchlanishi havoning namligiga bog‘liq. Namlik oshgan sari 
uning razryadlanish kuchlanishiga ta’siri ham oshib boradi, chunki maydonning bir jinsli 
bo‘lmaslik darajasi ham o‘sib boradi.
2.1-jadval 
Oraliq 
Kuchlanish 
Formulalar 
«Sterjen–sterjen» 
Sanoat chastotasi 
Impuls +1,5/40 
Impuls – 1,5/40 
U

= 70 + 5,25 S 
U

= 75 + 5,6 S 
U
r
= 110 + 6,0 S 
«Sterjen –tekislik» 
Sanoat chastotasi 
Impuls +1,5/40 
Impuls – 1,5/40 
U
r
= 40 + 5,0 S 
U
r
= 40 + 5,0 S 
U
r
= 215 + 6,7 S 
«Sterjen-tekislik» va «sterjen-sterjen» ko‘rinishdagi elektrodlar oralig‘ining razryadlanish 
kuchlanishini normal atmosfera sharoitida (t=20
0
C, R=760 mm sim.ust., S>40 sm) 2.1-jadvalda 
keltirilgan empirik formulalar yordamida hisoblash mumkin. «Sterjen-tekislik» va «sterjen-
sterjen» ko‘rinishdagi elektrodlar oraliqlari keskin bir jinsli bo‘lmagan maydonning tipik 
ko‘rinishi bo‘ladi va ularning elektr mustahkamligi ayrim izolatsiya konstruksiyalarining elektr 
mustahkamligini taxminiy baholash uchun qo‘llaniladi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling