Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'KvaI(laboratoriya)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi holatda
3.3-rasm. Bir jinsli bo‘lmagan maydonda har xil dielektriklar sirtida razryadlanish kuchlanishi:
1-toza havo oralig‘ining teshilishi; 2-parafin; 3-turbonit; 4-bakalit; 5-chinni va shisha Xuddi bir jinsli maydondagidek razryadlanish kuchlanishini oshirish uchun uning sirtini qovurg‘asimon qilib yasash tavsiya etiladi, chunki sirtiy qoplanish yo‘li kattalashadi. Bu holda kuchli maydonda joylashgan qovurg‘a, ya’ni zaminlanmagan elektrod yaqinida joylashgan qovurg‘a qoplanish yo‘lini uzay-tirish bilan birga u to‘siq rolini ham bajaradi. Qovurg‘ali qilib yasash har xil turdagi izolatorlar konstruksiyasida keng qo‘llaniladi. Uchinchi holatda dielektriklarning elektr mustahkamligi nuqtai nazaridan tanlangan qalinligi dielektriklar sirti bo‘ylab elektrodlar orasidagi masofadan ancha kichik bo‘ladi. 1-elektrodning chetidagi elektr maydoni keskin bir jinsli emas. Nisbatan uncha katta bo‘lmagan kuchlanishda 1-elektrod yaqinida tojlanish razryadi boshlanadi. Elektrodlar sirtida maydon kuchlanganligining normal tashkil etuvchisi katta bo‘lganligidan razryadlanish kuchlanishi pasayadi va razryad xarak- terining o‘zgarishiga olib keladi. Bu holda nisbatan past kuchlanishda ham elektrodlar chetida yallig‘lanuvchi tojlanish razryadi (yallig‘lanuvchi nuqta) paydo bo‘ladi, bunga misol tayanch izolatorlarida tok o‘tkazuvchan qismi mahkamlanadigan flans hisoblanadi. Kuchlanishning may- don kuchlanganligining o‘sishiga proporsional ravishda yallig‘lanish ipining uzunligi ham o‘sib Lot 120 100 80 60 40 20 0 2 4 6 8 Lot 5 1 2 3 4 24 boradi. Kuchlanishning ma’lum qiymatida yallig‘lanish tezroq o‘zgarib elektrodlar oralig‘ining to‘la teshilishiga olib keladi. Razryadlanishning bu bosqichi sirpanuvchan razryad deb yuritiladi, chunki u elektrod sirtiga yopishganday uning sirti bo‘ylab sirpanganday ko‘rinadi. Bu jarayonni quyidagicha tushuntirish mumkin. Razryadning ikkinchi bosqichida alohida iplar bo‘ylab zarbaviy ionlanish natijasida hosil bo‘lgan ionlar harakatlanadi. Maydon kuchlangan- ligining normal tashkil etuvchisining kattaligidan bu ionlar die-lektrik sirtini uzluksiz bom- bardimon qilishi haroratning mahalliy o‘sishiga olib keladi. Kuchlanish o‘sishi bilan yallig‘ ip bo‘yicha harakatlanayotgan ionlar soni ham ortib boradi. Kuch-lanishning ma’lum bir qiymatida bu harorat termik ionlanish jarayoni boshlanishi uchun yetarli bo‘lganidan kanal bo‘ylab ionlar soni keskin o‘sib ketadi. Shu sababdan kanalning qarshiligi keskin kamayib, kanallar oxirida maydon kuchlanganligining kattalashishi ipning intensiv uzayishiga olib keladi. Demak, sir- panuvchan razryad dielektrik sirtidagi termik ionlanish jarayoni bilan bevosita bog‘langan. Razryadlanish kanali bo‘ylab oqayotgan tok kanalning qarama-qarshi elektrodga nisbatan sig‘imi bo‘ylab tutashadi. Shu sababdan kanal bo‘yicha oqayotgan tok va ionlar soni shu sig‘imga va qo‘yilgan kuchlanishning vaqt bo‘yicha o‘zga-rishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Kanalning sig‘imi dielektrikning birlik sirtining qarama-qarshi elektrodga nisbatan sig‘imiga proporsional bo‘ladi. Sanoat chastotasida sirpanuvchan razryad paydo bo‘lishi uchun yetarli bo‘lgan kuchlanish quyidagi formula bilan aniqlanadi: U sr = 44 , 0 4 10 36 , 1 С [kV] (1) bu yerda: C – sirtning solishtirma sig‘imi, F/sm 2 Sirpanuvchan razryad kanalining uzunligi qo‘yilgan kuchlanishdan tashqari uning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi va solishtirma sig‘imiga ham bog‘liq. Bu bog‘lanish Tepler tomonidan taklif etilgan formula bilan xarakterlanishi mumkin: L cp = K C U 2 dt dU 4 (2) bu yerda: U - elektrodlarga qo‘yilgan kuchlanish; S - sirtning solishtirma sig‘imi; dU/dt - qo‘yilgan kuchlanishning o‘zgarish tezligi; K - 39·10 15 -musbat, - 33·10 15 - manfiy impulslar uchun. Agar L cp o‘rniga S-elektrodlar oralig‘ining uzunligi qo‘yilsa, (2) ifoda razryadlanish kuchlanishini beradi. O‘zgarmas tok kuchlanishida razryad kanali sirtiy sig‘im bo‘yicha tutasha olmaydi, natijada zaryadlar dielektrik sirtida o‘rnashadi va asta-sekin kuchlanishning taqsimlanishini tekislaydi. Shunday qilib, ionlanish toki termik ionlanish jarayoni boshlanishi uchun yetishmaydi va solishtirma sig‘im yetakchi rol o‘ynamaganligidan razryadlanish kuchlanishi ancha yuqoriligicha saqlanadi. Kuchlanish impulslarida dielektrikning qalinligi (ya’ni sirtiy solishtirma sig‘im) razryadlanish kuchlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, impulslarda va sanoat chasto- tasidagi kuchlanishda razryadlanish kuchlanishi elek-trodlar orasidagi masofa kattalashishi bilan juda sekin kattalashadi. Bu ayniqsa elektrodlar oralig‘ining katta qiymatida va dielektrikning uncha katta bo‘lmagan qalinligida yaqqol seziladi. Shu sababdan amalda o‘tuvchi izolatorlarni 25 konstruksiyalashda dielektrik sirti bo‘ylab razryadlanish kuchlanishini izolatorning uncha katta bo‘lmagan o‘lchamini saqlash uchun qo‘shimcha tadbirlar qo‘llaniladi. Quyidagi 3.4-rasmda elektrodlar sistemasida dielektrikning almashtirish sxemasi berilgan. Bu yerda C 1 = d 1 - qattiq dielektrik sirtining pastki elektrodga nisbatan solishtirma sig‘imi 1, F; C 2 =k 2 - qattiq dielektrik qo‘shni sirtlarining o‘zaro ekvivalent solishtirma sig‘imi F; d – dielektrik qalinligi; vd 1 - birlik sirtiy maydonli va balandligi d bo‘lgan dielektrik ustunining qarshi- ligi, Om; v - dielektrikning hajmiy solishtirma qarshiligi Om*m; 2 = S , S - dielektrikning sirtiy solishtirma qarshiligi Om; 2 1 , - muhitning va qattiq dielektrikning dielektrik singdiruvchan- ligi, F/m. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling