Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti
-rasm. Elektrodlar oralig‘ida dielektriklarning joylashish xarakteri. 22 3.2-rasm
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'KvaI(laboratoriya)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi holatda
3.1-rasm. Elektrodlar oralig‘ida dielektriklarning joylashish
xarakteri. 22 3.2-rasm. Bir jinsli maydonda har xil dielektrik materiallardan olingan namunalarining sirti uchun razryadlanish kuchlanishining elektrodlar orasidagi maydonga bog‘liqlik grafigi: 1-parafin; 2-chinni; 3-turbonit; 4-dielektrikning elektrodlarga jips yopishmaganidagi (chinni, shisha, turbonit); 5-toza havo oralig‘ining razryadlanish kuchlanishi Shu sababdan dielektrik sirtida adsorbirlangan namlik razryadlanish kuchlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Die-lektrik sirti bo‘ylab razryadlanish kuchlanishini ko‘paytirish uchun dielekt- rik sirti qovurg‘ali qilib yasaladi, chunki razryadlanish yo‘li uzayadi. Ikkinchi holatda dielektrik bir jinsli bo‘lmagan maydonda turibdi, shu sababdan dielektriklar orasidagi masofa bir xil bo‘ladi. Dielektrikning ho‘llangan sirtida razryadlanish kuch-lanishi birinchi holatdagiga nisbatan past bo‘ladi. Dielektrikning ho‘llangan sirtida kechayotgan jarayon, maydonning shunday ham yuqori bo‘lgan bir jinsli emasligini sezilarli darajada oshira olmaydi, chunki adsorbirlangan namlikning qarshiligi yetarlicha katta. Bir jinsli bo‘lmagan maydon har xil turdagi qoziqsimon va tayanch izolatorlarda hamda yuqori kuchlanishli elektr uskunalarining korpuslarida mavjud bo‘ladi. Xuddi bir jinsli maydondagidek razryadlanish kuchlanishi dielektrikning gigroskopikligiga bog‘liq, lekin bir jinsli bo‘lmagan maydonda bu bog‘lanish kuchsizroq bo‘ladi. Raz-ryadlanish kuchlanishining har xil izolatsiyalovchi materiallardan yasalgan silindr sirtida mahkamlangan silindrik elektrodlar orasidagi razryadlanish kuchlanishining masofaga bog‘liqligi 3.3-rasmda keltirilgan. Bu grafiklarni solishtirganimizda ham toza havoning razryadlanish kuchlanishiga nisbatan razryad-lanish kuchlanishining eng kam pasayishi eng kichik gigrosko-pik bo‘lgan izolatsiyalovchi material parafinda kuzatiladi. Bu pasayish absolut qiymat bo‘yicha bir jinsli maydondagidan bir muncha kam. Natija tabiiy, chunki qaralayotgan holatda, namlik qatlami sirtning notekis o‘tkazuvchanligini va bir jinsli emasli-gini bir muncha kattalashtiradi, u razryad- lanish kuchlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. Bir jinsli bo‘lmagan maydonlarda eng katta elektr maydon kuchlanganligi asosan elektrodlar yaqinida bo‘ladi. Masalan, tayanch izolatorlarining biri doimo zaminlangan konstruksiyalar bilan bog‘langanligi va uning o‘lchamini kattaligidan uning sirtida maydon kuchlanganligi kichik bo‘lib, razryad potensiali yuqori bo‘lgan elektrod tomonidan boshlanadi. Bu elektrodda razryad- lanish kuchlanishini ichki ekran kiritish va uning raz-ryadlanish yo‘lini uzaytirish bilan oshirish L 0 t 120 100 80 60 40 20 0 4 8 12 16 Lvt 1 2 3 4 23 mumkin. Bu holda maydon kuchlanganligining kichik qiymatida ham razryad musbat elektrod tomonidan boshlanadi. Razryadlanish kuchlanishini oshirish uchun elektrodlarda elektr maydonini tekislovchi ichki va tashqi ekranlar qo‘llani-ladi. Ichki ekran kiritish orqali kuchlanish ostida turgan elek-trodning sirti bo‘ylab razryadlanish kuchlanishini ancha oshi-rishga erishamiz. Ichki ekranning uzunligiga qarab razryadlanish kuchlanishi kuchlanish impulsining qutblanishiga bog‘liq. Misol uchun mus- bat qutbli impulsda ekranning uzunligi ortishi bilan razryadlanish kuchlanishi ham o‘sib boradi. Manfiy qutbli impulsda esa razryadlanish kuchlanishi sekinroq keyin esa tezlik bilan kamaya boshlaydi. Chunki keskin bir jinsli bo‘lmagan maydonda razryadlanishning manfiy elektrod tomonidan rivoj-lanishi anchagina qiyinroqdir. Bu holda manfiy qutbli impulsda zaminlangan elektrod anod rolini bajaradi. Ichki ekranning dielektrik ichki qismiga chuqurlashishi, zaminlan- gan elektrodning maydon kuchlanganligi asta-sekin o‘sib borishiga va elektrodlar orasidagi maso- fa qisqarishi bilan razryadlanish kuchlanishini kamayib borishiga olib keladi. Ichki ekranning qanoatlanarli uzunligi manfiy va musbat qutbli impulslarning tengligi bilan aniqlaniladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling