Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/34
Sana05.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1274101
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
O\'KvaI(laboratoriya)

4.2-rasm. «Sterjen-tekislik» oralig‘i razryadlanish kuchlani-shining sterjen qutblanishida 
to‘siqning o‘rniga bog‘liqligi. 
Elektrodlar oralig‘i S=9,3 sm ga teng qilib olinib, unga o‘zgarmas kuchlanish qo‘yilganda, punk-
tir bilan bir jinsli maydonda razryadlanish kuchlanishining elektrod bilan to‘siq orasidagi masofa-
ga bog‘liqligi keltirilgan.
Kombinatsiyalangan izolatsiya tarkibiga kiruvchi dielektriklarga talab ularning qanday 
kuchlanishga mo‘ljalanishiga bog‘liq, misol gazsimon muhitdagi to‘siq ionlarni ushlab qolishga 
mo‘ljallangan. To‘siqning elektrik mustahkamligi asosiy rol bajarmasada, uning g‘ovak yoki 
teshik bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 


34 
O‘zgaruvchan kuchlanishda teshilish razryadlanish kuchlanishi kam bo‘lgan yarim davrda sodir 
bo‘ladi. To‘siqning ta’siri o‘zgaruvchan va o‘zgarmas kuchlanishlarda bir xil bo‘ladi. 
Tekshirish shuni ko‘rsatadiki, sterjen-tekislik orasidagi razryadlanish musbat va manfiy qutblarda 
har xil xarakterga ega. Musbat zaryadli sterjendagi lider kanali juda ko‘p tarmoqlanadigan bo‘lsa, 
manfiy zaryadli sterjenda liderning harakati pog‘ona-simon bo‘ladi. Bosh razryad tushayotgan 
liderning strimer bilan to‘qnashishi bilan boshlanadi va uning tarqalishi to‘qnashuv joyidan ikkala 
tomonga bo‘ladi. Amalda elektr sistemasining izolatsiyakonstruksiyasida qo‘l-laniladigan 
to‘siqlar (ekranlar) shakli bo‘yicha ekvipotensial sirt shakliga yaqinlashtirishga intiladi. 
To‘siqning ta’siri uning yuzasida zaryadlarning yig‘ilishi natijasida elektr maydonning shaklining 
o‘zgarishi bilan tushuntiriladi. Sterjen musbat zaryadlanganda uning yuzasida musbat ionlar 
yig‘ilsa, manfiy zaryadlanganda esa manfiy ionlar yig‘iladi. Qo‘llanilayotgan to‘siq ta’sirining 
effektivligi undan sterjengacha bo‘lgan razryadlanish oralig‘ining uzunligiga bog‘liq. Agar to‘siq 
taxminan sterjendan elektrodlar oralig‘ining uchdan bir qismiga teng masofada joylashtirilsa
ta’sirning effekti maksimal bo‘ladi, chunki razryadning shakllanish vaqti sanoat chastotasi bilan 
o‘zgarayotgan o‘zgaruvchan kuchlanish yarim davridan 4-5 daraja kichik. O‘zgaruvchan 
kuchlanishda elektr razryadi igna musbat qutblangandagi yarim davrda rivojlanadi. Shuning 
uchun to‘siq sanoat chastotasidagi o‘zgaruvchan kuchlanishda keng qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan va 
o‘zgarmas tok us-kunalarida ham to‘siqlar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling