Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'KvaI(laboratoriya)
1. Nazariy qism:
Tojlanish – bir jinsli bo‘lmagan maydonlarda razryadlanish mustaqilligining bir turi hisobla- nadi. Keskin bir jinsli bo‘lmagan maydonda mustaqillik shartining bajarilishida, hosil bo‘layotgan strimer elektrodlar oralig‘ini qoplamasdan, ionlanish jarayoni elektrodlar yaqinidagi kichik radi- usli soha bilan chegaralanadi. Bu sohaga tojlanish g‘ilofi deyiladi. Ionlanish va unga mos keluvchi rekombinasiya jarayoni va qo‘zg‘atilgan molekula va ionlar normal holatiga o‘tishida ko‘p sonli yorug‘lik kvantini ajratishi natijasida tojlanish g‘ilofi yorug‘lanadi va tojlanayot-gan elektrodlar atrofida yog‘dulanishni paydo qilgani uchun unga tojlanish deyiladi. Tojlanish g‘ilofida hosil bo‘layotgan ionlar tashqi maydon ta’sirida tashqi sohaga siljiydi. Kuchlanishning oshishida tojlanish g‘ilofini tashkil etayotgan va alohida hosil bo‘layotgan stri- merlar asta-sekin uzayadi. Tojlanish tokining qo‘yilgan kuch-lanishga bog‘liqligi tojlanish razryadining asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanadi. Tojlanishning fizik xossasi ko‘pincha «sterjen(igna)–tekislik» oralig‘ida o‘rganiladi va bu yerda igna sifatida kichik diametrli o‘tkirlashtirilgan simdan foydalaniladi. Bunday oraliqda maksimal kuchlanganlik bo‘lgan nuqta ignaning uchi hisoblanadi va ionlanish ignaning uchiga yaqin uncha katta bo‘lma-gan hajmda sodir bo‘ladi. Energetikada havo elektr uzatish yo‘llarining o‘tkazgichlarida kuzatiladigan tojlanish katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, silindrik ko‘rinishdagi o‘tkazgichlar atrofida elektr maydon notekis bo‘ladi. Uning elektr maydon kuchlanganligi o‘tkazgich sirtidan uzoqlashgan sari tez kamayadi va o‘tkazgich radiusi qancha kichik bo‘lsa, shuncha tez kamayadi. O‘tkazgichlarning radiusi kichik bo‘lganda va nisbatan uncha katta bo‘lmagan elektr maydon kuchlanganligida tojlanish bir jinsli ko‘chki xarakterga ega bo‘lib, tashqi tomondan zich bir jinsli yallig‘lanuvchi tojlanishning g‘ilofi ko‘rinishda xarakterlanadi. O‘tkazgichlarning radiusi va ularga qo‘yilgan kuchlanish katta bo‘lganda tojlanish strimer xarak- teriga ega. Tojlanishning g‘ilofi katta qalinlikda, uzilishli va notekisliklarga ega bo‘ladi. Ma’lumki, har qanday silliqlangan simning sirtida g‘adir-budurliklar mavjud, u o‘zgarmas kuchlanishda tojlanish boshla-nishiga olib keladi. Simning uzunasiga birdaniga bir nechta nuqtalarida tojlanish boshlanishidan tojlanish toki uzluksiz bo‘ladi. Laboratoriya ishidan ma’lumki, simning sirtida tojlanish mustaqil razryad ko‘rinishida paydo bo‘lishi, maydon kuchlanganligining kritik qiymati va kuchlanishga bog‘liq. Ma’lumki, yuqori va o‘ta yuqori kuchlanishdagi havo elektr uzatish yo‘l (liniya)larining simlari- da tojlanish bo‘lganda simlar orasida toklarning oqishi natijasida, tojlanish razryadi juda katta energiya isrofiga va elektr uzatish foydali ishlash koeffitsienti-ning pasayishiga olib keladi. Yana tojlanishning paydo bo‘lishi toklarning egri chiziqlarida yuqori garmonikaning hosil bo‘lishi va 38 elektr uzatish yo‘li yaqinida joylashgan aloqa liniyalarining ishlash rejimiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. O‘ta kuchlanishlar paytida tojlanish razryadi energiya isrofining keskin ko‘payishiga olib kelishi bilan o‘tkazgichlarda kuchlanishni pasaytiradi va shu bilan birga o‘ta kuchlanish sathining chegaralanishi kuzatiladi. Kuchlanish o‘sgan sari ionlanuvchi qatlamning qalinligi oshib boradi va nihoyat o‘tkazgichlar orasining to‘la teshilishi sodir bo‘ladi. O‘tkazgichlarni o‘rab turgan havoning yallig‘la-nishi boshlanishi uchun o‘tkazgich sirtidagi elektr maydon kuchlanganligi ma’lum bir qiymatga yetishi kerak. Kuchlanishning bu qiymati “ko‘rinuvchan tojlanish kuchlanishi” deb ataladi, u simning radiusiga bog‘liq va radius kamaygan sari o‘sib boradi. Umumiy hol uchun amalda qo‘llaniladigan va juda kichik radiusli o‘tkazgichlar uchun F. Pik tomonidan quyidagi bog‘lanish olingan: Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling