Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektr energetikasi fakulteti


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/34
Sana05.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1274101
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
O\'KvaI(laboratoriya)

1. Nazariy qism: 
Elektr uzatish yo‘llarining o‘tkazgichlari o‘zaro va yerga nisbatan havo oralig‘i yordamida izo-
latsiyalanadi. Buning uchun o‘tkazgich izolator yordamida tayanchlarga ma’lum masofada osi-
ladi. Elektr uzatish yo‘lining izolatsiyasiga ta’sir etadigan ichki va tashqi o‘ta kuchlanishlar biror 
tayanchlar oralig‘ida (prolyotda) yoki biror tayanchda izolatsiyasining elektr mustahkamligining 
buzilishi xavfini tug‘diradi va bu o‘z navbatida uning avariya holatida o‘chirilishiga olib keladi. 
Izolatsiyaning buzilishi har xil fazalar o‘tkazgichlari orasidagi yoki ular bilan zaminlangan 
o‘tkazgich orasidagi havo qatlamining teshilishidan yoki izolatorning qoplanishi natijasida 
bo‘ladi. Chunki tayanchlarda simlar zaminlangan konstruksiyaga juda yaqin kelishi va ular sirtida 
razryadlanishning rivojlanishi havo oralig‘iga nisbatan engilligi tufayli ko‘proq tayanchlarga 
nisbatan teshilish paydo bo‘ladi.
Atmosfera va ichki o‘ta kuchlanishlar elektr sistema elementlarining ishlash rejimini buzmasligi 
uchun uning izolatsiyasi elektrik mustahkamligi maksimal o‘ta kuchlanish amplitudasidan yuqori 
bo‘lishi kerak. Ammo elektr uzatish yo‘llarining avariya holatida o‘chirilishlarini o‘ta mustahkam 
izolatsiyayaratish hisobiga bartaraf etish, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Chunki bu elektr 
uzatish o‘tkazgichlari orasidagi masofaning va tayanchlar o‘lchamining kattalashishiga va 
qo‘llanilayotgan izolatorlar shodasidagi izolatorlar sonining oshishiga olib keladi. Shu sababdan 
ularda uncha yuqori bo‘lmagan izolatsiyasathida normal ishlashini ta’minlash uchun mahsus 
tadbirlar: ya’ni yashindan saqlagichlar va energiya bilan ta’minlashni buzmasdan avariyalarni 
bartaraf etuvchi qurilmalar, avtomatik qayta ulagichlar, yoyso‘ndirgichlar qo‘llaniladi. 
Bu holda elektr uzatish yo‘llarining izolatsiyasiga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1. Havo elektr uzatish yo‘lining izolatsiyasiiloji boricha ko‘proq ichki o‘ta kuchlanishga chidashi 
kerak. Shu sababdan izolatsiyalarni tanlashda maksimal bo‘lishi mumkindan sal kichikroq hisobiy 
ichki o‘ta kuchlanish sathidan kelib chiqiladi. 
2. Izolatsiyaning impuls mustahkamligi effektiv va iqtisodiy asoslangan yashindan saqlagichlar 
yaratilishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Bu talab kuchlanish sinfiga bog‘liq. Kuchlanishi 35 kV 
havo elektr uzatish yo‘llarida izolatsiyaning impuls mustahkamligi ichki o‘ta kuchlanish bo‘yicha
tanlanadi. Lekin bu yashindan uzilishlarni kamaytirish uchun yetarli hisoblanmaydi. Kuchlanishi 
110 kV va undan yuqori kuchlanishdagi liniyalarning impuls mustahkamligi oddiy yashindan 
muhofaza qilish qurilmalari yordamida himoyalashni amalga oshiriladi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling