Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/64
Sana20.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1710691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
energetik matematik masalalari

Nazorat savollari: 
1. O‗zgaruvchilar va ularga qiymatlar berish qanday usulda amalga 
oshiriladi? 
2. Energetika masalalarini algoritmlash va dasturlashtirish o‗zi 
nima? 
3. Operatorlar va funksiyalar nimalardan iborat? 
4. O‗zgaruvchilarning aniqlanishlarini yo‗qotish qanday amalga 
oshiriladi? 
 
2-MA’RUZA 
Matlab dasturlashtirish tizimi bilan tanishish 
 
Reja: 
 
MATLABning imkoniyatlari 
Boshqa dasturiy tizimlar bilan integratsiyalashuvi 
MATLABni ishga tushirish va dialog rejimida ishlash 
Nazorat savollari 
MATLAB versiyalarining imkoniyatlari 
MATLAB asosan quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi: 

matematik hisoblashlar; 


11 

algoritmlarni yaratish; 

modellash; 

ma‘lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish

ilmiy va injenerlik grafikasi; 

ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar. 
 
MATLAB 4.x versiyasining imkoniyatlari 
Matematik hisoblashlar sohasida: 

matritsaviy, vektor va mantiqiy operatorlar;

elementar va maxsus funksiyalar;

polinomial arifmetika;

ko‗p o‗lchamli massivlar;

yozuvlar massivlari;

yacheykalar massivlari.
Sonli usullarni amalga oshirish sohasida: 

differensial tenglamalar;

bir o‗lchamli va ko‗p o‗lchamli kvadraturalarni hisoblash;

chiziqli bo‗lmagan algebraik tenglamalarning ildizlarini 
aniqlash;

bir necha o‗zgaruvchili funksiyalarni optimallash;

bir o‗lchamli va ko‗p o‗lchamli interpolyatsiya.
Dasturlash sohasida: 

500 dan ortiq biriktirilgan funksiyalar;

ikkilik va matnli fayllarni kiritish/chiqarish;

Ci va FORTRANda yozilgan dasturlarni qo‗llash ;

MATLAB amallarini Ci va Ci++ tillaridagi dastur matnlariga 
avtomatik ravishda qayta kodlash;

tipik boshqaruvchi tuzilmalar. 
Vizuallashtirish va grafika sohasida: 

ikki va uch o‗lchamli grafikani yaratish imkoniyatlarining 
mavjudligi;

ma‘lumotlarni vizual tahlil qilishni amalga oshirish. 
Yuqorida keltirilganlarga qo‗shimcha ravishda MATLAB ochiq 
arxitekturaga ega, ya‘ni mavjud funksiyalarni o‗zgartirish va yaratilgan 
xususiy funksiyalarni qo‗shish mumkin. MATLAB tarkibiga kiruvchi
Simulink dasturi real tizim va qurilmalarni funksional bloklardan tuzilgan 
modellar ko‗rinishida kiritib imitatsiya qilish imkoniyatini beradi. 


12 
Simulink juda katta va foydalanuvchilar tomonidan yanada kengaytirilishi 
mumkin bo‗lgan bloklarning bibliotekasiga ega. Bloklarning parametrlari 
sodda vositalar yordamida kiritiladi va o‗zgartiriladi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling