Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


O‘zgaruvchilar va ularga qiymatlar berish


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/64
Sana20.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1710691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
energetik matematik masalalari

O‘zgaruvchilar va ularga qiymatlar berish 
O‘zgaruvchilar — qiymatlari har xil bo‗lgan ma‘lumotlarni saqlovchi 
nomga ega bo‗lgan obyektlardir. Bunday ma‘lumotlarga mos holda 
o‗zgaruvchilar sonli yoki simvolli, vektorli yoki matritsali bo‗lishi 
mumkin. 



MATLAB tizimida o‗zgaruvchilarga ma‘lum qiymatlarni berish 
mumkin. Buning uchun tenglik ishorasi yordamida kiritiluvchi 
o‗zlashtirish amalidan foydalaniladi: 
O‘zgaruvchining_ nomi=ifoda 
O‗zgaruvchilarning turlari oldindan belgilanmaydi. Ular, qiymati 
o‗zgaruvchi tomonidan o‗zlashtiriluvchi ifodaga mos holda aniqlanadi. 
Agar ifoda vektor yoki matritsa bo‗lsa, o‗zgaruvchi ham vektor yoki 
matritsa bo‗ladi.
O‘zgaruvchining nomi (uning identifikatori) amalda cheklanmagan 
uzunlikdagi simvollardan iborat bo‗lishi mumkin, lekin boshlang‗ich 31 
simvol eslab qolinadi va identifikatsiya qilinadi. Har qanday 
o‗zgaruvchining nomi boshqa o‗zgaruvchilarning, funksiyalarning va tizim 
protseduralarining 
nomi 
bilan 
bir 
xil 
bo‗lmasligi 
kerak. 
O‗zgaruvchilarning nomlari harf bilan boshlanadi va o‗z ichiga harflar
raqamlar, ta‘kidlash simvoli (satr osti chizig‗i) _ ni olishi mumkin. Faqat 
o‗zgaruvchining nomida probellar maxsus belgilar, masalan +, ., -, *, / va 
h.k. bo‗lmasligi kerak. O‗zgaruvchilar odatdagi ko‗rinishda yoki 
indekslangan, ya‘ni vektor va matritsalarning elementlari bo‗lishi mumkin. 
Simvolli o‗zgaruvchilar ham ishlatilishi mumkin, bunda simvol qiymatlar
apostroflar ichiga olinadi, masalan s='Demo‗.
 
O‘zgaruvchilarning aniqlanishlarini yo‘qotish 
O‗zgaruvchilar kompyuterning xotirasida ishchi soha (workspace) deb 
ataluvchi ma‘lum joyni egallaydi. Ishchi sohani tozalash uchun har xil 
shakldagi clear funksiyasidan foydalaniladi, masalan: 

clear — hamma o‗zgaruvchilarning aniqlanishlarini o‗chiradi;

clear x — x o‗zgaruvchining aniqlanishlarini o‗chiradi;

clear a, b, s — a, b, s o‗zgaruvchilarning aniqlanishlarini o‗chiradi.
Aniqlanishlari o‗chirilgan o‗zgaruvchi noaniq bo‗lib qoladi va 
keyinchalik undan foydalanishga harakat qilinsa xato to‗g‗risida axborot 
chiqadi, 
masalan: 
» x=2*pi
x = 
6.2832 
» V=[l 2345]
V = 
12345



» MAT 
??? Undefined function or variable 'MAT'.
» MAT=[1 2 3 4; 5 6 7 8]
MAT= 
1234 
5678
» clear V
» V
??? Undefined function or variable 'V'. 
» clear
» x 
??? Undefined function or variable 'x'. 
» M 
??? Undefined function or variable 'M'. 
Avval tanlab V o‗zgaruvchining o‗zi, keyin esa parametrsiz clear 
buyrug‗i yordamida qolgan hamma o‗zgaruvchilarning aniqlanishlari 
o‗chirilganligiga e‘tibor bering.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling