Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti energetikaning matematik masalalari


Boshqa dasturiy tizimlar bilan integratsiyalashuvi


Download 1.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/64
Sana20.10.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1710691
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
energetik matematik masalalari

Boshqa dasturiy tizimlar bilan integratsiyalashuvi 
Keyingi 
yillarda 
loyihachilar 
matematik 
tizimlarning 
integratsiyalashuviga va ulardan birgalikda foydalanishga katta e‘tibor 
bermoqdalar. Murakkab matematik masalalarni bir necha tizimlar 


16 
yordamida yechish eng yaxshi va mos vositalarni tanlash imkoniyatini 
beradi va olinadigan natijalarning ishonchliligini orttiradi. 
MATLAB tizimi bilan keng tarqalgan matematik tizimlar ( Mathcad, 
Maple V va Mathemati) integrallashuvi mumkin. Matematik tizimlarni 
zamonaviy matnli protsessorlar bilan birlashtirishga intilish ham mavjud. 
Masalan, MATLAB yangi versiyalarining vositasi — Notebook — Word 
95/97/2000/XR matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning kerakli 
joylariga MATLAB hujjatlari va sonli, jadval yoki grafik ko‗rinishdagi 
hisoblash natijalarini qo‗yish imkoniyatini beradi. Natijada ―jonli‖ elektron 
kitoblarni tayyorlash mumkin. Ularda namoyish qilinayotgan misollarni 
operativ tarzda o‗zgartirish mumkin. Masalan, boshlang‗ich shartlarni 
o‗zgartirib, masalani yechish natijalarining o‗zgarishini kuzatish mumkin. 
MATLAB 6 da grafiklarni Microsoft PowerPoint slaydlariga eksport 
qilishning takomillashgan vositalari ham ko‗zda tutilgan. 
MATLABda tizimni kengaytirish masalalari maxsus kengaytirish 
paketlari - Toolbox asboblar to‗plami yordamida hal qilinadi. Ularning 
ko‗plari boshqa dasturlar bilan integratsiyalashuv uchun maxsus 
vositalarga ega. MATLAB tizimi bloklar ko‗rinishida berilgan, dinamik 
tizim va qurilmalarni modellash uchun yaratilgan Simulink dasturiy tizimi 
bilan 
ham 
integratsiyalashgan. 
Vizual-yo‗naltirilgan 
dasturlash 
prinsiplariga asoslangan Simulink murakkab qurilmalarni yuqori aniqlikda 
modellash imkoniyatini beradi. 
O‗z navbatida boshqa ko‗plab matematik tizimlar, masalan, Mathcad 
va Maple MATLAB bilan obyektli va dinamik bog‗lanishi mumkin. 
Natijada ular MATLABdagi matritsalar bilan ishlashning effektiv 
vositalaridan foydalanishlari mumkin. Kompyuter matematik tizimlarining 
bunday integratsiyalashuv tendensiyasi shubhasiz keyinchalik ham davom 
etadi. 

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling