Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
8.2-rasm. Burg‘i qudug‘i og‘zida shlamni yig‘ish uchun mo‘ljallangan qurilma
sxemasi. 1-tarnov; 2-birinchi quti (to‘siqsiz); 3-tarmoq; 4-shlam uchun quti; 5-oqim novi; 6-bak. Kolonkali burg„ilashda namunaning uzunligi ma‟danlanishning harakteri va uning qalinligiga bog„liq. Zarbali aylanma burg„ilashda foydali qazilmaning mastahkamligiga qarab namnunalar burg„ilash quduqlari, burama trubka (zmeyevik) yoki jelonkada olinadi. Burg„ilash qoshiqlari foydali qazilmalarning omonat zonalarida, masalan, kvarsli va boshqa qumlarni o„lchamlariga ko„ra uncha katta bo„lmagan qo„shilmalari mavjud bo„lgan qo„ng„ir temirtoshli qumoqlarni va boshqa tog„ jinslarini qidirishda qo„llaniladi. Namuna materali avvaldan quritilgan alohida qazish joylaridan olinadi. - 74 - Gillar va gilsimon materiallar namunalari burma trubkada olinadi. Burma trubkadan olingan namuna burg„i loyidan qirtishlab tozalanadi va quritiladi, foydali qazilma sifati o„zgarib turganda bir necha marta olingan materialni bitta umumiy namunaga birlashtirish mumkin emas. Foydali qazilma jelonka bilan qazib olinganda namuna odatda suyuq burg„i loyidan iborat bo„ladi. Bu loy bakga quyiladi. Loy tugagandan keyin suvi to„kiladi. Cho„kindisi pechda yoki quyoshda quritiladi. Zarbali arqonli va rotorli burg„ilashda namuna bo„lib quduq tubidan yoki pnevmatik jelonka bilan ko„tariladigan burg„i loyi xizmat qiladi. Burg„i qudug„i devoridan arqon bilan ma‟dan metarialining qirib olinishi hisobiga namunalarning boyishini yoki kambag„allashishini oldini olish uchun burg„i qudug„ini mustah- kamlovchi quvurlar bilan mahkamlanadi. 1 m.dagi quduq namuna massasi burg„i qudug„ining diametriga ko„ra 45 kg.dan 220 kg.gacha o„zgaradi. Dastlabki namu- nalarnning katta massasi va ma‟dan materialining doloto bilan nisbatan kuchli maydalanishi burg„i qudug„ida bevosita namuna qisqartirish imkoniga va zaruri- yatiga sabab bo„ladi. Buning uchun shlam qabul qiluvchi qutilardan foydalaniladi. Ulardan namunalar qo„lda namuna olgichlar yordamida olinadi. Namunalashda xatoga yo„l qo„ymaslik uchun namunalarning haqiqiy og„irliklariga e‟tibor berish kerak. Eski to„kilmalardan namuna olish ulardagi foydali komponentlarni aniqlash va ajratib olish imkonini belgilash maqsadida amalga oshiriladi. To„kilmalarning sifat tarkibini to„g„ri baholash uchun uni shurflar, burg„i quduqlari bilan unchalik katta bo„lmagan qalinlikda esa ariqlar (zovurlar) bilan qidiriladi. Bunda asosan yalpi usul bilan namunalanadi. Shu bilan birga shurflardan namunalar har yarim metrdan olinadi. Keyin ular foydali qazilma harakteriga ko„ra kvartlash yo„li bilan ma‟lum bir massagacha (30-150 kg.gacha) qisqartiriladi. Bo„shoq tog„ jinslari to„kilmalari (masalan, boyitish fabrikalarining shlamlari) agar ularning qalinligi 3-4 m.dan oshmasa, burg„i-shup bilan namunalanadilar. Namunalarning soni va ularning joylashish sistemasi har bir muayyan holatdan kelib chiqib aniqlanadi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling