Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Namuna olishning yalpi usuli ma‟dan tanalarida foydali komponent juda ham 
notekis taqsimlangan va kimyoviy namunalashning yuqorida ta‟riflangan usullari 
qoniqarli natijalar bermaganda (oltinning, platinaning, noyob metallarning ba‟zi 
ma‟dan konlari, harsangsimon temir ma‟danlari, metalli konglomeratlar, asbest va 
slyuda konlari) qo„llaniladi. Bu usulda quduq o„tilayotganda qazib olingan barcha 
ma‟dan massasi namunaga qo„shiladi. Ba‟zan namuna hajmi vagonetkalar soniga 
nisbatan bir necha bor qisqartiriladi. 
Juda ham tekis va bir maromda ma‟danlanish sharoitlarda konlardan 
olinadigan yalpi namunalar soni 6-8 ta, notekis ma‟danlanishda 15-20 ta, juda ham 
notekis va o„ta notekis ma‟danlanishda 30-40 ta bo„lishi kerak. 
Namuna olishning yalpi usuli juda ko„p miqdorda foydali qazilmalarni talab 
qilinadigan texnologik hamda foydali qazilma va qamrovchi tog„ jinslarining fizik-
mexanik xususiyatlarini (hajmiy massasi, g„ovaklilik, bo„lakdorlik, bo„shoqlanish 
koeffitsiyenti) sinashda juda katta ahamiyatga ega. 
Namunalash ishlari amalga oshirilganda ularning orasidagi masofa ma‟dan 
tanalarini chegaralashda muhim ahamiyatga ega. Ma‟dan tanasi yo„nalishiga 
ko„ndalang o„tuvchi inshootlarda namunalar foydali qazilma tanasi qalinligidan 
uzluksiz olinadi. Ma‟dan tanalari yo„nalishi va yotishi bo„yicha o„tiluvchi 
inshootlarda namunalar biror oraliq orqali olinadi. 
Namunalar orasidagi masofa ma‟danlashish tekisligi darajasiga bog„liq. 
Ma‟danlanish qanchalik notekis bo„lsa, intervallar shuncha kam bo„lishi kerak. 
Aksincha ma‟danlanish bir maromda tekis bo„lsa, namunalar orasidagi masofa 
katta bo„lishi mumkin (8.1-jadval). 
Ma‟dan 
tanalaridagi 
komponentlar 
tarqalishining 
qonuniyatlarini 
oydinlashtirish uchun variatsiya egri chiziqlarini tuzishga murojaat qilinadi. 
Variatsiya (V) koeffitsiyentining hisoblangan qiymatlari ushbu konni davlat zaxira 
komissiyasi tasnifiga oid guruhlardan biriga kiritish asoslaridan biri bo„lib xizmat 
qiladi va shuningdek, namunalar orasidagi taxminiy masofani aniqlaydi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling