Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Namunalarni yuvish. Sochmalardagi qumlarning namunalariga boshqa foydali 
qazilmalarning namunalaridan farqli ravishda suvda yuvish yo„li bilan shlix 
olgunga qadar (ya‟ni og„ir mineral konsentrati olinguncha) ishlov beriladi. Olingan 
shlix tadqiq qilish uchun laboratoriyaga yuboriladi. 
Namunalarni yuvish uchta ketma-ket bajariladigan operatsiyalardan iborat:
1) loyqadan tozalash - gilli materialdan va yirik bo„laklardan ajratish; 2) solishtir-
ma og„irligi uncha katta bo„lmagan minerallarning mayda zarrachalarini yuvib 
tashlash; 3) namunada qolgan yengil materialdan og„ir minerallarning uzil-kesil 
ajratish. 
Tarnovda yuvish. Qisqa tomonlaridan birining tog„ jinsi bilan yarmigacha 
(yoki biroz ko„proq) to„ldirilgan tarnov suvga qisman qiya holatda joylashtiriladi. 
Tarnovdagi tog„ jinslari aralashtiriladi, qo„l yoki qoshiq yordamida loyqalashtiri-
ladi. Bunda yengil zarrachalar suv bilan yuvilib ketadi. Og„ir ma‟dan minerallari 
tubda cho„kadi. Shag„al toshlarning ustki qoplami tarnovdan ehtiyotkorlik bilan 
qoshiqda olib tashlanadi. Gilli materialdan tozalangach yuvuvchi tarnov qo„lga 
olinadi va aylanma hara-katlar bilan silkitilib, biroz qiya holatda suvga botirib “kul 
rang” (kassiterit, sirkon, olmos) yoki “qora” (oltin, platina) shlix olinguncha 
yuviladi. 
Cho„michda yuvish tarnovdagi yuvish kabi amalga oshiriladi. Osiyo cho„mi-
chining hajmi 6-8 kg. bo„lgani uchun undan faqat izlash ishlarida foydalaniladi. 



83

Agar namunalar katta hajmda bo„lsa, ular butarada yoki vashgerdda yuviladi. 
Butaralarning bir necha konstruksiyalari mavjud. Og„ir minerallarning to„liq 
tutilishiga tog„ jinslarining Nedelyayev butarasida yuvilishida erishish mumkin. 
Namunalarni butaralarda yuvishda quyidagilar tavsiya qilinadi: 1) shlix biror 
qismining doimo yo„qotilishi bilan birga kechadigan konsentratni haddan tashqari 
ko„p yuvishdan ehtiyot bo„lish kerak; 2) shag„al toshdagi loylarni yaxshilab yuvish 
zarur; 3) yuvish bilan birga parallel holatda elakdan olingan shag„al toshni yaxlit 
va aglomerativ yirik ma‟dan materiali yo„qolishining oldini olish uchun qo„lda 
saralashni amalga oshirish kerak; 4) tog„ jinsini suvga bir tekisda cho„ktirish kerak; 
5) suvni bir tekisda quyish kerak. 
Namunalarga tarnov, cho„mich, vashgerd va butara yordamida ishlov berish 
asosan bajaruvchilarning malakasi va mehnatsevarligiga bog„liq. Tajribasi kam 
bo„lgan yuvuvchilarda foydali qazilma minerallarning yo„qotilishi, ayniqsa 
ularning zichligi uncha katta bo„lmaganda (4,5-5,5) 40-50 % ga yetadi. Qalay 
izlanganda tarnovlarda namunalarni qo„lda yuvishda kassiteritning, ayniqsa mayda 
fraksiyalarning yo„qotilishini e‟tiborga olish kerak. Shuning uchun hozirgi paytda 
sochmalarning namunalariga ishlov berishda mexanizatsiyalashgan boyitish 
qurilmalari qo„llaniladi. 
Tarnovda, cho„michda, vashgerdda yoki butarada yuvilish natijasida olingan 
shlixlar yig„iladi, quritiladi va qog„oz paketchaga to„kiladi. Bu paketchalarga 
yorliq yopishtiriladi. Shlixli namunalar solingan paketchalar shlix laboratoriyasiga 
keyingi ishlov berish uchun yuboriladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling