Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Sochmalarni namunalash. Shurflar o„tish jarayoni va bu jarayon tugaganidan
so„ng namunalanadilar. Shurfni o„tishda ayrim gorizontal qatlamlar tog„ jinslari shurf atrofidagi tozalangan maydonchaga joylashtiriladi. Ular soat strelkasi bo„yi- cha, uyumlar orasida ochiq joylar qoldirilib joylashtiriladi. Qidirish inshootlarini chuqurlashtirishning qabul qilingan standarti yoki “namunalash intervali” 0,2 m.ni (0,5 m.li dragalar qo„llanilganda) tashkil qiladi. - 81 - Yuviladigan namunalar doimiy hajmga ega bo„lishi kerak. Hajmni o„lchash uchun cho„zinchoq tog„orasimon qutilar - yuqori qismi 60x30 sm., tag qismi 50x20 sm., balandligi 17 sm. bo„lgan yendovkalar qo„llaniladi. Tog„ jinsining yumshoq- ligini e‟tiborga olgan holda hisob-kitoblarda yendovkaning hajmi 0,02 m 3 . ga teng deb qabul qilingan. Har bir uyumning turli nuqtalaridan bir-ikki yendovka tog„ jinslari olinadi va ularning har biri alohida yuviladi. Yuvishning dastlabki va yalpi xillari mavjud. Namunani cho„michli yoki novli yuvish natijalari dastlabki natijalar deb hisoblanadilar va uzil-kesil xulosalar uchun ko„pincha uyumdagi hamma materialning vashgerdlar, butarlardagi yoki boshqa boyitish qurilmalaridagi yuvish natijalaridan foydalaniladi (yalpi usul). Shurflardagi sochmalarni namunalashdagi jo„yak usuli yuqorida ta‟riflangan namuna olish usuli noqulay bo„lganda (xususan portlatish ishlaridagi o„tishda) qo„llaniladi. Jo„yaklar shurf devorlari bo„ylab joylashadilar (ikkita jo„yak-bittadan ikkita qarama-qarshi devorlarda; yoki to„rtta jo„yak-har bir devorda bittadan). Jo„yak kesimi bitta namunani tashkil qiluvchi jo„yaklarning uzunligi va miqdori bilan, shuningdek 30-60 kg.dan kam bo„lmagan namuna massasi bilan aniqlanadi. Oltin sochmalarini qidirishda namuna uzunligi 0,2 m.ga teng deb qabul qilinadi. Kassiterit va volframit sochmalarini namunalashda yarim va bir yetrli namunalar olinadi. Qidirish ishlarining boshlang„ich bosqichlarida, qumlar va torflar qalinligi va tarqalishining chegaralarini belgilashda kichik namunalar, xususan 0,2 m.li namunalar juda zarur. Sochmalarni burg„ilashda namunalash vazifasi burg„i qudug„idan olingan qum ustunini va undan olinadigan qimmatbaho materialning (mineralning) aniq o„lchamlarini topishdan iborat. Foydali qazilma turiga ko„ra 1 m 3 dagi metallning tarkibi (miqdori) kilogrammlarda, grammlarda va milligrammlarda aniqlanadi. Mahsuldor yotqiziqlarni o„tishdagi namunalash intervali 0,5.m. Bo„shoq tog„ jinslarida ular 1 m.dan oshishi mumkin. Sochma tubini (plotikini) namunalash majburiydir. Burg„i qudug„idan qo„lda zarbali aylanma burg„ilash bilan olingan namunaning haqiqiy hajmi uzunligi 0,8 m., ichki kengligi va ichki balandligi mos ravishda 0,1 va 0,13 m. bo„lgan o„lchov qutisida o„lchanadi. Quti yog„och taxtalardan yoki 2-3 mm.li temirdan (tunukadan) tayyorlanadi. Qutining to„rtinchi devori bo„lib, yo„naltiruvchilarga vertikal harakatda qutini ochib yopishi mumkin bo„lgan surilma xizmat qiladi. Qutiga unga zich kiruvchi 0,1 x 0,13 x 0,05 m. hajmdagi yog„och taxtacha qo„llaniladi. Qutining uzun tomonida santimetrlardagi shkala qayd qilingan. Namunali jelonka yukdan bo„shatilgandan so„ng o„lchov qutisining qurilmasi ko„tariladi va suvga tushiriladi. Namuna taxtacha bilan qutining orqa devoriga parallelepiped hajmida (shaklida) to„dalanadi. 130 kvadrat sm.ga teng qutining ichki kesimi tog„ jinsining bo„shoqlanish koeffitsiyenti - 1,3 ni hisobga olgan holda 100 sm 2 . deb qabul qilinadi. Unda qutining uzun tomonidagi har bir santimetri 100 sm 3 . ga teng bo„lgan bo„shoqlanmagan holatdagi tog„ jinsi hajmini aniqlaydi. Namunaning haqiqiy hajmi surilma taxtachaning o„lchov qutisining uzun tomonidagi holatiga ko„ra aniqlanadi. Santimetrdagi sanoqga ikkita nol qo„shib namunalarning kub santimetrlardagi haqiqiy hajmi aniqlanadi. - 82 - O„lchov silindri o„lchashlar uchun juda qulay hisoblanadi. Uzunligi 40 sm. va ichki diametri 13 mm. bo„lgan quvur qismi 100 sm 2 li kesimga ega. Silindrning yuqori qismiga keng voronka, quyi uchiga esa sharnirda ochiluvchi, ajratib olinib qaytadan quyiluvchi tub kiydiriladi. Mustahkamlik uchun silindrga uchta-to„rtta oyoqchalar ulanadi. Silindrdagi tog„ jinsi ustunining 100 ga ko„paytirilgan sm.dagi balandligi uning kub sm.lardagi hajmini beradi. Mexanik zarbali-arqonli burg„ilashda tog„ jinsining haqiqiy hajmi qalin tunukadan tayyorlangan, uzunligi 1,5-2 m. bo„lgan qiya novli o„lchov qutisida aniqlanadi. Qutining o„lchamlari quyidagicha: kesimi 0,2x0,2 m., balandligi 0,4 m. Novning yuqori chekka devorida yukdan ozod bo„lgan jelonkani joylash uchun kesik qilinadi. Quyi chekka devorida surilma bilan berkitiladigan deraza qo„yiladi. Jelonka tozalangandan keyin hamma tog„ jinslari nov bo„ylab deraza orqali o„lchov qutisiga tushadi. Qutining to„lish balandligi santimetrli shkalasi mavjud bo„lgan sterjen bilan aniqlanadi. Jelonkaning har bir ko„tarilishidagi namunalashning borishini nazorat qilish haqiqiy kattaliklarni (qiymatlarni) mos ravishda nazariy kattaliklar (qiymatlar) bilan qiyoslash yo„li bilan amalga oshiriladi. Burg„ilashda namunalashning ishonchli natijalarini olish uchun: 1) burg„i uchiga nisbatan mustahkamlovchi quvurlar frezeridan biroz o„zib ketishi hisobiga burg„i quduqlarini mustahkamlash; 2) quvurlarning siljishini va quvurlardagi tog„ jinslari ustunining balandligini dastlabki burg„ilashgacha ancha aniq qayd qilish mumkin; 3) cho„zilgan tog„ jinslari hajmini batartib o„lchash; 4) burg„i quduqli yerlardan o„tilgan shurflarni namunalash bilan namunalash haqqoniyligini nazorat qilish zarur. Bunday shurflarning soni burg„ilashdagi namunalashning aniqligi to„g„risidagi xolis fikr uchun yetarli bo„lishi kerak. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling