Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Burg„i quduqlari. Burg„i qudug„i - yer po„stidagi nisbatan katta uzunlikdagi
ko„ndalang kesimda uncha katta bo„lmagan o„lchovga ega silindr shaklidagi inshoot (10.1-rasm, a). Burg„i qudug„i boshi “og„iz (bo„g„iz)”, tubi “qazish joyi”, yonbosh yuzasi “devorlar” deb ataladi. Burg„i qudug„ini tavsiflovchi asosiy elementlar: diametr, chuqurlik, yo„nalish. Burg„i qudug„ining diametri tog„ jinsini yemiruvchi asbobning tashqi diametri bilan, agar u mustahkamlovchi quvurlar bilan mahkamlangan bo„lsa, shu quvurlarning ichki diametri bilan aniqlanadi. Qattiq foydali qazilmalar konlarini qidirishda burg„i quduqlari 26-171 mm. diametrda 1500-2000 m.gacha va undan ortiq chuqurlikgacha burg„ilanadi (10.1- jadval). Vazifasiga ko„ra qidirish, ekspluatatsiya va yordamchi burg‘i quduqlari ajratiladi. Qidirish burg„i quduqlari foydali qazilmalarning hamma turlarini izlash- da va qidirishda qo„llaniladi. Ular burg„ilanayotganda kernni olish majburiydir (kolonkali bug„ilash). Ekspluatatsion burg„i quduqlari neft, gaz va boshqa foydali - 90 - qazilmalarni sidirg„a qazishda burg„ilanadi. Yordamchi burg„i quduqlari qurilish- da, gidrogeologik va muhandisgeologik, seysmik qidirishlarda, foydali qazilma konlarini o„zlashtirishga tayyorlashda (portlash burg„i quduqlari) va boshqa turli maqsadlar uchun o„tiladi. Ular sidirg„a qazish yo„li bilan burg„ilanadi. Burg„i quduqlari gorizontal yuzaga nisbatan har qanday burchak ostida yer osti tog„ inshootlaridan o„tiluvchi tik inshootlardan gorizontal inshootlargacha va yer osti inshootlaridan yuqoriga qarab o„tiladigan inshootlargacha burg„ilanadi. Burg„i qudug„ining yer po„stidagi o„rni zenit va azimut burchaklari qiymatlari bilan aniqlanadi (10.1-rasm, b). a) b) 10.1-rasm. Burg‘i qudug‘i va uning elementlari. a).1-burg‘i qudug‘i o‘qi; 2-burg‘i qudug‘i og‘zi (bo‘g‘zi);3-burg‘i qudug‘ini qazish joyi; 4-burg‘i qudug‘i devorlari; 5-burg‘i qudug‘i devorlari uchastkalari (mustahkamlovchi quvurlar bilan mahkamlangan); d 1 , d 2 , d 3 -burg‘i qudug‘i stvolining diametri; L-burg‘i qudug‘i chuqurligi; b). γ-zenit burchagi; α-azimut burchagi; h-qiyalik burchagi (h=900). Burg„i qudug„i o„qi bilan vertikal orasidagi burchak zenit burchagi deb ataladi. Burg„i qudug„i o„qi bilan gorizontal orasidagi burchak burg„i qudug„ining Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling