Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Namunalash va tahlillar nazorati. Nazorat maqsadidagi namunalash
namunalarni olish jarayonida amalga oshiriladi. Burg„i quduqlarini burg„ilashda namuna olishni nazorat qilishning vazifasi bu jarayonning xatolarining o„ziga xosligini (tasodifiy yoki doimiy) aniqlashdan iborat. Doimiy xatoliklar (kernning tanlanib yedirilishi, shlamni va loyqani namunalashdagi buzilishi hisobiga) aniqlangan holatda nazorat namunalaridagi komponent o„rtacha miqdorining nazorat qilinayotgan namunalaridagi uning o„rtacha miqdoriga bo„lgan nisbatidan iborat tuzatma koeffitsiyenti belgilanadi. Burg„ilashda namuna olishning to„g„riligini nazorat qilish burg„i quduqlari bilan tutash tog„-kon inshootlaridagi ma‟dan tanalarini namunalash yo„li bilan amalga oshiriladi. Nazoratdagi tog„-kon inshootining o„tilishini istisno qiluvchi chuqur burg„ilashda nazorat ma‟danli kernda namuna olishning boshqa usullari bilan amalga oshiriladi. Tog‘ inshootlaridagi namuna olishni nazorat qilish konda namuna olishning qabul qilingan usulida olingan ehtimoliy xato qiymatini belgilash uchun eng ishonchli usullardan biri bilan amalga oshiriladi. Nazorat maqsadidagi namunalash natijalari asosiy namunalash natijalari bilan doimiy xatoni aniqlash uchun qiyoslanadi. Uni bartaraf qilishning imkoni bo„lmaganda qabul qilingan namunalash usuli boshqasi bilan almashtiriladi. Namunalarga ishlov berishni nazorat qilish. Namunalarga ishlov berishda odatda tasodifiy xatolar paydo bo„lishi mumkin. Sistemali xatolar esa kukunsimon va tuproqsimon ma‟dan minerallari turlarining namunalarda uchragan hollarda kuzatiladi. Umuman, namuna olish va ularga ishlov berish ishlari juda puxtalik bilan yo„riqnomalar talablarini o„z vaqtida, kechiktirmay bajarishni talab qiladi. Kimyoviy tahlillar sifatini nazorat qilish. Namunalar kimyoviy tahlilining sifati doimo tekshiriladi. Tasodifiy xatoliklarni aniqlash uchun ichki nazorat o„tkaziladi, ya‟ni shifrlangan namunalar qayta tahlil qilinadi. Nazorat tahlillari ma‟lum vaqt oralig„ida (har oyda, yilning har choragida) o„tkaziladi. Masalan, kimyoviy tahlilda namunalar soni yiliga 1500-2000 va undan ortiq bo„lganda ichki nazoratga namunalarning 3-5 % yuboriladi. Namunalashning - 88 - uncha katta bo„lmagan hajmida nazorat tahlillarining soni kamida 30-50 ta bo„lishi kerak. Undan yuqori xatoliklarda tahlil sifati qoniqarsiz hisoblanadi. Laboratoriya ishidagi asosiy, doimiy xatoliklarni aniqlash va bartaraf qilish uchun boshqa laboratoriyalarda ushbu tahlillarining tashqi nazorati o„tkaziladi. Bunday nazorat bir yilda kamida 2 marta namunalar umumiy sonining 3-5 % hajmida amalga oshiriladi. Uncha katta bo„lmagan hajmdagi namunalashda esa nazoratga kamida 30-50 ta namuna yuboriladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling