Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

qiyalik burchagi deb ataladi. 
Gorizontal yuzada burg„i qudug„i o„qidan o„tuvchi tog„ kompasi strelkasi 
yo„nalishi (N-3) bilan gorizontal yuzaga tushuvchi burg„i qudug„i o„qi 
proyeksiyasi orasidagi o„lchanadigan burchak azimut burchagi deb ataladi. 
Qidirish burg„i quduqlari asosan zarbali, aylanma va zarbali-aylanma burg„ilash 
usullari bilan burg„ilanadi. 
Zarbali burg„ilash. Tog„ jinsi yemiruvchi asbob-dolotoli og„ir burg„ilash 
snaryadi tog„ jinsini maydalab, parchalab, davriy ravishda ko„tariladi va quduq 
tubiga irg„itadi. Maydalovchi snaryad burg„i qudug„iga po„lat arqonda, burg„i 
shtangalari kolonkalarida tushiriladi. Shunga mos ravishda zarbali-arqonli, zarbali-
shtangali burg„ilash farqlanadi. 



91

Aylanma burg„ilash. Tog„ jinsi yemiruvchi asbob burg„ilash shtangalari 
kolonkasi orqali yetakchi mexanizm yordamida aylanadi. Tog„ jinsining sidirg„a 
qazish bilan yemirishida (hamma qazish maydoni bo„yicha) yoki halqali qazish 
bilan (burg„i qudug„i markazida yemirilgan tog„ jinsining kolonnasi (kern) 
qoldirib) amalga oshiriladi. Burg„ilashning bunday usuli kolonkali burg„ilash deb 
ataladi. Kern yuzaga chiqariladi va o„rganiladi. 
Kolonkali burg„ilash halqa shaklida kolonkalar yordamida tog„ jinsi 
maydalovchi material sifatida qattiq qatlamli keskilar, olmos donalari va burg„i 
maydalagichlari (cho„yandan, po„latdan yasalgan) qo„llanilib amalga oshiriladi. 
Shunga mos holda kolonkali burg„ilashning qattiq qotishmali, olmosli va pitrali 
turlari ajratiladi. Kern olish uchun burg„ilashda ham halqali sharoshkali dolotolar 
qo„llaniladi. Zarbali-aylanma burg„ilashda sekin aylanuvchi tog„ jinsi yemiruvchi 
asbob bilan quduq tubiga ketma-ket zarbalar beriladi. Buning natijasida o„rtacha va 
yuqori qattiqlikdagi tog„ jinslarida yemirilish samarasi aylanma burg„ilashga 
nisbatan yuqori bo„ladi. Biroq bu holatda burg„ilash kernni olmosdan sidirg„ali 
qazish bilan amalga oshiriladi. Bu usul bilan burg„ilashda maxsus mexanizmlar: 
gidroperforator, 
pnevmozarbalagich, 
magnitostriktor, 
qazish 
vibratorlari 
qo„llaniladi. 
Burg„ilashda amaliy jihatdan tog„ jinslarini yemirilishining quyidagi fizik 
usullari: termik (bunda burg„i qudug„iga tushiriluvchi benzo-havoli gorelkadan 
2000
0
-3000
0
S haroratli alanga oqimi quduq tubiga yo„naltiriladi va kristallik tog„ 
jinslarining jadal yemirilishi sodir bo„ladi), portlatish (yemirish quduq tubiga 
uzatiluvchi portlovchi modda yordamida amalga oshiriladi), gidravlik
gidromonitoringli (quduq tubiga katta bosim ostida suyuqlik oqimi berish) usullari 
qo„llaniladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling