Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

10.2-rasm. Burg‘ilash quduqlari boyicha geologik qirqim 



95

Kolonkali quvurlarning diametri ularni burg„ilash maqsadlari va tog„ jinsi 
yemiruvchi asbob tipiga bog„liq. Sohaga oid me‟yoriy hujjatlarda koronkalarning 
quyidagi diametrlari ko„zda tutilgan (mm.da): 
1) Olmosli koronkalar - 26, 35, 46, 59, 76, 93, 112. 
2) Qattiq qotishmali koronkalar - 35, 46, 59, 76, 93, 112, 132, 151, 171. 
3) Pitrali koronkalar - 75, 91, 110, 130, 150. 
Muhandislik-geologik va gidrogeologik ishlarda kolonkali usul bilan 400-1500 
mm.li diametrdagi shurfsimon burg„i quduqlari o„tiladi. Kolonkali burg„ilash 
uchun qurilmalar transport samaradorligiga ko„ra statsionar, ko„chma va o„ziyurar 
qurilmalarga bo„linadilar. Borish qiyin bo„lgan rayonlarda ishlash uchun kichik 
og„irlikdagi tugunli yig„ma qurilmalar qo„llaniladi. Ular ishchi kuchi yordamida 
qo„l bilan sudrab yoki hayvonlar kuchi yordamida tashiladi. 
Burg„i stanogidan, burg„i qudug„ini yuvish uchun nasosdan va ularga oid kuch 
uzatgichdan iborat asbob-uskuna kompleksi, burg„ilash agregati deb ataladi. 
An‟anaviy qo„llaniladigan burg„i agregatlarining tiplari 10.1-jadvalda keltirilgan. 
Amaliy ishni bajarish tartibi 
Bunda barcha talabalar o„zlariga berilgan variant asosida burg„ilash 
quduqlarini hujjatlashtiradi va ularning ma‟lumotlaridan foydalanib tog„ 
jinslarining chegaralarini belgilagan holda geologik qirqim tuzadi (10.2-rasm). 
So„ngra maqsadga ko„ra burg„ilash quduqlarida namunalash ishlarini rejalashtiradi. 
Yani namuna olish usuli, turi va namunalarni laborator tahlildan o„tkazish 
usullarini mustaqil ravishda tanlaydi. Namunalarga ishlov berish va tahlildan 
o„tkazish uchun ularning umumiy ro„yxatini shakllantiradi. Misol tariqasida 18-
variantning burg„ilash quduqlaridan olingan geologik qirqim bilan tanishamiz. 
Nazorat savollari: 
 
1. Geologik kesimlar, qirqimlar qachon va nima maqsadda olinadi? 
2. Geologik kesma yo‘nalishini tanlash deganda nimani tushunasiz? 
3. Kesmaning gorizontal va vertikal miqyoslarini tanlash deganda nimani 
tushunasiz? 
4. Burg‘i quduqlari qachon va nima maqsadda o‘tiladi? 
5. Qidirish, ekspluatatsiya va yordamchi burg‘i quduqlarining farqini ayting. 
6. Zarbali burg‘ilash qanday amalga oshiriladi? 
7. Aylanma burg‘ilash qanday amalga oshiriladi? 
8. Qo‘lda bajariladigan zarbali-aylanma burg‘ilash qanday amalga 
oshiriladi? 
9. Shnekli burg‘ilash qanday amalga oshiriladi? 
10. Titrama burg‘ilash qanday amalga oshiriladi? 
11. Murakkab burg‘ilash deganda nimani tushunasiz? 
12. Kolonkali burg‘ilash deganda nimani tushunasiz? 
 
 



96


Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling