Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Botirish usuli bilan burg„ilash.
- Zarbali arqonli mexanik burg„ilash
- Kolonkali burg„ilash
Murakkab burg„ilash - uncha chuqur bo„lmagan geologik qidirish, gidrogeo-
logik, muhandis-geologik burg„i quduqlari burg„ilash jarayonida, ko„pincha bitta burg„i qudug„i bilan har xil qattiqlikdagi va mustahkamlikdagi tog„ jinslari kesib o„tiladi. Bunday burg„i quduqlari turli xil usullar bilan burg„i qudug„ini chuqurlashtirish imkonini beruvchi murakkab qurilmalar yordamida burg„ilanadi. LBU-50 tipidagi yengil burg„i qurilmasi chuqurligi 50 m.cha bo„lgan burg„i quduqlarini yumshoq tog„ jinslarida zarbali va shnekli usullar bilan burg„ilash imkonini beradi. Bundan tashqari u diametri 1050 m. va chuqurligi 15 m.gacha bo„lgan shaxta quduqlarini barpo qilish uchun ham qo„llaniladi. Botirish usuli bilan burg„ilash. Bo„shoq tog„ jinslarida grunt olgichni tog„ jinsiga statik botirish prinsipiga ko„ra ishlovchi, o„ziyurar qurilmalarda chuqurligi 24 m.gacha, diametri 62 mm.gacha bo„lgan burg„i quduqlarini burg„ilashi mumkin. Foydali qazilma konlarini izlashda, gidrogeologik tadqiqotlarda va boshqa geologik ishlarda qo„llaniladi. Zarbali arqonli mexanik burg„ilash sochma konlar va rangli metallar xol-xol ma‟danlarining qidirishda, yer osti suvlarini qidirishda va muhandislik-geologik tadqiqotlarda, portlovchi burg„i quduqlarini o„tish uchun foydali qazilma konlarini ochiq o„zlashtirishda, suvni kamaytirish uchun qo„llaniladigan burg„i quduqlarini o„tishda foydalaniladi. Zarbali-arqonli usul bilan chuqurligi 400-500 m., boshlan- g„ich diametri 500-900 mm., so„nggi diametri 150 mm. bo„lgan burg„i quduqlari burg„ilanadi. Kolonkali burg„ilash deganda tog„ jinsning yemirilishi quduq tubining tashqi xalqa qismi bo„ylab, kernni olish esa ichki diametr o„lchamida bo„lgan holda burg„ilash nazarda tutiladi. Qattiq foydali qazilmalarni izlash va qidirish ishlarida burg„ilashning eng keng tarqalgan usuli. Kern - burg„i qudug„idan chiqarib olinadigan yemirilmagan tog„ jinsining dumaloq ko„rinishdagi namunasi (kolonkasi, ustunchasi). Tog„ jinsining yoki foydali qazilmaning moddiy tarkibi, strukturasi va boshqa xususiyatlarini o„rganish uchun foydalaniladigan muhim geologik hujjat hisoblanadi. Kolonkali burg„ilash burg„ilash binosi bilan birgalikdagi minoradan, burg„ilash stanogidan, nasosdan yoki kompressordan va dvigateldan iborat burg„ilash qurilmasi tomonidan amalga oshiriladi. Burg„ilash uchun burg„ilash snaryadidan foydalaniladi. Unga kolonkali to„plam (halqa shaklidagi koronka, kolonka quvuri, quyqa quvuri, kern uzgich, o„tkazgich) va burg„i quduqlari kolonnasi kiradi. - 93 - Kolokali burg„ilash burg„i binosi bilan birgalikdagi minoradan, burg„i stanogidan, nasosdan yoki kompressordan va dvigateldan iborat burg„ilash qurilmasi tomonidan amalga oshiriladi. Burg„ilash qattiq qotishmali keskichlar yoki olmos donalari yoxud burg„i pitrasi (cho„yandan, po„latdan yasalgan) bilan ta‟minlangan halqa shaklidagi koronkalar tomonidan amalga oshiriladi. Qo„llaniladigan koronkalarga ko„ra kolonkali burg„ilashning uchta asosiy turi: qattiq qotishmali, olmosli, pitrali burg„ilashlar farqlanadi. Bundan tashqari, kern olinayotgan paytdagi burg„ilash uchun halqali sharoshkali dolotalar qo„llaniladilar. 10.1-jadval Kolonkali burg„ilash burg„i agregatlarining burg„i quduqlari chuqurligiga ko„ra qo„llaniladigan tiplari Burg„i quduqlari chuqurliklari (m) 25-150 300-650 1200-2000 Gidravlik uzatmali stanoklar (BSK) БСК-2М-100 (ZIF) ЗИФ-300М (ZIF) ЗИФ-1200А (ZTF) ЗТФ – 150А (ZIF) ЗИФ-650А (ZIF) ЗИФ-1200М (1500 m. chuqurlikgacha) (SBA) СБА-800 (800 m. chuqurlikgacha ЗИФ-1200МР (2000 m. chuqurlikgacha) Rangli differensial uzatmali stanoklar (SBUDM) СБУДМ-150-ЗИВ* (ZIV) - - (SBUEM) СБУЭМ-150-ЗИВ** (ZIV) - - Rotorli aylanma o„zi yurar burg„ilash qurilmalari (AVB) АВБ-3100М (URE) УРЕ-2А - (AVB) АВБ-ТМ (TM) (AVB) АВБ-400М (URB) УРБ-ЗАМ (600 m. chuqurlikgacha) (1BA) 1БА-15в (600 m. chuqurlikgacha) - *- yuk avtomashinasi bazasidagi o‘ziyurar qurilmalar. **- kolonkali, titirama, shnekli usullar bilan vertikal va qiya burg‘i quduqlarini burg‘ilash uchun. Qattiq qotishmali koronkalar bilan burg„ilash yumshoq va o„rtacha qattiqlikdagi (burg„ilanuvchanlik bo„yicha I-VII, ba‟zan VIII-IX kategoriyalarda) tog„ jinslarida qo„llaniladi. Olmosli koronkalar va pitralar bilan qattiq va juda mustahkam tog„ jinslarida (burg„ilanuvchanlik bo„yicha VII-XII kategoriyalarda) burg„i quduqlari burg„ilanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling