Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Namunalarni sinash. Konlarni izlash va qidirish jarayonida olingan 
namunalarni sinash quyidagi guruhlarga bo„linadi: 
1. O„rganilayotgan foydali qazilmani tashkil qiluvchi barcha element va mine-
rallar majmualarini tezkor va arzon yo„l bilan aniqlash imkonini beruvchi spektral 
yarim miqdoriy va miqdoriy tahlillar, zarur holatlarda tahlillarning tomchili, 
kolorimetrik, polyarografik, yadroviy-geofizik (neytron, radiometrik va boshqalar), 
atom-absorbsion, mass-spektrometrik usullarini qo„llash. 
2. Kimyoviy laboratoriyalarda foydali komponentlar va zararli aralashmalar-
ning tarkibini aniqlash uchun o„tkaziladigan kimyoviy tahlillar. 
3. Foydali qazilmalarning mineral tarkibini, struktura va teksturasini, donalari-
ning o„lchamlarini belgilovchi mineralogik tadqiqotlar. 
4. Texnologik sinovlar mineral xomashyoga qayta ishlov berilayotganda uning 
texnologik xususiyatlarini o„rganish uchun o„tkaziladi. Ma‟dan konlari uchun 
texnologik namunalar yordamida ma‟danning boyish qobiliyati va metallurgik 
qayta taqsimlanishi aniqlanadi. Shuningdek, bu jarayonlarning eng samarador 
sxemalari ishlab chiqiladi. 
Texnologik namunalarning massasi sinovlar ko„lamiga bog„liq. Laboratoriya 
sinovlari uchun odatda materialning nisbatan uncha ko„p bo„lmagan miqdorlari 
bilan chegaralanadi (50 kg.dan 100 kg.gacha). Yarim sanoat va sanoat sinovlarida 
namunalarning massasi ancha ortadi (sanoat sinovlarida bir necha yuz t.gacha). 
Namunalar olish turli usullar bilan amalga oshiriladi. Biroq ko„pchilik hollarda 
yalpi usul qo„llaniladi. Odatda xomashyoning turli ko„rinishlari uchun texnologik 
namunalarni olish sinov o„tkazuvchi tashkilotlarning tegishli yo„riqnomalari bilan 
aniqlanadi. 
5. Qidirish jarayonida bajariladigan namunalarning texnik sinovi uch guruhga 
bo„linadi. Birinchi guruhga dala ishlari jarayonida amalga oshiriladigan hajmiy 
og„irlik, namlik, ba‟zan g„ovaklilikni aniqlash kiradi. 



87

Ikkinchi guruhga ma‟danning bo„lakdorliligi, yumshalish koeffitsiyenti, qattiq-
ligi, g„ovakligi, qayishqoqligi, ezilishga qarshiligi, ivish va ko„pchish darajasi 
(bo„shoq, gilli ma‟danlar uchun) va boshqalarning ta‟riflari mansub. Bunday 
sinovlar mahsus laboratoriyalarda bajariladi. Ular uchun namunalar laboratoriya-
larning ko„rsatmalariga asosan olinadi. 
Uchinchi guruhni mineral xomashyoning har bir turi uchun alohida sinovlar 
(optik kristallarning shaffofligi, abrazivlarning qattiqligi; marmar alohida yoriqli-
likga va sayqallanish darajasiga ko„ra, zina, yo„lka, ko„prik uchun tayyorlanadigan 
toshlar yeyilish, sayqallanish bo„yicha sinaladi) tashkil qiladi. 
Namunalarni texnik sinovlar uchun olish usuli foydali qazilma vazifasiga 
bog„liq va har bir alohida holatda xomashyoga bo„lgan texnik talablar hamda 
tegishli laboratoriyalarning yo„riqnomalari bilan aniqlanadi. Odatda texnik 
namunalar monolitlar usuli bilan olinadi. Namunalarning hajmi turlicha 20x20x20 
sm. o„lchamdagi uncha katta bo„lmagan kubikdan tortib, to bir necha kubometrli 
harsanglargacha bo„lishi mumkin. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling