Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Namunalarni tekshirish. Qidirishning barcha texnik vositalaridan olingan va 
belgilangan tartib qoida bo„yicha ishlov berilgan namunalar laborator sharoitda 
o„rganish uchun tekshirishga yuboriladi. Tekshirish foydali qazilmaning 
xususiyatlariga, uning mineralogik va kimyoviy tarkibi, tekshirish vazifalari, talab 
qilinadigan aniqlik darajasi va konning o„rganilganlik darajasiga qarab aniqlanadi. 
Ba‟zan tekshirishlar geologiya qidiruv guruhlarining o„zida, boshqalari esa 
maxsus laboratoriyalarda bajariladi. Ushbu tekshirishlar olinadigan natijalarga 
qarab bir necha xil turlarga bo„linadi. Tekshiruvdan o„tgan namunalar mutaxassis 
tadqiqodchilar va geologlar tomonidan qaytadan o„rganiladi. Natijada foydali 
qazilmalarning yer osti va yer ustidagi noaniq chegaralari belgilanadi, ularning 
zaxiralari hisoblanib ish hududi yoki konning istiqbollilik darajasi belgilanadi. 
Kimyoviy tarkibni aniqlash. Kimyoviy tarkibni aniqlash eng keng tarqalgan 
tekshirish turidir. Tekshirishning talab qilinadigan aniqligi va sezgirligiga qarab 
spektral, kimyoviy, probir, yadro-fizik va boshqa tahlillar (analiz) qo„llanilishi 
mumkin, bu tahlillarning har biri o„ziga xos muammolarni hal qilishga imkon 
beradi. 
Spektral tahlil konlarni qidirish va razvedka qilish jarayonida keng 
qo„llaniladi. Bu tahlil yordamida foydali qazilmalarni geokimyoviy usulda qidirish 
ishlari bajariladi. Razvedka ishlari jarayonida spektral tahlil ba‟zi bir, ayniqsa 
qo„shimcha komponentlarning juda past miqdordagi konsentratsiyalarini 
aniqlashga imkon beradi. Ba‟zi hollarda kimyoviy va probir tahlilga yuboriladigan 
namunalar avval spektral tahlil bilan tekshirib ko„riladi. 



84

Spektral tahlil juda sezgir, arzon, yuqori darajadagi mehnat unumdorligiga 
egadir. Bu tahlil birdaniga ko„pchilik komponentlarni aniqlashga imkon beradi. 
Boshqa turdagi tahlillardan kamchilik tomoni aniqlik darajasidir. Ayniqsa 
komponentning miqdori ko„payganda spektral tahlil aniq natija bermaydi. Spektral 
tahlil uchun 1-2 gr. namuna kifoyadir. 
Kimyoviy tahlil ko„pchilik ma‟dan va noma‟dan foydali qazilmalarni 
tekshirishda asosiy usuldir. Spektral tahlilga nisbatan uning sezgirligi pastroq, 
aniqligi esa yuqoriroqdir. Kimyoviy tahlil natijalari bo„yicha ma‟danlarning 
chegaralari o„tqaziladi va undagi foydali komponentlarning zaxiralari hisoblanadi. 
Kimyoviy tahlilga yuboriladigan namunalarning massasi 50-100 gr. bo„lib 
aniqlanadigan komponentlarning soniga bog„liq. Qancha ko„p komponentlarni 
aniqlash kerak bo„lsa, shuncha ko„p miqdorda namuna kerak. 
Probir tahlil namunadagi asl metallarnining (oltin, kumush, platina va 
platinoidlar) miqdorini aniqlashga mo„ljallangan. Bu tahlil qimmat turadigan tahlil 
bo„lib, yuqori darajada sezgir va aniq ma‟lumotlar beradi. Uning yordamida 0,01 
g/t.gacha miqdordagi asl metallarni aniqlash mumkin. Tahlil uchun 250-500 gr. 
massali namuna talab qilinadi. Bu tahlilning qimmatligini hisobga olib, undan 
oldin namunalarni boshqa arzonroq usul (masalan spektral tahlil) bilan tekshirib 
ko„rish kerak. 
Yadro-fizik usullar zamonaviy usul bo„lib juda ko„p komponentlarni aniqlashda 
yuqori darajada sezgirlik va aniqlikni ta‟minlaydi. Bu tahlillar ko„p mehnat talab 
qilmaydi, namuna materiali sarf bo„lmaydi va uni qayta ishlatish mumkin. Tahlil 
uchun bir necha gr.dan 50-200 gr.gacha namuna talab qilinadi. Faqatgina bu tahlil 
uchun qimmat turadigan apparatura kerak bo„ladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling