Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Aralashtirish. Ag„darib aralashtirish namuna massasi 2-3 tonnadan ortiq 
bo„lganda amalga oshiriladi va bir jinsli (ko„rinishli) aralashma olinmagunga qadar 
namuna materiali belkurak bilan bir to„pdan ikkinchi to„pga otib tashlanib turiladi. 
Bu usul oddiy bo„lgani bilan ko„p mehnat talab qiladi. Zichlik va yirikligi bo„yicha 
bo„linishining oldini olish uchun materialning har bir porsiyasini konus cho„qqisi-
ga to„kiladi. Halqa va konus usuli massasi 2-3 tonnadan kam bo„lgan namunalarda 
qo„llaniladi. Namuna materiali maxsus maydonchaga yoki halqa ko„rinishidagi 
stolchaga to„kiladi. Keyin jins halqasi markaziy konussimon uyumga belkurak 
yoki kurakcha bilan halqaning ichki tomonidan uncha katta bo„lmagan porsiyalar 
olinib, asta-sekin atrofga harakatlanib hamma material konusga to„kilmaguncha 
qaytadan to„kilaveradi. Halqa o„rnidagi hamma mayda qoldiqlar yig„iladi va konus 
cho„qqisiga to„kiladi. Keyin konus taxta yoki plastinka yordamida (namuna 
massasi uncha katta bo„lmaganda) diskga yoyiladi. Keyin u yana halqaga to„kiladi. 
Operatsiya bir jinsli aralashma olinmaguncha qaytarilaveradi. 
Qisqartirish. Namunalarni qisqartirishning eng keng tarqalgan usuli – kvart-
lashdir. Qisqartirilayotgan namuna halqa va konus usuli bilan aralashtirilgandan 
so„ng bir xil qalinlikdagi tekis diskga ag„dariladi. Bu disk krestovina yordamida, 
kichik namunalarda esa plastinka yordamida teng bo„laklarga bo„linadi. Ikki 
diagonal bo„yicha qarama-qarshi qismlar tashlab yuboriladi. Qolgani aralashtiriladi 
va jarayon kerakli massa olingunga qadar qaytarilaveradi. So„nggi qisqartirishda 
namunaning ikkala qismi olib qolinadi (biri tahlil uchun, boshqasi dublikat uchun). 
Kvartlash usuli odatda boshlang„ich namuna massasi 2-3 t.dan ortiq bo„lmaganda 
qo„llaniladi. Massasi 2-3 t. bo„lgan namuna belkurak bilan 2 ta (yoki undan ko„p) 
uyumga bo„linib, birini qisqartirilgan namuna sifatida qoldiriladi. 
To„liq hovuchlab olish usuli quyidagichadir. Halqa va konus usuli bilan 
aralashtirish natijasida hosil bo„lgan ma‟dan materiallari diskda yoyilib kvadrat 
to„r mo„ljallanadi. Kvadratlar markazlari yoki to„r burchaklaridan kurakcha yoki 
belkurak bilan disk asosigacha qisman namunalar hovuchlab olinadi. Bu usul 
yuqori unumdorligi bilan farqlanadi. 
Tarnovsimon bo„lgich bilan qisqartirish massasi bo„yicha nisbatan uncha katta 
bo„lmagan (o„nlab kg.larda), bo„laklarining diametri 5-10 mm.dan oshmagan 
namunalarda qo„llaniladi. Bu usul kvartlash (qisqartirish) usuliga nisbatan vaqtni 
iqtisod qilishni va yetarli darajadagi aniqlikni ta‟minlaydi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling