Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Texnik tekshirishlar. Texnik tekshirishlar hamma konlarda olib boriladi. Eng 
murakkab texnik tekshirishlar ba‟zi noma‟dan foydali qazilmalarga (qurilish 
materiallari, slyuda, asbest, optik xomashyo va boshqalarga) xosdir. Bunday 
xollarda texnik tekshirishlar jarayonida xom ashyoning fizik xususiyatlaridan 
tashqari uni qayta ishlash texnologik tuzilishi ham ishlab chiqiladi. 
Eng ko„p hollarda aniqlanadigan ko„rsatkichlar: hajmiy massa, namlik, 
granulometrik tarkib, maydalanish koeffitsiyenti va boshqalardir. 
Razvedka jarayonida bajariladigan texnik tekshirishlarni uch guruhga bo„lish 
mumkin: 
1) zaxirani hisoblash uchun kerak bo„lgan tekshirishlar; 
2) konni ekspluatatsiya qilish, tog„-texnik sharoitlarni aniqlash uchun kerak 
bo„lgan tekshirishlar; 
3) xomashyo sifatini aniqlash uchun kerak bo„lgan tekshirishlar. 
Namunalash jarayonini nazorat qilish. Namunalash natijalarining ishonchli-
ligi namuna olish va unga ishlov berish usullariga, bu natijalarni tekshirish 
usullariga bog„liq. Lekin bu usullarni tanlab olishning o„zi namunalash ishonchlili-
gini to„la ta‟minlay olmaydi. Buning uchun namuna olish, unga ishlov berish va 
tekshirish operatsiyalarini aniq va to„g„ri bajarish talab etiladi. Shunday qilib, 
namunalash jarayonida turli uslubiy va ishlab chiqarish xususiyatlariga ega bo„lgan 
sabablar tufayli ko„pchilik xatoliklar vujudga keladi. Namunalashni nazorat qilish 
doimo, asosiy va nazoratlangan ma‟lumotlar o„rtasidagi tafovutni baholashdan 
iborat bo„ladi. Bu baho to„g„ri bo„lishi uchun, tafovutlarning kelib chiqishi haqida 



86

to„g„ri tushunchaga ega bo„lish va ularni tahlil qilishning to„g„ri usulini tanlash 
kerak. 
Namunalash jarayonida paydo bo„ladigan hamma xatoliklar odatda ikkita 
asosiy guruhga bo„linadilar: 1) tasodifiy; 2) tizimli (sistematik). 
Bular orasida eng xavflisi sistematik xatoliklar bo„lib, ular ko„rsatkichlarni 
faqat kattalashtirib yoki faqat kichiklashtirib ko„rsatadi, ya‟ni bir belgili 
xatoliklardan. Tasodifiy xatoliklar turli belgiga ega bo„lib, o„zaro bir-birini 
kompensatsiyalaydilar va umumiy ko„rsatkichlarga katta ta‟sir ko„rsatmaydi. 
Namunalash jarayonini nazorat qilishning asosiy mazmuni sistematik 
xatoliklarni, ularning sabablarini aniqlash va imkoni bo„lsa yo„qotishdir. Agar 
xatolikni keltirib chiqaruvchi sababni yo„qotish mumkin bo„lmasa aniqlangan 
ko„rsatkichlarga ma‟lum tuzatishlar kiritish lozim. Hamma laboratoriyalarda 
xatoliklarning oldini olish va hisobga olish uchun ham ichki, ham tashqi nazorat 
o„rnatiladi. Bundan maqsad - laboratoriyaning o„zida bir qism tekshirishlar 
ikkinchi marta qayta bajariladi va natijalar solishtirilib ko„riladi. Bir qism 
namunalar bo„yicha esa dublikatlar boshqa turdosh laboratoryalarga yuboriladi va 
ularning natijalari ham solishtirib ko„riladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling