Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

8.1-rasm. Turli tog‘ 
inshootlarida jo‘yaklarning 
joylashishi sxemasi. 
a-qiya yotuvchi qatlamni shurf 
devorida jo‘yakli namunalash; 
b-yuqoriga qarab ko‘tariluvchi 
tog‘ inshootlarida jo‘yakning 
joylashishi; 1-qamrovchi tog‘ 
jinslari; 2-ma’dan uyumi; 
v-shurf devorlarida vertikal 
jo‘yaklarning joylashish 
sxemasi: 1-o‘rindiqlar; 
2-boksidlar; 
g-jo‘yaklarning quduq tubida 
joylashish sxemasi: 1-ma’dan 
tanalari zalbandlariga 
perpendikulyar, normal jo‘yak; 
d-ma’dan tanasi yo‘nalishi 
bo‘yicha o‘tilgan gorizontal 
tog‘ inshooti shiftida 
jo‘yaklarning joylashishi: 
e-ma’dan tanasi yo‘nalishi 
bo‘yicha o‘tilgan zovur tubi 
bo‘yicha jo‘yaklarning 
joylashishi. 
Ariqcha shaklidagi namunalarning uzunligi odatda 1m ga teng qilib olinadi. 
Ba‟zi hollarda ariqchalarning uzunligi 2-3 m., dan bo„lishi mumkin. Eng kalta 
ariqcha 0,5 m. bo„ladi. Undan kalta ariqchalarni olish tavsiya etilmaydi. Ariqchalar 
ko„ndalang kesimning o„lchamlari 2x5 sm.dan 3x12 sm.gacha olinadi. 
Namunalashning ariqcha usuli deyarli hamma turdagi konlarda yaroqlidir. 
Faqatgina bu usulni ba‟zi hollarda qo„llash mumkin emas. 
Masalan, brekchiya teksturali va notekis tarqalgan tomirsimon ma‟danlarni 
kesib o„tgan ariqchalarni namunalashda. Mayda tanalardan tuzilgan oltin 
konlarida, qimmatbaho toshlarning konlarida namunalashning ariqcha usuli 
yaroqsizdir. 
Ariqchalarni olishda asosan qo„l mehnatidan foydalaniladi bu jarayonni 
mexanizatsiyalashtirishga qaratilgan ko„p yillik urinishlar hozircha qoniqarli natija 
bermagan. Shuning uchun bu usulning eng asosiy kamchiligi ko„p vaqt va mehnat 
talab qilishidir. 



71

Shpur usuli. Bu usulning mohiyati shundaki, shpur qazilayotgan paytda hosil 
bo„lgan maydalangan materiallar yig„ib olinadi. Buning uchun lahimlarni qazish 
paytida o„tiladigan shpurlardan foydalanish mumkin yoki maxsus shpurlar kovlash 
mumkin. Shpurlarning yo„nalishi ma‟dan yo„nalishiga ko„ndalang bo„lishi kerak. 
Shpurlarning chuqurligi oddiy perfaratorlardan foydalanganda 7-8 m. ni, 
maxsus perforatorlardan foydalanganda esa 50 m. hatto 70 m.gacha yetish 
mumkin. Shpur qazishda hosil bo„lgan maydalangan mahsulotlar havo yoki suv 
yordamida shpurdan chiqarib olinadi va to„planib namuna sifatida foydalaniladi. 
Shpur namunasi 1-2 m., ba‟zi hollarda 3 m.li bo„laklarga (seksiyalarga) 
bo„linishi mumkin. Namuna olishning shpur usuli boshqa usullarga qaraganda bir 
qator afzalliklarga ega: 
1) lahimlarni qazish uchun o„tilgan shpurlardan namunalash uchun 
foydalaniladi; 
2) namuna olish jarayoni lahimlarni qazish ishiga xalaqit bermaydi; 
3) namunaga ishlov berish ishlari ancha kamayadi. Chunki mahsulotning 
bo„laklari 2 mm.dan katta bo„lmaydi; 
4) shpur usuli boshqa usullarga nisbatan ancha tejamkordir. Bu usulning 
kamchiliklari: 
a) shpur yo„nalishi ba‟zi hollarda ma‟dan tanasiga ko„ndalang bo„lmasligi; 
b) oson yemiriladigan, o„ta darzlangan ma‟danlarni namunalashda sistematik 
xato kelib chiqishi mumkin. 
Bu usul bizda ko„p tarqalmagan. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling